1.3.Ona tili darslarida qo'llaniladigan ta'limiy o'yinlar
Ta’lim va tarbiya o’zaro hamnafas olib borilar ekan bu jarayon keng sohalarni qamrab oladi. Biz bolalarni didaktika bilan emas o’rnak bo’lib tarbiyalashimiz lozim. Ular bilan o’zlari kabi fikrlab ular bila birga o’ynab o’rtoqdek dars otishiiz kerakki zero o’quvchi bola erkin bo;lsin vat a;lim tarbiyani bizga qarab olsin. Biz boshlang’ich sinf o’qituvchilari bolalarimizni yosh xususiyatini hisobga oladigan bo’lsak darsni shunday tashkil qilishimiz kerakki natijada o’quvchi bolajonimiz o’zini majburiy ta’limning 45 daqiqasida emas balki o’yin o’ynab tarbiyani o’rganayotgandek his qilsin va buni o’zida shakllanganini ham sezmay qolsin. Shu sababli ham talim jarayoniga odatiy dars turidab farqli o’laroq noodatiy hamda kreativ metod va o’yinlarni tatbiq etishimiz joiz.
Ta’limiy o’yinlar o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malaka darajasini tekshirishda qo’llaniladi. Ona tili darslasida o’quvchilarning savodini chiqarish, grammatik tushunchalarini shakllantirish, ularning nutqiy va imloviy savodxonligini oshirishda qo’laniladigan usullar, mashqlar va variantlar juda ko’p. Fonetik, grammatik, orfografik tushunchalarini mustahkamlash, nutqiy malakalarni mukammal shakllantirishda ona tili fanidan belgilangan mashqlar qatorida ta’limiy o’yinlar muhim o’rin tutadi.
Ta’limiy o’yinlarning boshqa mashq turlar ya’ni bayon, insho, diktant, tahlilardan farqi shuki bunda bir tomondan o’quvchilarning zerikishi, charchog’iga barham berilsa, ikkinchi tomondan bolalarning fikrlash jarayoni tezlanadi, muayyan belgilangan malakalarning mufassal shaklllanishi osonlashadi.
Asosan ta’limiy o’yinlar yordamiga muhtoj o’quvchilarning aqliy bilimini shakllantirishda o’rni beqiyos.
Ta’limiy o’yinlar o’zining shakli jihatidan asosan o’qitish vazifasiga xizmat etadi va o’quvchilar etiborini o’ziga jalb qilib, qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Alohida muhtojli bolalar ham berilgan har bir topshiriqni izchil bajarishga odatlanishga, ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish ortib boradi.
Didaktik va ta’limiy o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, o’quvchilar nutqi harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrok etishda mushtaraklik vujudga keladi. Bu o’quvchilar o’qituvchidan eshitgan ma’lumotlarni va bilimlarni zexn bilan o’ylab olishga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishga, ya’ni ta’limiy o’yin qoidalarni o’zlari bajarishga imkon beradi. Ta’limiy o’yinlarning bu tarzda tuzilishi xususiyatlari o’quvchilarning faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini tug’diradi, shu bois ular o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladi.
Har bir ta’limiy o’yinda bir nechta yoki butun sinf o’quvchilari ishtirok etadilar. Ta’limiy o’yin jarayonida alohida yordamga muhtoj o’quvchilardan ba’zilari ishtirok etolmasa ham ular o’yinda ayrim imo-ishoralar vositasida bemalol qatnashadi. O’yin paytida yordamga muhtoj bolalar pisixikasining individual xususiyatlari, ularning temperamenitlari, shartli reflekslari paydo bo’lish tezligi va mustahkamligi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi, bu esa o’qituvchiga bunday o’quvchilar faoliyatiga individual munasabatda bo’lish imkonini beradi.
O’quvchilar fan bilan birga ijtimoiy hayotni bilishga o’rganadi. Bu o’yinlar orqali atrof muhit va o’z qonun-qoidalari borligini aynan yoshlikdan his qilib borishga harakat qiladi. Bu o’yinlar orqalik bolalarga xos bo’lgan pala-partishlik, e’tiborsizlik, hafsalasizlik kabi nuqsonlarni bartaraf etib, ularni intizomli bo’lishga o’rgatib boradi. Mashg’ulotlar jarayonida tirishqoq, matonatlik, boshlagan ishni ohirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi.
Tarbiyaviy yoki ta’limiy o’yinlar ko’proq o’quvchilarning yoshiga hos bo’lishi kerak o’yinlar ham odiydan murakabga qarab boradi.
Ma’lumki, o’quvchi qancha yosh bo’lsa, darsda qo’lanadigan qiziqarli o’yin elementlar shuncha ko’p bo’lishi kerak. Chunki darsda qo’llaniladigan didaktik o’yin, bir tomondan ayrim bolalar tabiatiga hos bo’lgan qiziquvchanlik, sho’xlik kabi xususiyatlarga muvofiq kelsa, ikkinchi tomondan ba’zi bolalardagi odamovilik, indamaslik, uyatchanlik kabi jihatlarni bartaraf etib boradi. O’yin jarayoni o’quvchi psixologiyasida keskin o’zgarishlar yasaydi. O’yin davomida o’quvchi mavhum grammatik, orfografik tushunchalar mohiyatini anglab, uni xotirasida ko’pgina so’zlar uchun umumiy bo’lgan belgilar o’rin ola boshlaydi, og’zaki va yoza nutqidagi orfoepik, orfografik nuqsonlar kamayadi. Ta’limiy o’yinlar sinf jamoasini erkin tutishlarini ta’minlaydi. Darsning samaradorligi ortadi. O’yinda ko’pgina o’quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanib, reyting baholarini qo’yib borish imkoniyatlari tug’iladi.
O’yinlarning yana bir diqqatga sazovor joyi shundaki, bir-biriga yordam bergilari kelib, sinf jamoasining jipsligi yanada mustahkamlanadi.
Ta’limiy o’yinlarning turlari va ularni qo’llash varianlari haqida so’z yuritamiz.
Ona tili mazmuniga ko’ra ta’limiy o’yinlar quyidagicha tasif qilinadi:9
1.Fonetik-grafik o’yinlar.
2.So’z yasalishi bo’yicha o’yinlar.
3.Grammatik o’yinlar.
4.Orfografik o’yinlar.
5.Nutq o’stirish tusidagi o’yinlar
Ta’limiy o’yinlar o’tkazilishi xarakteriga ko’ra quyidagi turlarga ajraladi:
1.Og’zaki o’yinlar.
2.Indamas o’yinlar.
3.Yozma o’yinlar.
Ta’limiy o’yinlar tashkil qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga ajraladi:
1.Guruhlararo musobaqa tarzidagi o’yinlar.
2.Tarqatma materialllar yordamida o’tkaziladigan o’yinlar.
3.Qo’l barmoqlar yordamida o’tkaziladigan o’yinlar.
O’yinlar til materialini qo’llashga ko’ra quyidagi turlarga ajratriladi:
1. Harflar yordamida o’tkaziladigan o’yinlar.
2.Bo’g’inlar yordamida o’tkaziladigan o’yinlar.
3.So’zlar yordamida o’tkaziladigan o’yinlar.
4K.So’z birikmalari yordamida o’tkaziladigan o’yinlar.
O’yinni tashkil qilishda o’qituvchi quyidagi tamoillarga amal qilishi kerak:
o’yin qiziqarli, sodda, tushunarli, aniq bo’lsin;
o’yin mavzuga mos, chuqur mazmunli bo’lsin;
o’yinda iloji boricha ko’proq o’quvchi ishtirok etsin;
o’yinda qiziqarli narsa ko’p bo’lsin;
o’yin o’tkazilishi muddati, tartibi aniq bo’lsin;
o’yin o’quvchilarning muayyan malakalarini shakllantirsin;
o’yin g’oliblari rag’batlantirilib borilsin.
O’qituvchio’yinturlarinimustahkamlanayotganmavzugamuvofiqtanlab, belgilangano’yinturigamosshaklinituzib, o’yintartibinianiqbelgilabolishilozim. O’yin uchun kerakli material esa imlo lug’ati, o’qish kitobi, bolalar jurnali, turli badiiy asarlar to’plamlaridan olinadi.
Materialni o’yin shakliga solishda quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
o’yin materialida mavzuga oid misol iloji boricha ko’p bo’lsin;
material va o’yin shakli o’quvchi yoshiga mos tushunarli soda va qiziqarli bo’lsin;
o’yin shakli va material hajmi dars strukturasiga muvofiq bo’lsin;
material va o’yin shakli o’quvchi nutqini o’stirishi, imloviy savodxonligini oshirishga yordam bersin;
material va o’yin shakli o’quvchi dunyoqarashini o’stirsin, tarbiyaviy elementlarga boy bo’lsin;
material va o’yin shakli o’quvchi aqliy faoliyatini yaxshilasin.
Boshlang’ich sinflar ona tili darsidagi har bir mavzu bo’yicha muayyan shakldagi ta’limiy o’yinni tashkil qilishi mumkin.
O’qituvchi, avvalo, ta’limiy o’yinning ta’lim-tarbiyaviy maqsadini belgilab o’yinga kerakli materialni tayyorlab, o’quvchilarga ta’limiy o’yinning o’tkazish tartibini aniq tushuntirib berishi, o’yinni o’zi boshqarib borishi, o’quvchilarning xatolarini yo’l yo’lakay tuzatib borishi kerak. O’yin oxirida tegishli xulosalar chiqarib, qo’yilgan ballar e’lon qilinadi.
O’yin chog’da bolaga barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, o’ylaydi, uning hayoloti, xotirasi kuchli ishlaydi, idrok qiladi, ta’sirchanlik sifati namoyon bo’ladi.
Onа tili dаrslаrining sаmаrаli bo`lishidа quyidаgi intеrfаol usullаrdаn foydаlаnish mаqsаdgа muvofiqdir: „Klаstеr“, „Аqliy hujum“, „Sinkvеyn“, „Kichik guruhlаrdа ishlаsh“, „Hаr kim hаr kimgа o`rgаtаdi“, „Musobаqа dаrsi“, „Kim epchil-u, kim chаqqon“, „Rolli o`yin“, „Zаnjir usuli“ kаbi mаhsulotlаr dаrsining sifаt dаrаjаsini yuqorigа ko`tаrаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |