O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati. Ishsizlik jiddiy makroiqtisodiy muammolardan biri bo‘lganligi va
makroiqtisodiy beqarorikni keltirib chiqarganligi sababli davlat
ishsizlikni bartaraf etish uchun muhim chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lganligi uchun, har qaysi
davlat uning har bir turi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishsizlikning barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan chora-tadbirlarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash;
bandikni ta’minlovchi xizmatni tashkil etish (ishga joylashtirish
bo‘yicha tashkilot).