Mavzu;Xo’jalik sub’yektlarining faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga davlatning ta’siri
Mundarija
I.Kirish
II.Asosiy qism
Reja;
1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
2. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni moliyaviy isloh qilish
3. Moliyaviy rezervlar – xо‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida
4. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy aspyektlari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va samarali boshqarish o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinayotgan mablag‘larning asosiy qismi mamlakatimiz aholisining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar (ichimlik suvi va barqaror elektrenergiyasi bilan ta'minlash, uy-joylar qurish, ta'lim va sog‘liqni saqlash loyihalari) bilan birga infratuzilma va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish loyihalariga yo‘naltirilgan. Mazkur loyihalar iqtisodiyotimizda uzoq yillar davomida investisiyalarga bo‘lgan yuqori talab shakllangan holatda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ularni modernizasiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlashtirishga qaratilgan. Ayni vaqtda, davlat qarzini xavfsiz darajada saqlab turilishi kelgusida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy omillaridan biri ekanligini inobatga olib, bugungi kunda davlat qarzini boshqarish tizimi samaradorligini xalqaro andozalar asosida oshirish choralariga alohida ahamiyat berilmoqda.. Shu nuqtai-nazardan, mazkur sharh Moliya vazirligi faoliyati shaffofligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat qarzini shakllantiruvchi omillar, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar hamda davlat qarzini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan choralar to‘g‘risida batafsil va tizimli xabardor qilishga qaratilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYUSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruv-chan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniqlab) berganligi uchun XYUS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ular-ning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi)ni har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYUSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsa-fasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYUS-larni bozor sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan chora-lar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYUSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subektiga aylanti-rish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil yetadi.
Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 15 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYUSlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo‘q. Ayrim yekspertlarning bahosiga ko‘ra, sa-noat XYUSlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘la-qonli subektlari safiga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |