Mavzu:,,Til va Nutq” markazida bolalarni savodxonlikka o’rgatish Mundarija: Kirish



Download 83,42 Kb.
bet2/8
Sana02.03.2022
Hajmi83,42 Kb.
#478554
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
,,Til va Nutq” markazida bolalarni savodxonlikka o’rgatish

Kurs ishining predmeti: Savod o'rgatish davri yozuv darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish usullarini o’rganish jarayoni.
Kurs ishining maqsadi: Savod o'rgatish davri yozuv darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish va bunda yangi metodlarni aniqlash.
Kurs ishining metodologiyasi: O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», psixologiya sohasidagi ta’limotlari, pedagog va psixolog olimlarning bola tarbiyasi va oilaviy munosabatlar haqidagi fikrlari hamda ota-onalarning jamiyatda tutgan o’rni to’g’risida bildirgan g’oyalari.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: o’tkazgan tajriba-sinov materiallari va
xulosalar asosida oilaviy munosabatlar sharoitida bolalar tarbiyasini
shakllantirshning tavsifini yaratish va ota-onalar hamda murabbiylar uchun
yaratilgan tavsiyalarimizdir.
Kurs ishining nazariy ahmiyati: Kurs ishimiz davomida hozirgacha
kam o’rganilgan muammo sifatida oilaviy munosabatlar shart-sharoitida bolalar
tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatlarini o’rganib, tajriba-sinov
ishlarida sinab ko’rib, ozgina bo’lsa-da bu muammoni boyitishga o’z
materiallarimiz bilan hissa qo’shishdan iborat.


I.bob. Savodxonlikka o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari
1.1.Savodxonlikka o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari maqsad va vazifalari
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab,
yangi hayot, yangi jamiyat qurishga kirishdi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga
asoslangan erkin – demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining mustahkam
poydevori barpo etildi. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda ulkan o’zgarishlar
amalga oshirildi. Davlatimiz dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan
mustahkam o’rin egallay boshladi.
XXI asrning dastlabki yilidanoq ozod va obod Vatan, erkin va faravon
hayot barpo etish – O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh
g’oyasiga aylandi. Asosiy maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq
farovonligini ta’minlashga xizmat qilish, jamiyat a’zolarini, aholining barcha
qatlamlarini O’zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etish, millati,
tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida mustaqillik
g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptirish bo’lib qoldi.
Albatta, milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi va uning maqsadlarini o’quvchi – yoshlar ongiga singdirishda ta’lim – tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy manbalarga ega.
Zero, insonning taqdiri ham, kelajakdagi yutuqlari ham, kasb tanlashi ham,
axloqli – odobli bo’lishi ham oilaga bog’liqdir. Chunki, farzandlarimizning yaxshi
xulqi, axloqi oilada kamol topadi.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyat hayotida
milliy qadriyatlarni tiklash va ular asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish 10
davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida turish huquqiga ega” deb ta’kidlanishi bilan birga ota-onalar o’z
farzandlarini voyaga yetganlariga qadar boqish va tarbiyalashga, voyaga yetgan,
mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majbur
ekanliklari 64, 66 – moddalarda ko’rsatilgan.
Darxaqiqat, oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash kelajagimiz
garovidir. Shuning uchun ham bolalarda yoshligidanoq milliy urf-odatlar, udumlar,
an’analar va axloqiy madaniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish, oilaga
bog’liq. Bolaning pok va sof sadoqat, ma’naviy jihatdan yuksak bo’lib o’sishi,
oilaga oiladagi mustahkam, tinch va totuvligiga bog’liq. Chunki, unda
tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma’naviy jihatdan yetuk, sog’lom, mustaqil
fikrli komil inson bo’lib voyaga yetadi. Albatta bolaning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasi oila totuvligi, uning davomiyligi oila a’zolarining ruhiyatiga o’zligini
qanchalik darajada anglaganligida, o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam
insoniy fazilatlarga ega bo’lgandagina to’laligicha ta’minlanadi.
Oilada mehr-muhabbatning ustuvorligi bolada ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashning asosini tashkil etadi. Biroq oila, o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra har
bir farzand uchun o’ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Bunda o’zaro hurmat va
qattiq tartib, oila a’zolarining o’z burchlari, bir-biriga nisbatan ezgulik, mehroqibat, yaxshi va munosib tarzda yashash, oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, kattalarning yoshlarga bergan saboqlari, ro’zg’or tutish, bola
tarbiyalash bobidagi tajriba o’g’il va qizlarga oila mustahkamligini ta’minlashda
keyin ham asqotadi.
Oila – tarbiya maskani. Tarbiya uning eng muhim vazifalaridan sanaladi.
Shu maskanda dunyoga kelgan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarini,
balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob, muomala qoidalarini ham o’zlashtirib 11
boradi. Ota-ona o’rtasidagi o’zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik,
mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy maqom qadriyatlar ona suti, oila
a’zolarining mehri va namunasi bilan bola xulqi, ongiga singiydi. Bolaning aqliy,
axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigiyenik, jinsiy
tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Bu o’rinda misoli ota-ona –
san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir.
O’zbek oilalariga xos yana boshqa xarakterli xususiyatlar ham mavjud.
Ular uzoq yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan va bugungi
kunda ham o’z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni, bolajonlilik, serfarzandlik,
mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota-ona tomonidan boshqarilishi,
kichiklarning kattalarga izzat-ikromi, oila g’ururi, sha’nini himoya qilish uning har
bir a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug’ilib o’sgan joyga alohida mehrmuhabbat tuyg’usini rivojlantiradi.
Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan o’ziga xos jarayon bo’lib, u
farzand tug’ilmasdan ancha oldin boshlanadi. Ya’ni, bo’lajak ota-onaning
salomatligi, kayfiyati, nasl-nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloqodobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga ma’naviy va jismoniy tayyorligi farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.
Oilada amalga oshiriladigan tarbiyaning mazmuni farzandlarda o’z otaonasidan, oilasi, ajdodlari, tug’ilib o’sgan o’lkasi, Vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g’ururlanish hissini uyg’otishdan iborat. Xullas, insonning dastlab oila sharoitida shakllanib yetiladigan barkamol ma’naviyati yuksak ma’naviyatli jamiyat barpo etishda muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, bola o’z tarbiyasiga ko’ra g’oyat ta’sirlanuvchan bo’ladi. Ota-onalar o’z bolalarini bilishlariga nisbatan bolalar o’z ota-onalarini yaxshiroq biladilar. Bola ilk yoshligidanoq kattalarning harakatlariga taqlid qiladi, ularning so’zlarini takrorlaydi. Kishi ulg’aygach, bolaligida ko’rgan hamma narsani takrorlamaydi, ammo ana shu narsalarning barchasi uning qalbida, ongida o’zidan qandaydir iz qoldirgan holda saqlanib qoladi.
Shuning uchun ham oilada bolalarga beriladigan nasihat va o’gitlar,
ma’rifiy g’oyalar shaxs tarbiyasi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega.
Oilada ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish,
mehmondo’stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini
ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlar haqida
fikr yuritilishi ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir etadi. Chunki oila muhitida bolalarni ilm
olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to’g’risidagi fikrlar farzand
barkamolligining asosini tashkil etadi.
Oilada bolalarni ilm olishga da’vat etish, bilimli kishilardan yaxshilik
kelishiga ishonish, ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish
lozimligi haqidagi o’gitlar, ilm-ma’rifat ishlari, ezgu maqsadlarni amalga oshirish
muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Chunki, inson ilm-ma’rifatli bo’lsa,
odamlarga huzur baxsh etadi. Bilimli bo’lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni
sodir etishdan saqlanish zururligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari
xususida nasihatlarni bayon etish oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini
tashkil etadi.
Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo’lish kishining kibr-havodan uzoqroq
turishini ta’minlaydi, o’gitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo’lishi atrofdagi
kishilar bilan ijobiy munosabatni o’rnata olishi uchun zamin hozirlaydi. Ilm sari
intilish qutlug’, ezgu ish sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o’rganish sari intilishi,
o’zlashtirilgan bilimlarga amal qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarurdir. Ilm
o’rganish yo’lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to’laqonli
o’zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin. Oilada
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning xususiyatlaridan yana biri bu aqlni
rivojlantirishdir. Chunki, aqlli odamning zehni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’gitnasihatni tezda o’z ongiga singdirib oladi. Inson zehnining o’tkirligi, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o’ljani ko’rib, unga ega bo’lish ilinjida pastga sho’ng’ishida sodir etadigan tezligidir. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi.
Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat, befoyda, o’zgalarga ziyon
yetkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga
uchmaydi. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi,
bahosi u qadar baland bo’lmagan sovg’alarni o’z qadr-qimmatidan yuqori
qo’ymaydi.
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash xususiyatlaridan yana biri
xushxulqlikdir. Bilim va hunar egasi bo’lish, ezgulik, yaxshilik yo’lida hamda
umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat hisoblanadi.
Kishilar o’rtasida juda totuvlik, o’zaro ahillikning yuzaga kelishi yurtning
farovon bo’lishi, odamlarning to’kin-sochin yashashining asosiy omilidir.
Oilada bolalarni inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug’lashga
o’rgatish, mehmondo’stlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm
olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qonqardoshlik tuyg’usiga ega bo’lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloqodob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar haqida ma’lumotlar berish insonni yoshlikda aniq bir maqsadga intilishga tinimsiz harakat qilish, voyaga yetganida uning rohatini, mehnati natijasini ko’rish tushunchalarini shakllantiradi.
Ko’rinib turibdiki, oilaning ta’lim-tarbiya borasidagi donishmandligi bola
kamolotining asosini tashkil etadi.

1.2.Savodxonlik o’rgatish davrida o’qish va yozishga o’rgatish


taqozo yetiladi. Shuning uchun har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z mashg’ulotlarida o’quvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovasion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Quyida biz savod o’rgatish davrida «Improvizasiya» metodini turli ko’rinishlaridan namunalar keltirmoqchimiz. Bu metod «Klaster» metodining aksi bo’lib, turli o’xshash fikrlarni bir fikrga jamlashdan iborat. Masalan, doskaga «anjir» so’zini yozib, qaysi harf bilan boshlanishi so’raladi. Yana «anor», «archa», «arra», «ana» so’zlari ham yoziladi va qaysi harf bilan boshlanishi o’quvchilardan so’raladi. O’quvchilar barcha so’zlarni «A» harfi bilan boshlanishini aytadi. O’qituvchi yozilgan so’zlarning barchasini o’rtadagi «A» harfi bilan tutashtiradi yoki «A» atrofiga jamlaydi: Yoki yana bir namuna А Anjir Anor Ari Archa Arra Ana R Raqs Rom Ruchka Rubob Randa Rasm Bo’g’inlarni ham o’rtaga jamlab, so’z hosil qilish mumkin. Bu ham «Iprovizasiya» metodi hisoblanadi. Masalan: Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan oldin metodni o`tkazuvchi qatnashchilar uchun etarli darajadagi qulay tashqi muhitni yaratish lozim bo`ladi: ularni qulay joyga o`tkazadi, xonani shamollatadi, sokin musiqadan foydalanadi, g`oyalarning generatorlariga ofe yoki salqin ichimliklar ulashadi va hokazo. Qatnashchilarning aqliy va emocional holatini ko`tarish uchun “Aqliy hujum” rahbari etarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomila qiladigan bo`lmog`i lozim. Aqliy toliqishni oladigan psixologik mashqlarni o`tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo`limlar talab qilinmaydigan masala yoki vaziyatlarni echish mumkin. Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o`tkazishning bevosita shartlariga o`tish mumkin bo`ladi. ekranda: - maqsadlar: reja va qoidalar aks ettiriladi. ra mar ar qir dur bar sup Bu tadbirlarga amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi. “Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash. Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan, 1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi! 2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz! 3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat bo`ladi! 4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi! 5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz! “Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Stil va Stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan o`quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanishi mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa ilgari surilgan g`oyalarni umumlashtirish va ular o`rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi. “Klaster” metodining qoidalari “Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi “Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda “Klaster” metodi Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tabor bermang Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang. qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta`lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to`ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar): “Qaror shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo`laniladi: 1. O`qituvchi mashg`ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O`qituvchi o`quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilish, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3. Qaror qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a`zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari MUAMMO 1-g`oya 2-g`oya 3-g`oya QAROR batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a`zolari bir to`xtamga kelib oladilar. 4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga etgach, har bir guruh a`zolari o`z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o`qituvchi rahbarligida barcha o`quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug`ilgudek bo`lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, o`qituvchi buning sababini izohlaydi. Savod o’rgatish davrida «Klaster» metodidan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Misollar keltiramiz: Yoki boshqacha namunasi: Da nak ra dil la E kin tak lak shik «Klaster» metodini savod o’rgatish davrida faqatgina harf, tovush, bo’g’inlar va so’zlar uchun yemas, tovush va harflarni o’rgatishda rasmlardan ham tuzsa bo’ladi. Masalan: Xullas, savod o’rgatish davrida innovasion metodlardan foydalanish o’quvchilarning savodxon bo’lishlarida, DTS talablarida qo’yilg an bilim va ko’nikmalarni oson va qiziqarli yegallashlarida muhim ro’l o’ynaydi. Savod o’rgatish juda muhim mas`uliyatli va ayni vaqtda o’quvchining yesida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr hisoblanadi.Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar o’quvchi tomonidan muvaffaqiyatli o’zlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va og’zaki nutqiy ko’nikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bog’liq. Shuning uchun ham yoshlarni o’qitish va ularni hayotga tayorlashda savod o’rgatish mashg’ulotlariga alohida e`tibor beriladi. Har bir tovush –harfning talaffuz qilinishi va yozilishini mukammal o’zlashtirib olishlari uchun hilma- hil mashg’ulotlarni dars jarayoniga singdirish o’quvchida mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash ko’nikmasini shakllantirishga bog’liq. Savod o’rgatish davrida qo’llaniladigan grammatik o’yinlar o’quvchi imkoniyatlarini to’la ishga solish, har bir tovush va harfning yeng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu davrda qo’llaniladigan grammatik o’yinlar ham hilma-hil bo’lib , o’quvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash , o’zi bajargan ishdan zavqlanish imkoniyatini yaratadi . 1-sinf bolalariga bilim berish o’yin asosiga qurilsa samarali natijalarga yerishish mumkin . Bu yoshdagi bolalarni toliqtirmaslik , o’qish va yozuv darslarini qiziqarli tashkil yetish , sidirg’ali o’qish, husnixat malakalarini shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilsh ,o’yin shaklida uyushtirish zarur . O’quvchilar bilan grammatik o’yinlar uyushtirilar yekan , ularga barcha o’quvchilarni to’g’ri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yo`l qo’yadigan o’quvchilarni ko’proq jalb qilish kerak . Savod o’rgatish davrida qo’llaniladigan grammatik o’yin turini tanlashda sinf o’quvchilarning hususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilari birinchi sinf o’quvchilarini savodga o’rgatish jarayonida foydalanish uchun ko’plab didaktik o’yinlarni ijod qildilar. Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga yerishmoqdalar.7 Boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetikadan bir qator bilimlarni yegallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz yetilishi, jufti bor va jufti yo`q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlang’ich sinflarda qo’llaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu o’z navbatida to’g’ri yozishda qo’l keladi. Shuningdek bu sinflarda bo’g’in va uning turlari, urg’uli va urg’usiz bo’g’inlar, tovushlarning bir-biriga ta`siri haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini o’zlashtirib olish bir qator murakkabliklar tug’diradi. Shu tufayli boshlang’ich sinflarda fonetikaga oid didaktik o’yinlardan foydalanish qo’l keladi. “ So’z tuzish “ o’yini . O’yin savod o’rgatish davrida o’tkaziladi . Bu o’yinlarni bajarish o’quvchilarga tovushning so’z hosil qilishidagi ahamiyatini to’laroq tushunib olish imkonini beradi. O’quvchilar ushbu o’yinda ishtirok yetar yekan, so’zlarning turlituman usullar bilan hosil bo’lishi katta qiziqish uyg’otadi. O’zlari hosil qilgan yangi so’zlardan bevosita zavq olishga muvaffaq bo’ladi. So’z tuzish o’yini savod o’rgatishning tarkib –tahrir (analitik –sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish ,qurish ,birlashtirish singari ma`nolarni bildiradi. So’z tuzish o’yini ham aynan so’zga hilma-hil tovushlarni, bo’g’inlarni qo’shish orqali hosil bo’ladi. Bu o’yinni bajarishda so’zga turli hil usullar bilan tovush qo’shib yangi so’z hosil qiladi.


Download 83,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish