uch oy muddatda
:
“Oʻzbek tili bayrami kuni”
ni belgilash boʻyicha
qonun
loyihasini;
“Davlat tili haqida”
gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini
bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan
holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasiga kiritsin;
b)
ikki oy muddatda
xorijiy davlatlar tajribasini chuqur
oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni
rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha
Atamalar
komissiyasini
tashkil etish va uning faoliyatini tartibga
solish toʻgʻrisida qaror qabul q
ilsin;
v)
2020-yil 1-iyunga qadar
quyidagi asosiy yoʻnalishlarni
oʻz ichiga olgan
2020
—
2030-
yillarda oʻzbek tilini
rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi va davlat dasturi
loyihalarini kiritsin:
mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida,
jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion
texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik,
diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda
davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri
foydalanishga erishish;
taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish
darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat
tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining
nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari,
xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin
egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter
dasturlarini yaratish;
davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq
holatlarni
muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf
etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va
elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
yaratish, ularga davlat tilini
oʻrganish uchun qulay shart
-
sharoitlar yaratib berish;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning
boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda
istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish
istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili
darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni
keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha
maxsus kurslarni tashkil etish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan
oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston
Respublikasining Bosh vaz
iri A. N. Aripov va Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh.
Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Do'stlaringiz bilan baham: |