Qisqасhа хulоsаlаr
Bank tizimining balansi hisoblanmish PKSh, mamlakatning tashqi
pozitsiyalari bilan bank tizimidagi sof aktivlar, hamda davlat boshqaruv
idoralarining hisoblari bilan bank tizimi tomonidan davlatni
moliyalashtirish orasidagi muhim aloqalarni aniqlashga imkon beradi.
Shuningdek, bank tizimi, albatta, real sektor (milliy hisoblar bilan ham)
bilan ham xususiy sektorga pul ko‘rinishda kredit berish orqali ham
bog‘langandir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
"O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2018 yil 9 yanvardagi Farmonining asosiy
mazmuni nimalardan iborat?.
2.Pul-kredit siyosati deganda nima tushuniladi?
3. Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda. . . ?
4. “Pul-kredit siyosatining ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va
xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash;
inflatsiyaning past va barqaror darajada bo‘lishiga erishish” – ushbu
fikrlar kimga tegishli?
5. M. Fridmenning fikri bo‘yicha pul-kredit siyosatining asosiy taktik
maqsadi nima?
6. Mamlakatimizda «pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq
maqsadli ko‘rsatkichlarini» qaysi tashkilot belgilaydi?
7. Monetizatsiya koefitsienti qanday aniqlanadi?
72
8-BOB.
BUDJET-SOLIQ SEKTORINING
IQTISODIY TAHLILI
8.1. Fiskal siyosat, uning vositalari. Fiskal siyosat vositalarining
yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri
Fiskal siyosat
davlat iqtisodiy siyosatining tayanchi hisoblanib, u
davlat budjeti daromadi yoki xarajatlarini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini aks ettiradi.
Shuning uchun fiskal siyosat soliq-budjet siyosati deb ham ataladi.
Davriy tebranishlarni oldini olishga, tekislashga (aksildavriy choralar
ko‘rishga), ya’ni barqarorlikka qaratilgan har qanday siyosat kabi fiskal
siyosatning maqsadlari ham quyidagilarni ta’minlashga qaratilgandir:
barqaror iqtisodiy o‘sish;
resurslarning to‘liq bandligi (eng avvalo davriy ishsizlik
muammosini hal etish);
barqaror narxlar darajasi (inflatsiya muammosini hal etish).
Fiskal siyosat – bu eng avvalo hukumatning yalpi talabni
ta’minlashga (tartibga solishga) qaratilgan siyosatidir. Iqtisodiyotni
tartibga solish bunday sharoitda yalpi xarajatlarga ta’sir etish orqali
amalga oshiriladi. Ammo fiskal siyosatning ba’zi vositalari yalpi taklifga
faollik darajasi orqali ta’sir etish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Fiskal
siyosatni hukumat olib boradi.
Fiskal siyosatning vositalari bo‘lib davlat budjetining daromad va
xarajatlari hisoblanadi:
davlat xarajatlari;
soliqlar;
transfertlar.
Iqtisodiy davrning holatiga, ya’ni iqtisodiyot hozirda qanday davriy
fazada ekanligiga ko‘ra, fiskal siyosat vositalari turlicha qo‘llaniladi.
Fiskal siyosatning ikki turi mavjud (8.1.1-rasm):
1) Rag‘batlantiriluvchi
fiskal siyosat. 2) Cheklovchi fiskal siyosat.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |