Mavzusidagi video darsi



Download 1,52 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#816263
Bog'liq
BAHRIDIL OPA

Andijon viloyati Andijon tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Kamolova Baxridilxonning 3-sinflar uchun o’qish fanidan Ko‘prik ustidagi do‘st

Mavzusidagi video darsi


Darsimiz shiori
O’qib o’rganib har on
bo’lamiz komil inson
Yangi mavzu: Ko‘prik ustidagi do‘st
Ulug‘bek Hamdam
(Hikoya) 1

Har gal dala hovlidan qaytayotganimda, yo‘lda ikki yalangoyoq bolakayni uchratar edim. Birining oti – Nikita, ikkinchisiniki esa Umid- jon. „Ismlarini qayerdan bila qoldingiz?“ de- moqchimisiz? O‘zlaridan-da. Voqea bunday bo‘l- di: hovlimdagi chog‘roq bog‘da ishlab, kechga tomon torgina yo‘ldan shaharga qaytayotsam, muyulishda qo‘qqisdan ro‘paramdan bir mashi- na chiqib qoldi. Yo‘l chetida bolalar o‘ynab


o‘tirishardi. Shitob bilan kelayotgan mashinani o‘tkazib yuborish uchun shartta tormozni bosib, mashinani bolakaylarning shundoq tumshug‘iga tirab to‘xtatdim. Ular yalt etib menga qarashdi.
Jilmayib qo‘yishdi. Jilmayib deganim juda yumshoq chiqdi, „Bolakaylarning yuzlarida qu- yosh porlardi, quyosh!“ desam, ularning se- vinchlarini aniqroq ifodalagan bo‘laman. – Salom! – dedim men ham bolalarning sevinchidan ta’sirlanib. – Salom! – deya mashinaning ochiq oyna- sidan qo‘lini suqdi ularning mallatobi. – Oting nima seni? – so‘radim men. – Nikita, – deb javob berdi bola. – Seniki-chi? – deb so‘radim nariroqda iymanibroq turgan qoramag‘izdan.
– Umidjon!
Yoshing nechada, Nikita?
– To‘qqizda.
– Seniki-chi, Umidjon?
– O‘n ikkida.
– Bo‘ylaring teng-ku.
Ular javob o‘rniga yana jilmayishdi.
– Xayr, bolalar!
– Xayr, amaki!
Men mashinani yurg‘izib, yo‘limda davom etdim. Odatda, dam olish kunlarim dala hov- lida kechadi. Bu yerga kelib-ketarkanman, de- yarli har safar Umidjon-u Nikitaga ro‘para kela- digan bo‘ldim. Ular ham uzoqdan mening mashinamga ko‘zlari tushishi bilan o‘yinlarini tashlab, ko‘rishish uchun hozirlik ko‘rishardi.
O‘z navbatida, men ham beg‘ubor bolalarning shugina istagiga peshvoz chiqmasdan o‘tol- mayman: tormozni bosaman, ular chopib ke- lib, biri sarg‘ish-qizil, boshqasi qoramag‘iz yuz- larida menga tanish, menga qadrdon bo‘lib borayotgan quyoshchalarni porlatgancha birin- ketin qo‘llarini oynadan uzatishadi.
SAVOLLAR
1. Yozuvchi Nikita va Umidjon bilan qanday tanishdi?
2. „Bolakaylarning yuzlarida quyosh porlardi, quyosh!“ degan gapni siz qanday tushun- dingiz?
TOPISHMOQ
O‘tirishi tulkiday,
O‘t yeyishi yilqiday.
UYGA VAZIFA SAVOLLARGA JAVOB YOZISH HIKOYANI O’QIB TOPISHMOQDI JAVOBINI DAFTARIMIZGA YOZIB QO’YAMIZ
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish