Mavzu;Panjara geometrik gips naqsh rozetkasini tasvirini chizish



Download 17,32 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi17,32 Kb.
#497229
Bog'liq
9-mavzu (2)


Mavzu;Panjara geometrik gips naqsh rozetkasini tasvirini chizish.
Reja
1. Panjara geometrik gips naqsh haqida ma’lumot.
2. Gips naqsh rozetkasini tasvirlashdan asosiy maqsadi.
3.
Panjara geometrik gips naqsh rozetkasini tasvirlash.
Bu vazifaning maqsadi kompozitsiya qurish mahorati va shakl hajmini ko‘rsatishdan, geometrik shakllar — kub, prizma, piramida kabi shakllarni chizish davomida olgan bilimlarni mustahkamlash hamda o‘quvchilarni amaliy san’at turlariga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishdan iborat. Qo‘yilgan vazifani amalga oshirishda relyefli naqshni bajarish maqsadga muvofiq. Naqshning konstruktiv qurilishi va uni soyayorug‘ tusini belgilash o‘quvchilardan diqqat-e’tiborni talab etadi. Naqsh chizuvchilarga nisbatan ko‘z balandligida och-kulrang fonda joylashtiriladi. 0 ‘quvchilar naqshni yon tomondan kuzatib, ayrim perspektiv qisqarishlarning qalamtasvirini bajarishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Naqshning umumiy shaklini bajarish jarayonida uning asosiy nisbatlari — gips bo‘yining uzunligiga hamda eni va chuqurligiga nisbatan to‘g‘ri belgilab olinishi muhim.
Ustki qism shaklini tasvirlashda o‘quvchilar shakllarning bir xil emasligini ko‘radi. Bu ularni yanada har bir bo‘lakni diqqat-e’tibor bilan tahlil etishga yo‘naltiradi. Haqqoniy tasvirlashning asosiy qonunlaridan biri «panjara» geometrik naqshini tahlil etib, uning xarakterli bo‘laklari aniqlanib, bosqichma-bosqich tasvirlanadi. Qog‘oz yuzasida juda yengil chiziqlar bilan naqsh tomonlarining nisbatiga qarab, qog‘oz tik yoki yotiq holda qo‘yiladi. Gipsli naqsh namunasining vertikal tekislikka nisbatan og‘- maligi, tomonlardan birining ikkinchisiga nisbati, perspektiv qisqarish va ufq chizig‘ining qanday holda turishi chiziqli konstruktiv usulda bajariladi. So‘ng tasvirlangan ikki qismli zanjir elementi aniqlanadi. Buning uchun zanjirning ganch taxtasidagi eng yuqori va pastki qismi hamda chekka nuqtalari belgilanadi. Madumki, ushbu naqshning tomonlari, burchak graduslari birbiriga teng va simmetrik bo‘lgani uchun uni teng ikkiga bo‘lib o‘tuvchi nuqtalardan gorizontal va vertikal to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi (57-rasm, a). 0 ‘tkazilgan vertikal ikki chiziq bir-biriga parallel bo‘lsa, gorizontal chiziq ganch taxtasining yuqori va pastki gorizontal qirralariga parallel bo‘lmagan holda o‘z holicha o‘tadi. Chunki, bu ikki to‘g‘ri chiziq o‘quvchi qaysi nuqtadan turib tasvirlayotganiga qarab perspektiv qisqarib boradi va ma’lum masofaga borib bir nuqtada uchrashadi (kesishadi). So‘ng panjaraning qalinliklari belgilanadi va ular to‘g‘ri chiziqlar orqah birlashtiriladi. Bu vazifaning 2-bosqichi hisoblanadi (57-rasm, b). Keyingi bosqichlarda panjara tomonlarining burchaklari, tekisliklaming bir-biriga nisbatlari topiladi. So‘ng rozetka bo‘- laklaridagi yomg‘ va soya, yarim soyalar yorug‘lik manbayining tushishiga qarab, qanday o‘zgarishi aniqlanadi. Soya boshlang‘ich bosqichda yengil shtrixlar asosida bajariladi. Naqsh bo‘laklarining yomg‘ va soyalarini hech qachon alohida-alohida ishlash yaramaydi. Tasvirlanayotgan har bir bo‘lakni bir-biriga taqqoslagan holda barobar olib borish, tugallanganligi jihatidan bir-biriga muvofiq bo‘lishi kerak. Ushbu amalning to‘g‘ri bajarilishi ish jarayonida qilingan xato va kamchiliklami o‘z vaqtida tuzatishga yordam beradi (3—4-bosqich) (57-rasm, d). Vazifada bosqichma-bosqich ish yuritish, ya’ni naqshni qog‘ozda to‘g‘ri joylashtirish, har bir bo‘lakni konstmktiv chiziqli qurish va hajmlari ustida ish olib borish orqali biri ikkinchisini to‘ldirib boradi.
Ganch naqshining tasvirini to ‘g‘ri bajarishda o‘quvchilar quyidagi qonun va qoidalarga amal qilishlari zarur:
1. Belgilangan ixtiyoriy qog‘oz sirtida tasvirlanayotgan naturaning chekka qirralarini belgilangan holda kompozitsion to‘g‘ri joylashtirish.
2. Naturadagi shakllaming asosiy tayanch nuqtalarini belgilab, ulardan birining ikkinchisiga bo‘lgan nisbatlarini perspektiv qonunqoidalar asosida tasvirlash.
3. Shakllarni chiziqli konstmktiv ravishda qurish, naturada qo‘yilgan asosiy bo‘laklarni belgilash.
4. Tasvirlanayotgan shakllarning xarakterli xususiyatlaridagi tushuvchi shaxsiy soyalarni belgilash va alohida bo‘laklarga ishlov berish.
5. Naturadagi barcha buyumlarni tus jihatdan yana bir bor ko‘rib, qo‘yilmadagi shakllaming xarakterini aniqlash va soya, yarim soya, yorug‘, refleks joylarini aniqlash.
Buyurnni butun birlikka bo‘ysundirish va vazifaga yakun yasash. Ushbu metodik ketma-ketlikka rioya qilib, tasvirni to‘g‘ri bajargan o‘quvchi vazifadagi qo‘yilgan maqsadga erishadi va keyingi vazifalarni aniq bajarishida u muhim vosita hisoblanadi.
Gips naqsh rozetkasini tasvirlashdan asosiy maqsad talabalarni yuqori kurslarda murakkab elementli ob’yektlarning shakllari va bo’rtma naqshlarini tasvirlay olishga o’rgatishning poydevori hisoblanadi. Qo‘yilgan vazifani amalga oshirishda relefli ornamentni bajarish maqsadga muvofiq. Rozetkaning konstruktiv qurilishi va uni soya-yorug‘ tusini belgilash o‘quvchilardan diqqat-e’tiborni talab etadi. Rozetka chizuvchilarga nisbatan ko‘z balandligida och-kulrang fonda joylashtiriladi. o‘quvchilar rozetkani yon tomondan kuzatib, ayrim perspektiv qisqarishlarning tasvirini bajarishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Naqsh rozetkasining umumiy shaklini bajarish jarayonida uning asosiy nisbatlari bo‘yining uzunligiga hamda eni va chuqurligiga nisbatan to‘g‘ri belgilab olinishi muhim. Ustki qism shaklini tasvirlashda o'quvchilar shakllarning bir xil emasligini ko‘radi. Bu ularni yanada har bir bo‘lakni diqqat e’tibor bilan tahlil etishga yo‘naltiradi.
Download 17,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish