Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana06.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#322935
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

34 


XULOSA 

Kurs ishda  quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: 

1.  “Oila”,  «oilaviy  tadbirkorlik”  kategoriyalari  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan 

mustaqil tushunchalardir. Bunda oila faqat iste’molchi sifatida bir guruh uyushgan 

kishilardan  tarkib  topgan  ijtimoiy  sub’ekt  bo‘lsa,  oilaviy  tadbirkorlik  iqtisodiy 

jarayon bo‘lib, faqatgina oila negizida shakllanadi va rivojlanadi;  

2.  Oilaviy  tadbirkorlik  ham  o‘ziga  xos  tadbirkorlik  bo‘lib,  oila  mulkiga, 

ishlab  chiqarish  vositalariga,  oila  a’zolarining  mehnatiga  va  tadbirkorlik  faoliyati 

natijasida  oladigan  daromadiga  egalik  qilish  huquqiga  ega.  Tadqiqotlar 

ko‘rsatmoqdaki,  kelajakda  xo‘jalik  yuritishning  oilaviy  tadbirkorlik  shakli 

iqtisodiy  munosabatlarning  asosiy  sub’ektiga  aylanadi.  Shunday  ekan  hozirgi 

iqtisodiy  muxit  «Oilaviy  tadbirkorlik  faoliyati  va  uni  qo‘llab–quvvatlash 

to‘g‘risida» gi qonunni qabul qilishni taqozo etmoqda. 

 

3.  Oilaviy  biznes  sohasida  mehnatning  harakteriga  ko‘ra,  mehnat  jarayonida 

qo‘l  mehnatini  kamaytirish  uni  mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirish  darajasi 

bilan  belgilanadi.  Sohada  mehnat  taqsimotining  chuqurlashib    borishi    umumiy   

mehnat      sarfida        moddiylashgan        mehnatning  hissasi  tobora  ko‘proq  qismini 

qamrab  oladi.  Natijada  jami  mehnatda  moddiylashgan  mehnatning  ulushi  o‘sib 

borgan  sari  jonli  mehnatning  o‘sishi  kamayib  boradi.  Bu  mehnat  unumdorligi  va 

xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim  omili hisoblanadi. 

 

4. Oilaviy tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng 



asosiysi  moliyaviy  omildir.  so‘ralgan  oilalarning  ko‘pchiligi  buning  uchun  yetarli 

moliyaviy  manbaga  ega  emasligini  qayd  etishdi.  O‘z  biznesini  boshlamoqchi 

bo‘lgan oila uchun 1000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak, 

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish 

talab etiladi. 

5.  Hozirgi  paytda  mavjud  ish  bilan  bandlikning  tarmoq  tuzilishi  sohada 

mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi 

va  u  tubdan  o‘zgartirishga  muhtojdir.  Shuning  uchun  bandlikka  ko‘maklashish 

markazlari  hokimiyat  organlari  bilan  birgalikda  oilaviy  biznes  sohasida  yangi  ish 

o‘rinlarini  yaratish  va  ish  bilan  bandlikni  ta’minlash  maqsadida  faol  dasturlarni 

ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur. 

6.  Xizmat  sohasi bilan  band bo‘lgan oilalar  daromadi  tarkibida tadbirkorlik 

daromadlari salmoqli o‘rin egalaydi. Kuzatilgan oilalarda pul daromadlarining jon 

boshiga  o‘rtacha  taqsimlanishi  eng  kam  daromadli  sartaroshxona  xizmatlari  bilan 

shug‘ullanuvchi  va  eng  ko‘p  daromadli  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  xizmatlari 

bilan  shug‘ullanuvchi  oilalar  daromadi  o‘rtasidagi  farq  2,2  martani  tashkil 

etmoqda.  Ushbu  tahlilda  yana  bitta  muhim  qonuniyat  kuzatildi.  Oila 

daromadlarining  ortib  borishi  bilan  ulardagi  aholining  o‘rtacha  soni  kamayib 




 

35 


bormoqda. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila xo‘jaligi a’zolari soni 

qancha  kamayib  borsa,  ularning  o‘rtacha  daromadlari  shuncha  ko‘p  ekanligi 

kuzatiladi.  Shuningdek,  pul  daromadlarining  tabaqalanishi  qishloq  bilan  shahar 

o‘rtasida nisbatan farq qiladi. Qishloq joyida aholining bir oilaga to‘g‘ri keladigan 

soni 6,2 kishini tashkil qilsa, shaharda ushbu ko‘rsatkich 3,4 kishini  tashkil qiladi.

 

 

7.  Oilaviy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  borasida  to‘sqinlik  qilayotgan 



omillardan  eng  asosiysi  moliyaviy  omildir.  Demak,  oila  daromadlarini 

ko‘paytirishga  yo‘naltirilgan  siyosatni  amalga  oshirish  bilan  birga  tadbirkorlikni 

rivojlantirish  uchun  mikromoliyaviy  institutlarning  rolini  ham  oshirish  talab 

etiladi. 

 

8.

 



Oilaviy  biznes  sohasining  umumiy  faoliyatiga  ko‘ra,  moddiy 

rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi 

daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash 

tizimining  barqarorlashtirish  va  rag‘batlantirish  funksiyalarini  ta’minlaydi.  Bunga 

misol  qilib,  ishchilar  tomonidan  korxona  aksiyalariga  egalik  qilishni  kiritish 

mumkin,  ammo  bunda  aksiyalarning  daromadliligi,  barqarorligi,  qimmatli 

qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. 

9.

 



Oilaviy  biznes  sohasining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  jadallashtirish 

muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini oilaviy biznes 

sohasida  qo‘llash  asosida  faoliyat  samaradorligini  oshirish  imkoniyati  yuzaga 

keladi.  Shunga  bog‘liq  holda  sohada  mehnat  unumdorligining  o‘sishi,  oilaviy 

biznes  jarayonida  mehnat  mazmunidagi  chuqur  o‘zgarishlar,  sohaning 

modernizatsiyalashda  qo‘l  mehnatining  sezilarli  kamayishi  va  inson  omiliga 

yangicha  yondashuv  masalalarini  o‘z  ichiga  olgan  iqtisodiy  samaradorlikni 

oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

36 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish