56
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risida klassik nazariyaning
mohiyatini tushuntirib bering.
2.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada
va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada?
3. Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni
ta’minlovchi mexanizmga izoh bering.
4. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli va AD-AS modelini
taqqoslang.
57
7-BOB.
PUL-KREDIT SEKTORINING
IQTISODIY TAHLILI
7. 1. Pul-kredit siyosatining maqsadi, maqsadli ko‘rsatkichlari
va asosiy yo‘nalishlari
7. 1. 1. Pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari
Pul-kredit siyosati – bu pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini
tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir.
Pul-kredit siyosatining ikki asosiy turi mavjud:
1. Restriktsion pul-kredit siyosati.
2. Ekspansionistik pul-kredit siyosati.
Restriktsion pul-kredit siyosati deganda, odatda, muomaladagi pul
massasining o‘sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati
tushuniladi.
Restriktsion pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank
quyidagi usullardan foydalanadi:
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi
oshiriladi;
– tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan
qayta sotib olish sharti bilan sotiladi;
– Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli
bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag’lari depozit hisobraqamlariga jalb
etiladi;
– Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul
mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini cheklashga qaratilgan
operatsiyalarni amalga oshiradi.
Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda muomaladagi pul
massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash asosida to‘lovga qobil
talabni rag’batlantirishga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi.
Ekspansionistik pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy
bank quyidagi usullardan foydalanadi:
– Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat
banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi;
– tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank
tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, ya’ni banklarga kreditlar
miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi.
58
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi;
– tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan
qayta sotish sharti bilan sotib olinadi;
– Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul
mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini oshirishga qaratilgan
operatsiyalarni amalga oshiradi.
V. Rudko-Silivanov, N. Kuchina, M. Jevlakova hammuallifligida
chop etilgan o‘quv qo‘llanmada pul-kredit siyosatining quyidagi strategik
maqsadlarining mavjudligi e’tirof etiladi:
– baholar barqarorligini ta’minlash;
– to‘liq bandlikka erishish;
– ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini ta’minlash;
– to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash
17
.
Bu erda pul-kredit siyosatining asosiy strategik maqsadi – milliy
valutaning barqarorligini ta’minlash e’tirof etilmagan holda, ishlab
chiqarish real hajmining o‘sishini va to‘lov balansining muvozanatini
ta’minlash uning strategik maqsadi sifatida qayd etilmoqda.
S. Moiseevning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining quyidagi to‘rtta
strategik maqsadlari mavjud:
– baholar barqarorligi;
– milliy valutaning barqarorligi;
– mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
– muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sish
18
.
R. Miller va D. Van-Xuzning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining
ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning
yuqori va barqaror darajasini ta’minlash; inflatsiyaning past va barqaror
darajada bo‘lishiga erishish
19
.
Ushbu iqtisodchi olimlar haqli ravishda e’tirof etadilarki, Markaziy
bankning pul-kredit siyosati yordamida tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlashi ishsizlik
darajasini pasaytirish imkonini beradi. Bu esa, Hukumat iqtisodiy
siyosatining strategik maqsadlaridan biri bo‘lgan ishsizlikning past va
barqaror darajasini ta’minlash maqsadiga mos keladi.
17
Рудко-Силиванов В.В., Кучина Н.В., Жевлакова М.А. Организация деятельности Централного
банка. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2011. - С. 32-33.
18
Моисеев С.Р. Денежно-кредитная политика: теория и практика. Учебное пособие. – М.:
Московская финансово-промышленная академия, 2011. - С. 218.
19
Миллер Р.Л., Ван-Хуз Д.Д. Современние деньги и банковское дело. Пер. с англ. – М.: ИНФРА-
М, 2000. – С. 645-646.
59
O. Namozov pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari sifatida
moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va to‘lov balansining
barqarorligini ko‘rsatadi
20
.
Do'stlaringiz bilan baham: |