31
yilda esa mahalliy soliqlarning jami davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi
10,1% ni tashkil etib, 2011 yilga nisbatan ulushi birmuncha pasaygan. Lekin
shunga qaramasdan, 2013 yilda mahalliy soliqlar 2720100,0 mln.so`m bo`lib,
davlat byudjeti daromadlarida salmog`I 10,8 % ni tashkil etishi kutilmoqda.
Yuqoridagi tahlilga binoan shuni aytish mumkinki, mahalliy
byudjetlarning daromad qismi umumdavlat va mahalliy soliqlar hisobiga
shakllanadi. Republikamizda mahalliy byudjetlarning asosiy daromad manbai
hisoblangan mahalliy soliqlar va yig`imlar bilan bog`liq muammolar markazida
ularning mahalliy byudjetlar xarajatlarini to'liq miqdorda moliyalashtira
olmasligidadir. Shuning uchun ham umumdavlat soliqlaridan mahalliy
byudjetlarga ajratmalar, ya`ni tartibga solinadiagn soliqlardan to'liq yoki qisman
ajratmalar belgilash tizimi amal qiladi. Umumdavlat soliqlarning mahalliy
byudjetlarga biriktirilish me`yorlari hudularning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish
ko'rsatkichlari, byudjet daromadlari va xarajatlari o'rtasida nomutanosiblikdan
kelib chiqqan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Mahalliy byudjetlarni boshqarish samaradorligini oshirishning muhim
vazifalaridan biri u yoki bu hududlar ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti va
ijtimoiy ehtiyojlari darajasini byudjet resurslari bilan ta’minlanganligi darajasiga
o’zaro bog’liq holda olib borishdan iborat. Albatta, ehtiyojlarning o’sib borishi,
ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti kabi ob’ektiv umumiqtisodiy
qonunlarning amal qilishi obe’ktiv reallik va zaruriyat bo’lganidek hamda u yoki
bu hudud ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotini ta’minlash uchun davlat
byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishda aynan shu
masalalarga asosiy etiborni qaratadi. U yoki bu hudud, mahalliy byudjetining
byudjet tizimida tutgan o’rni, avvalo, mazkur mahalliy byudjetning daromadlari
va harajatlari tarkibining optimalligiga, mazkur hudud iqtisodining mamlakt
yalpi ichki mahsulotini yaratishdagi ulushiga, ushbu hudud aholisi dinamikasi va
boshqa strategik makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga hamda boshqa omillarga
bog’liq bo’ladi.
32
Mahalliy byudjetning soliq daromadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- mol mulk solig’i;
- yer solig’i;
- jismoniy shaxslar tomonidan mashinalar uchun benzin, dizel yoqilg’isi
va gaz uchun olinadigan soliq;
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromadlariga soliq;
- mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq;
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar
daromadlariga qat’iy belgilangan soliq.
Bu mahalliy soliqlardan tashqari mahalliy byudjetga tartibga soluvchi
soliq daromadlari bo’yicha ham tushumlar kelib tushadi. Ular mahalliy
byudjetning iqtisodiy potensialidan kelib chiqqan holda umumdavlat
soliqlarining ma’lum foizini ajratish hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlarda 2011-2013 yillarda umumdavlat daromadlari va
soliqlaridan ajratmalar me'yori bo'yicha 3-jadval ma'lumotlari asosida tahlil
qilsak, ayrim viloyatlarga ajratmalar me'yori 2011 yilga nisbatan 2013 yilda
oshirilgan bo'lsa, ayrimlarda kamaytirilgan. Jadval ma`lumotlaridan yana shuni
ko`rish mumkinki, O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimida Toshkent shahri
va viloyati, Buxoro, Farg`ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan tashqari
barcha viloyatlarda ajratmalar me`yori 100 foizga teng. Bu yerda hududlarni
tenglashtirish maqsadida soliqlarning taqsimot vazifasi katta rol o`ynamoqda.
Kam rivojlangan hududlarda soliq tushumlari ushbu hududlar hisobida
qolmoqda.