6. Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip). Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra, shakli bir xil bo‘lgan so‘zlar (omonimlar) yozuvda signalizatorlar (ishora belgilari), diakritik belgilar vositasida yoki bir harf o‘rnida boshqa harf ishlatish orqali farqlanadi: atlás (mato) - átlas (geografik atlas), yangì (sifat) - yángi (ravish), tana (gavda) - ta'na (minnat), bandá (qul) - bánda (shayka), urish (urmoq) - urush ("jang") kabi. Keltirilgan so‘zlarda urg‘u
( ′ ) va ayirish (’) belgilari orfografiyaning differensiatsiya prinsipi talabiga ko‘ra qo‘llangan; urish va urush so‘zlarida esa "i" va "u" harflarining ishlatilishi ham shu prinsipga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |