Maxmudov Jayxun Asror o'g'li
|
212-19 KIo'
|
№ 44.
|
44, 106, 75
|
44.Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish.
75.Mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy qonunlar, standartlar va me’yoriy hujjatlar.
106.Ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar va ruhiy holatning bir-biridan farqi nimada?
44. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish. Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish deb xonadagi iflos havoni haydab, o‘rniga toza havo uzatuvchi tashkillashtirilgan va rostlanuvchi havo almashish tushuniladi. Shamollatish qurilmalari havo almashish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bo‘linadi.
Tabiiy havo almashinish xona tashqarisi va ichidagi havo bosimi orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatish qurilmalarida havo almashish samaradorligini oshirish maqsadida deflektor (deflegmator)lardan foydalaniladi.
Ishlab chiqaish xonalariga havo shamollatish kanallari orqali mexanik vositalar asosida uzatilsa yoki chiqarilsa, bunday havo almashish tizimi mexanik yoki sun’iy deb ataladi.
Mexanik havo almashish tizimi umumiy, mahalliy, aralash, avariyaga oid va havoni konditsionirlash kabi turlarga bo‘linadi.
Umumiy mexanik havo almashish tizimlari yordamida xonadagi ortiqcha issiqlik, namlik va zararli moddalar ish zonasining butun maydoni bo‘ylab toza havo bilan almashtiriladi.
Mahalliy havo almashish tizimi esa issiqlik, namlik yoki zararli moddalar ajralib chiqadigan manbaga o‘rnatiladi.
Aralash havo almashish tizimlarida umumiy va mahalliy shamollatish qurilmalari birgalikda qo‘llaniladi.
Avariyaga oid shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish xonalarida qo‘qqisdan ko‘p miqdorda zararli yoki zaharli moddalar ajralib chiqish ehtimoli mavjud bo‘lgan holatlarda o‘rnatiladi.
Havoni konditsionirlash deganda xonaning mikroiqlim ko‘rsatkichlarini oldindan belgilangan miqdorlar darajasida avtomatik tarzda rostlash va saqlash tushuniladi.
Shamollatish qurilmalari xonaga toza havoni uzatish yoki havoni xonadan haydab chiqarish usuliga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: so‘ruvchi, haydovchi va so‘ruvchi-haydovchi.
75. Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihatsalomatligi va ish qobili-yatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida koʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariyagigiyena, davolash-profilaktika choratadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl koʻymaslik kabilar Mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ush-bu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq choratadbirlar OʻzR ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil 6 may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi OʻzR fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativhuquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼi nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliytexnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan OʻzR Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy, maʼmuriyhuquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zarar qoshtattirilishi mumkin.
106. Ruhiy jarayonlar – ruhiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Ruhiy jarayonlar bilish, emotsional va irodaviy sezish (his qilish, idrok etish, xotirlash va b.) kabi turlarga bo‘linadi. Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar). Ruhiy xususiyatlarga insonning xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati, shaxsiy fazilatlarga esa intellektual, emotsional, axloqiy va mehnat qobiliyati hamda irodasi kiradi. Xususiyatlar turg‘un va doimiy hisoblanadi. Ruhiy holat – ruhiy jarayonlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi ruhiy faoliyat xususiyatini bildiradi.
Mehnat psixologiyasi vazifalari hamda mehnat xavfsizligi psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ruhiy holatni: ishlab chiqarish ruhiy holati va maxsus ruhiy holatlarga ajratish mumkin. Maxsus ruhiy holat ishlab chiqarish jarohatlari, shikastlanishlar va shu kabi ko‘ngilsiz oqibatlar bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkillashtirishda yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |