1.2.Biologiyasi. Kunjut issiqsevar, yorugsevar o`simlik bo`lib, qisqa kunda o`sadi. Urugi 15-16°S unib chiqadi, maysa – 1 0S sovukda nobud bo`ladi. muqobil xarorat 22-25°S , usuv davrida xarorat 15°S dan past bo`lsa o`sishdan tuxtaydi. Usuv davrining dastlabki 30-40 kun ichida seqin o`sadi. va begona utlar orasida qolib ketadi, o`sish davri 80-120 kun buz tuproq yoki yengil soz tuproqli, govakli, yetarli darajada unumdor va begona utlar bosmagan yerlar kunjut uchun yaxshi xisoblanadi. Shur va ogir tuproq kunjut uchun yaramaydi, sulish kasalidan ko`p shikastlanadi.
Navlar: Uzbekistonda Toshkentskiy 112 navi ekiladi.
2.Maxsarni xalq xo`jaligidagi axamiyati, Pusti tozalangan urugdan olingan moy uzining ta`m sifati bo`yicha kungabokar moyidan qolishmaydi. Urugining tarkibida 17-37% yarim kuriydigan och-sarik rangli moy bo`ladi. Moyi oziq-ovqatda, margarin tayyorlashda xamda texnikada qo`llanadi, alifmoy, sovun va boshqa maxsulotlar tayyorlanadi, Kunjarasi achchik bo`ladi, shuning uchun ugit sifatida ishlatiladi. Lalmi yerlarda pichan, kukat va silos uchun ekiladi, uni tuyalar, kuylar va koramol yaxshi yeydi. Maxsar ekilgan maydon korakul kuylari uchun yaxshi yaylov xisoblanadi.
Tarixi - Maxsarning vatani - Afgoniston. U Xindistonda Birlashgan Arab Respublikasi, Eron, O`rta va Janubiy Amerikada ekiladi. Uzbekistonda 1998 yil 40 ming ga ekilgan. Lalmi yerlarda 3-4s\ga urug va 45-60s\ga.kukat olinadi yoki 16-23s\ga pichan olinadi.
Sistematikasi. Maxsar murakkabguldoshlar Astegaseaye oilasiga va Carthamus tinctoriys avlodiga va turiga mansub bir yillik o`simlikdir.
Ildizi ukildiz, kuchli darajada shoxlangan bo`lib, tuproqka ikki metrgacha chukurlikka kiradi. Poyasi tuksiz, sershox, buyi 90 sm gacha yetadi. Barglari bandsiz, tuksiz, lensetsimon, cheti mayda bo`lib, ko`pincha tikan bilan tugaydi. To`pguli diametri 1,5-3,5 sm keladigan savatchadan iborat. Xar tupida 5-6 tadan 30-50 tagacha savatcha bo`ladi. Guli naysimon, sarik yoki tuk sarik rangli beshga bo`lingan gultoji bor. Chetdan changlanadi. Mevasi pista. Uning pusti kattik bo`lib kiyin chaqiladi va pista vaznining 40-50%ini tashqil qiladi. 1000 dona pistaning vazni 20-50 g keladi. Pistasi yetilganda yerga tukilmaydi.
Biologiyasi. Maxsar kuruk kontinental iqlim o`simligi, qurgoqchilikka va juda issiqka bardosh beradi.Issiqka talabchan, maysa 2-5°S unib chiqadi, muqobil xarorat 22-25°S, maysa 3-4 °S sovukka bardosh beradi.
Zararkunandalardan maxsar uzun tumshugi, maxsar chivini bilan zararlanadi. Urugi tikonli va tikonsiz bo`ladi. Tikonsiz maxsar ekiladi, o`sish davri 95-135 kun davom etadi.
Navlar: Lalmi yerlarda "Milyutinskiy 114" navi ekilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |