11 oktyabr soat 10-00 da institutning Ilmiy kengash zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash” fakulteti dekani siyosiy fanlar doktori Xasanov Otabek Abdirashidovichning “Smart Management” “Aqlli boshqaruv” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlarini ushbu davra suhbatida ishtirok etishlarini so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |