Mavzusidagi 5111700 – Boshlang’ich ta’lim, sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishi ish rahbari: Andijon-2022 mundarija kirish



Download 67,32 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2022
Hajmi67,32 Kb.
#595545
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjat (3)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




ZAHIRIDIIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


mavzusidagi


5111700 – Boshlang’ich ta’lim, sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ish rahbari:
Andijon-2022
MUNDARIJA


KIRISH.....................................................................................................................3
1-BOB. TA’LIM SOHASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
1.1.Boshlang’ich ta’limda pedagogik texnologiyalar...............................6
1.2.Boshlamg’ich ta’limda didaktik o’yinlarning ahamiyati.....….........….......10
1.3.Ona tili darslarida qo'llaniladigan ta’limiy o’yinlar...............….…………13

2-BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA GRAMMATIKA O’QITISH METODIKASI


2.1.Boshlang’ichsinflarda grammatika o’qitish vazifalari, grammatik tushuncha mohiyati…….18
2.2.Grammatik tushuncha tamoyillari...............................................................

3-BOB. SO’Z TURKUMLARI USTIDA ISHLASHDA INSHO TURLARIDAN FOYDALANISH


3.1.Insho va uni o’tkizish metodikasi………………………………………..
3.2.Insho mavzusi,uni yoritish va tahlil qilish
3.3.So’z turkumlari ustida ishlashda rasm asosidagi insho turidan foydalanish…………………………………..
3.4.So’z turkumlari ustida ishlashda ekskursiya asosidagi inshodan foydalanish
3.5……………………………mavzusida insho yozdirish uchun dars ishlanmasi……………


XULOSA…………...............................................................................................60
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….…………………….62


KIRISH.


Fan sohasida yaqin yillar ichida tub o’zgarishlar, yangi islohotlar amalga oshirildi va bu ishlarning natijasini hozirgi kundagi ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichi hamda shaffof tizimda o’tkizilayotgan jarayonlar misolida ko’rishimiz mumkin. Xususan fan deganimizda barcha ta’lim tizimi nazarda tutiladi shu o’rindaona tili ta’limi ham oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va madaniy muloqot salohiyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. Farzandlarimiz Vatanimiz ravnaqiga o’z hissasini qo’sha oladigan, salohiyatli yoshlar bo’lib tarbiyalanishi kerakligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining har bir nutqida buni alohida ta’kidlab o’tadilar. Quyidagi fikr va mulohazalar ham bevosita ta’lim tizimiga taalluqlidir: ”Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi”.1
Yuqoridagi gaplar isboti o’laroq bugungi kunda ta’lim sohasiga zamonaviy ilg’or pedagogic texnologiyalar olib kirilyabdi yohud bugungi O’zbekiston yoshlari xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgani dalildir. Shu o’rinda prezidentimiz Oliy Majlsiga muroaatnomasida davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qtorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko’rish masalasiga e’tibor aratdi. Xususan PIRLS-ya’ni progress in international reading literacy study bu turli mamlakatlarda 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish bo’yicha baholash tizimi bo’lib, bu dasturda 2021-yil O’zbekiston birinchi marta ishtirok etdi. Qayd etish lozimki prezedintimiz farmoni bilan “O’zbekiston Xalq tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya”si tasdiqlangan bo’lib unda yurtimizning 2030-yilga kelib o’zbekistonni pirls bo’yicha eng ilg’or yetakchi davlatar qatoriga kirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy buyurtma o’quvchi shaxsini mustaqil va ijodiy fikrlashga, o’zgalar fikrini to’g’ri anglashga,fikr mahsulini to’g’ri anglashgafikr mahsulini og’zaki va yozma shaklda nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga mos to’g’ri, mantiqli va ravon bayon qilishga o’rgatishdan,yanikommunikativkompetensiyani rivojlantirishdan iborat.Shundan kelib chiqqan holda, ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va madaniy muloqot salohiyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo’yiladi.
Shu maqsaddan kelib chiqib,ona tili ta’limining asosiy vazifasi o’quvchilarning fikrlashsalohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurinio’stirish, o’zini, o’zgalarni va borliqni til vositasida anglashni hamda fikr va his-tuyg’ularniona tilining keng imkoniyatlaridoirasida bayon eta olishni o’rgatishdan iborat.
Yuqoridagi talablar asosida mamlakatimizda Umumiy o’rta ta’lim DTSlaritakomillashtirildi vaunda o’quvchilarning kompitentligini shakllantirish yuzasidantayanch va fanga oid umumiykompitensiyalarishlab chiqildi. Unda ta’lim tizimi bitiruvchisi ta’limning ma’lum bosqichini bitirgandan so’ng tegishli kompitensiyalargа ega bo’lishi belgilab berildi.2
Ma’lumki, umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartida har bir fan bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi kerak bo’lgan nazariy bilimlarning minimal darajasi belgilab berilgan. Xususan, ona tili ta’limi bo’yica DTS da quyidagi omillarga erishishni ko’zda tutilgan.
1.Ijodiylik.
2.Mustaqil fikrlash.
3 Fikr mahsulini nutqiy vaziyatga mos ravishda og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish kerak.
Demak, Har bir fan oldiga o’quvchilarni mustaqil fikrlaydigan shaxs qilib yetishtirish vazifasi qo’yilgan.
Ta’lim mazmuni o’quv fani sifatida ona tili oldiga qo’yilgan vazifalarga qarab belgilanadi. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, o’quvchilarni aqliy va nutqiy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirishga va axloqiy tarbiyalashga, oddiy lisoniy bilimlarni o’zlashtirishga, ongli o’qish va yozish malakalarini hamda darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi.
Yuqoridagi talablarni bajarish ona tili fani oldiga ham qo’yilgan.4 yil davomida boshlang’ich sinf o’quvchilari fan yuzasidan DTSda belgilangan bilimlarga ega bo’ladilar.

Download 67,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish