Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/174
Sana02.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#307619
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
67makroiqtkaf04makroiqtisodiytahlilpdf

12.4. Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat. 
 
Suzuvchi  almashtirish  kursi  sharoitida  pul  va  budjet-soliq  siyosati 
qayd etilgan kursdagi vaziyatga nisbatan butunlay boshqa natijalarga ega. 
Endi  rollar  taqsimoti  muammosini  to‘g‘ri  yechish  teskari  ifodaga  ega 
bo‘ladi:  budjet  -  soliq  siyosati  pul  siyosatiga  nisbatan  savdo  balansi 
uchun,  demak pul balansi uchun ham katta qiymatga ega bo‘ladi va aynan 
undan  tashqi  balansga  erishish  uchun  foydalanish  kerak  bo‘ladi,  ichki 
balans esa pul siyosati uchun tartiblash predmetiga aylanadi.  
                                                            
75
  N.  Gregory  Mankiw.    Macroeconomics.  7  th  edition.  Harvard  University.  NY.:  Worth  Publishers, 
2015 


135 
Agar  qayd  etilgan  kursda  ichki  pul  siyosati  almashtirish  kursini 
qo‘llab-quvvatlash  zarurligigi  bilan  bog‘langan  bo‘lsa,    endi  u  bunday 
vazifasidan  xalos  bo‘ladi  va  ichki  muammolarni  yechishda  samarali 
foydalanilishi mumkin bo‘lib qoladi.  
Shunday qilib, pul taklifining kengayishi foiz stavkasini pasaytiradi 
va  xarajatlarning  o‘sishiga  olib  keladi.  Ma’lumki,  xarajatlarning 
ko‘payishi  importning  o‘sishini  rag‘batlantiradi  va  savdo  balansini 
yomonlashtiradi.  To‘lov  balansi  defitsitiga  foiz  stavkasining  pasayishi 
tufayli  ro’y  beradigan  kapitalning  oqib  chiqishi  ham  ko‘maklashadi. 
Lekin egiluvchan kursda defitsit saqlanib qolmaydi.  
Importning  o‘sishi  va  kapitalning  oqib  chiqishi  xorijiy  valutaga 
bo‘lgan  talabni  oshiradi,    milliy  valuta  esa  qadrsizlanadi.  Bunday 
qadrsizlanish  o‘z  navbatida  bizning  eksportyorlarimizning  raqobatga 
layoqatliligini  kuchaytiradi,  bu  esa  savdo  balansini  yaxshilashga  olib 
boradi. Eksportning o‘sishi  milliy mahsulotga bo‘lgan talab oshganligini 
ko‘rsatadi, bu esa pul massasining dastlabki o‘sishi tufayli vujudga kelgan 
iqtisodiy ko‘tarinkilikni yanada kuchaytiradi.  
Shunday  qilib,    pul  siyosati,  pul  taklifining  bevosita  o‘sishi,  
shuningdek  almashtiruv  kursini  pasaytirish  va  eksportni  oshirish  yo‘li 
bilan,    ichki  daromadga  kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kapitalning 
harakatchanligi  kapitalning  oqib  chiqishiga  ta’sir  ko‘rsata  oladigan 
darajada ahamiyatga ega, demak,  milliy valutaning qadrsizlanishiga ham. 
Lekin,  pul siyosati mexanizmining murakkabligini esga tushirib,  shuni 
taxmin qilish mumkinki,  uning ishlab chiqarishga ijobiy ta’siri kattaroq 
darajada,    ishlab  chiqarishning  ichki  rag‘batlantiruvchi  omillariga 
nisbatan  tashqi  dunyoga  bevosita  bog‘liq  bo‘ladi  (foiz  stavkasini 
pasaytirish  orqali),    ya’ni  milliy  maxsulotga  bo‘lgan  talabning  o‘sishi,  
mamlakatdan  kapitalning  oqib  chiqishi  va  valutaning  qadrsizlanishi 
sharoitida,  bizning eksportimizga talabning o‘sishi hisobiga ro‘y beradi. 
Shunga  ko‘ra  pul  siyosatining  ichki  balansga  ijobiy  ta’siri  nixoyatda 
o‘ziga xos bo‘ladi.  

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish