7.2. Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi 7.2.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning turkumlanishi Iqtisodiy
adabiyotda
pul-kredit
siyosati
vositalari,
ya’ni
instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan:
1. An’anaviy instrumentlar.
2. Noan’anaviy instrumentlar.
Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:
- qayta moliyalash siyosati;
- majburiy zaxira siyosati;
- ochiq bozor siyosati;
- valuta siyosati;
- depozit siyosati.
Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar
kiradi:
- tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash;
- tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini
belgilash;
- tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini
belgilash;
- selektiv kreditlash.