Turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo’lsa yomon ipak beradi, yaqin bo’lsa yaxshi debo beradi. Ilmsiz kishilar bu so’zga ishonib, unga yaqinlashdilar va ko’plari o’ldilar. Hoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni mustahkamlash, o’zaro urushlarga chek qo’yish, tinch-totuv bo’lib yashashga undashdek ezgu maqsad ham yotadi. Kultegin esa, dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi. Kultegin bitigida Bilga hoqon eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar borasidagi fikrlarni nasihat, o’git tarzida bayon etadi. 166 Turk xalqi o’zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganliklari uchun hiyla va firib qurboni bo’lib, tabg’achlar ularni qul va cho’ri etgani, oqibatda ular qashshoq, erksiz va mute bo’lib qolganliklarini kuyunib so’zlaydi. Beklari, xalqi insofsiz bo’lgani uchun, tabg’ach xalqi hiylakor bo’lgani uchun, toymas bo’lgani uchun, firibgar bo’lganligi uchun, og’a va ini bir-biriga qarshi bo’lishini hohlaganlari uchun, begi va xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk xalqi ellashgan davlatini qo’ldan chiqarib yuborgan. So’ng turk xalqini qanday qilib birlashtirgani, ukasi Kulteginning jasorati tufayli el bosqinchilar hujumidan omon qolgani, to’q va farovon hayot kechirgani, u jasur va yengilmas alp yigitlardan ekani bayon etiladi. Tangri yarlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o’layotgan xalqni tiriltirib tarbiyat qildim, yalang’och xalqni kiyimlik qildim, yalang’och xalqni ko’p qildim. To’rt jihatdan xalqni butunlay el qildim, bir-biriga do’st qildim, butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kul tegin vafot etdi, - deydi. Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bo’lib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk hoqonlari Bilga hoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi bitiktosh -Bilga hoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish hoqoninng katta o’g’li - Kulteginning akasi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda o’rnatilgan. Bilga hoqon 734 yilda ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bu bitig ham Yo’llig’tegin tomonidan yozilgan. Bilga hoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga hoqon davrida tinchlik hukmron bo’lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o’z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq hoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |