Rh , Rh – tegishli yillardagi realizatsiya hajmi;
F – bazis yildagi foyda miqdori.
– realizatsiya qilingan mahsulot assortimenti о‘zgarishining foyda miqdoriga ta’siri. Bu ta’sirni quyidagi tartib asosida aniqlash mumkin:
F = x Rh ,
Bu yerda: F – realizatsiya qilingan mahsulot assorti-
mentining о‘zgarishi natijasida
foydaning о‘zgarishi;
q , q – о‘tgan (bazaviy) va hisobot yoki reja
yilida ma’lum assortimentdagi
mahsulotning salmog‘i;
R – о‘tgan (bazaviy) yildagi mahsulot
turining har bir assortimenti bо‘yicha
sotuv rentabelligining darajasi;
n – о‘tgan (bazaviy) yil bilan taqqoslanadigan
mahsulot assortimentlari kо‘rinishlari-
ning soni.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda foyda о‘sishi (kamayi-shi)ning umumiy о‘lchami har bir omillarning foydaga ta’siri yig‘indisidan tashkil topib, uni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
F = F + F + F + F ,
Bu yerda: F – omillarning ta’siri ostida foyda о‘sishi
(kamayishi)ning umumiy о‘lchami
(miqdori);
F – tannarx omilining ta’siri ostida
foydaning о‘zgarishi (+,-);
F – baho omilining ta’siri ostida foydaning
о‘zgarishi;
F – realizatsiya omilining ta’siri ostida
foydaning о‘zgarishi;
F – realizatsiya qilingan mahsulot assorti-
mentining о‘zgarishi natijasida foydaning
о‘zgarishi;
Albatta, foydaning darajasi (miqdori)ga XYUSning soliq siyosati ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, chunki odatda, barcha soliqlar tovar bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda, bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi. Shuningdek, soliqlar XYUS-ning sof foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va uning byudjetga tо‘langan qismi о‘rtasi-dagi farq sifatida hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iloji boricha XYUSlar foydasining asosiy qismi byudjetga olinmasligi va XYUSning ixtiyoriga qoladigan sof foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bо‘lmog‘i lozim. Bu, yeng avvalo, investitsiyalarga tegishli bо‘lib, amal (harakat)dagi XYUSlarda ularning manbai sof foyda-dir. XYUSlarda sof foyda bо‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bо‘lib, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga yetarli bо‘lishi kerak.
Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYUS faoliyat kо‘rsatish-ning quyidagi parametrlariga yerishishga harakat qilmog‘i lozim-ki, ular XYUS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarki-biy tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi:
– tо‘lovga qobillik koyeffitsiyenti – 1;
– joriy likvidlik koyeffitsiyenti – 2;
– aylanma aktivlarning о‘z aylanma mablag‘-
lari bilan ta’minlanganlik koyeffitsiyenti – 0,1;
– absolyut likvidlik koyeffitsiyenti – 0,2;
– zaxira va xarajatlarning hajmi (о‘lchami)
ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga
teng ( ) bо‘lishi kerak.
XYUS faoliyatini zararsiz va tanazzulsiz bо‘lishini ta’min-lash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment tomo-nidan bu kо‘rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borili-shi va zarur bо‘lgan hollarda ularning darajasi о‘z vaqtida о‘zgar-tirilishi lozim.
4. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy aspyektlari
Umumlashtirilgan kо‘rinishda asosiy kapital mehnat vosita-lariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) joylashtirilgan avanslashti-rilgan kapital qiymatining bir qismidir. XYUSning buxgaltyeriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifa-tida aks yettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil yeta-di. Bu aktivlarning boshqa yelementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli joylash-tirish, uzoq muddatli Moliyaviy qо‘yilmalar, bevosita yoki bilvo-sita asosiy kapitalni kengaytirilgan ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnik aso-si shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tyegishli bо‘lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishi-ni anglatadi:
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarili-shini ta’minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapital-dan farqli о‘laroq asosiy kapital о‘zining istye’mol shaklini birdaniga yо‘qotmaydi, ya’ni davomli muddatda yeskiradi. YAngidan yaratilayotgan mahsulotga u о‘zining qiymatini asta-syekinlik bi-lan, yeskirish darajasiga qarab о‘tkazadi va tо‘liq qayta tiklangun-ga qadar kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizasiya dyeb ataladi va u о‘rnatilgan mye’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
Ma’naviy yeskirishini inobatga olgan holda mehnat vosita-lari boshlang’ich qiymatini tо‘liq tiklash vaqti amortizasiya davri dyeb ataladi. Bu davr tugaganidan sо‘ng asosiy kapitalga avanslash-tirilgan pulli qiymat о‘z aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar о‘tkazilayotgan qiymat asta-syekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizasiya fon-di kо‘rinishida jamg’arilib boriladi. Sо‘ngra istye’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklashga foydalaniladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buYumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural-istye’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mо‘ljal-langanligiga kо‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bо‘linadi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari;
noishlab chiqarish asosiy fondlari.
Ishlab chiqarish jarayonida buYumlashgan-natural shaklda ishtirok yetadigan va kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida о‘zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bо‘lib о‘tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYUSning balansida bо‘lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mо‘ljallangan XYUSning mulklari kiradi. Ular bо‘yicha amortizasiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning yeskirishi munosabati bilan XYUSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati jihatidan bо‘lishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bо‘yicha Shu fondlar qiymatidagi salmog’ini xarakter-laydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilma-si alohida guruh ichidagi turli kо‘rinishlarining salmog’ini kо‘rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok yetayotgan mehnat vositalari turli kо‘rinish-larining nisbatidan iborat bо‘lib, investisiyalarning texnologik ilg’orligi va ularning oqilona joylashtirilganligini aks yettira-di. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati jihatidan tarki-biy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari bо‘yicha ifodalaydi. Kyeyingi yillarda asosiy fondlarning yetarli darajada faol takror ishlab chiqarilmagan-ligi uchun ularning yoshi va yeskirishi ortib bormoqda.
Asosiy fondlar pulli tarzda baholanadi va hisoblanadi hamda buxgaltyeriya hisobida asosiy vositalar sifatida aniqlana-di. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
binolar;
inshootlar (nyeft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, trans-port xо‘jaligi inshootlari va boshqalar);
uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);
ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari;
о‘lchovchi va tartibga soluvchi (о‘zgartiruvchi) priborlar va qurilmalar;
uy-joylar;
hisoblash texnikasi va orgtexnika;
transport vositalari;
instrumyentlar;
ishlab chiqarish va xо‘jalik invyentarlari va buYumlari;
ishchi va mahsuldor qoramollar;
kо‘p yillik о‘simliklar.
YUqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarkibiga yana tashkilotning mulkida bо‘lgan yer maydonlari, tabiatdan foy-dalanish ob’yektlari (suv, qazilma boyliklari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy vositalarning ijaraga olingan ob’yektlari ham kiradi.
Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, о‘lchovchi va tartibga soluvchi (о‘zgartiruvchi) qurilmalar hamda priborlar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, instrumyentlar, ishlab chiqarish va xо‘jalik invyentarlari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat pryedmyetlariga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Ularning qolgan qismlari yesa asosiy fondlar-ning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi yeng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
Moliyaviy nuqtai nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi Moliyaviy resurslar tyegishli fondlarining tashkil yeti-lishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning о‘zida ham asosiy kapital, ham aylanma kapital aylanishiga tо‘liq tyegishlidir;
Shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga kyeladigan mo-liyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash mu-him hisoblanadi;
Joriy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va yeskir-gan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning о‘z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini baholash kerak.
XYUS ning Moliyaviy resurslari tarkibida о‘zlik va jalb qilingan pul mablag’lari bо‘lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi istye’mol qilingan asosiy fondlarni almashtirish (yangilash) uchun amorti-zasiya mablag’larining amortizasiya fondida jamg’arilishini kо‘zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar ob’yektlari bо‘yicha amortizasiya ajratmalari hisoblashni qо‘llash usullariga bog’liq bо‘lmagan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqarishda ham asosiy vositalar bо‘yicha amortizasiya ajratmala-rining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir tekisda hisoblanadi. Agar asosiy vositalar-ning ob’yektlari ryekonstruksiya va modernizasiya qilishda bо‘lsa, yoki ular uch oydan kо‘proq muddatga konsyervasiya qilishga о‘tkazilgan bо‘lsa, bunday holatlarda amortizasiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq tо‘xtatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |