Mavzuning qisqacha tafsiloti. Ish



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana25.02.2022
Hajmi1,15 Mb.
#464735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2. Ish xaqining shakllanishi va amal qilishi matn

1-savol ► 


195 
haqi bir yil, bir soat yoki bir kunda olinadigan pul maglag’i miqdori hisoblanadi. 
Real ish haqi esa ishchi nominal ish haqiga sotib olinishi mumkin bo’lgan tovar va 
xizmat turlarining miqdori hisoblanadi; real ish haqi nominal ish haqining “sotib 
olish imkoniyat”ini ko’rsatadi. 
Sizning real ish haqingiz nominal ish haqi va siz harid 
qiladigan tovar va xizmatlarning narxlariga bog’liqdir. 
Aytaylik, ma’lum yil mobaynida nominal ish haqingiz 5 
foizga ko’tarildi, ammo ayni shu yili narxlar darajasi 3 foizga 
oshdi. Unda sizning real ish haqingiz 2 (=5%-3%) foizga 
ko’tarilgan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, 
narxlarning umumiy darajasi o’zgarmay qolaveradi. Ya’ni, biz 
faqat real ish haqilarni muhokama qilamiz
1

Ish haqining mazmunini to’g’ri tushunib olish uchun eng avvalo 
yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to’g’risida tasavvurga ega 
bo’lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va 
xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo’yicha turlicha nazariyalar mavjud. 
Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko’pchiligida «uch omil» deb 
nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz 
olimi J.B.Sey 
«ishlab chiqarishning uch omili»
degan g’oyani ilgari surib, unda 
tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, er va kapital bab-baravar qatnashadi, ular 
hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o’rtasida 
taqsimlanadi, deb ko’rsatadi. Uning bu g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim 
J.B.Klarkning 
qo’shilgan omil (so’nggi qo’shilgan kapital yoki ishchi kuchi) 
unumdorligi
degan g’oyasiga asos bo’lib xizmat qiladi. Klark o’zining 
«Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil 
o’rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) 
qarab taqsimlanadi, deb ko’rsatdi. 
Sey va Klark g’oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat: 
a) kapital, er va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki 
xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko’rsatiladi; 
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi 
o’rtasida bog’liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va 
sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko’payishi asoslanadi. 
Ammo bu g’oyalarning kamchiligi ham mavjud bo’lib, ular hozirgi bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga to’g’ri kelmaydi. 
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali etarli darajada rivojlanmagan 
davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan 
mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil 
xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va er tovar nafliligini yaratishda 
passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng, 
1
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. 245 b 
Real ish haqi esa 
ishchi 
nominal 
ish haqiga sotib 
olinishi mumkin 
bo’lgan tovar va 
xizmat turlarining 
miqdori 
hisoblanadi;


196 
ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat 
ta’sirida o’tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini 
ko’rsatib berolmaganlar. 
2. Klark tomonidan yaratilgan qo’shilgan mehnat unumdorligining kamayib 
borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko’r-ko’rona 
xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to’xtab 
qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
sharoitiga to’g’ri kelmaydi. 
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to’g’rirog’i 
milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga 
qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan 
fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari 
o’rtasida taqsimlanadi. 
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat 
hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad 
jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko’rsatadilar. Lassalchilar, 
birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo’lmasdan, uni yaratishda er 
(tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala 
omil natijasi ekanligini unutdilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni 
barcha jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlash zarur degan g’oyalari mutlaqo 
noto’g’ri bo’lib, bunday holatda mahsulotni ko’paytirishga ishlab chiqaruvchilar 
o’rtasida hech qanday qiziqish bo’lmasligi o’z-o’zidan tushunarlidir. Keyinchalik 
sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Ittifoqda mahsulot va 
daromadlar davlat qo’lida bo’lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab 
taqsimlanadi degan g’oya hukmron bo’ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. 
Davlat, partiya va xo’jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko’pchilik qismini 
o’z xohishlaricha davlat foydasiga taqsimladilar va turli yo’llar bilan o’zlashtirib, 
undan foydalandilar, shu vaqtning o’zida mehnatkashlar o’z mehnatining 
miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar. 
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda 
hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini 
hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo’nalishlarini 
ko’rsatishga harakat qilamiz: 
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim 
bir xil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar 
tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab 
chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli 
shakllari, erga esa davlat mulki mavjud bo’lgan sharoitda yaratilgan milliy 
mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi 
bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir 
qismi albatta umumjamiyat manfaatlarini ko’zlab ish olib boruvchi davlat 
ixtiyoriga kelib tushadi; 


197 
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab 
chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib 
qo’yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) 
qayta tiklash uchun zarurdir; 
v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini 
bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni bir maromda to’xtovsiz 
amalga oshirishni kafolatlash uchun sug’urta fondlari, qariyalar, bolalar, 
nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun 
nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi; 
g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch 
hayotini va mehnatini qo’riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim 
tizimini, sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar 
ko’pdan-ko’p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi). 
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon 
bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o’rtasida 
taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon 
natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar 
egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli 
daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi 
daromad turlari ko’rinishini oladi. 
Ish haqlar mamlakatlar, hududlar, kasblar va 
yakka tartibdagi jismoniy shaxslar orasida turli hil 
darajada belgilanadi. AQShda tarif stavkalari Xitoy 
yoki Hindistondagidan ancha ko’proq. Tarif stavkasi 
AQShning janubiga qaraganda shimoliy va sharqiy 
qismida 
ham 
biroz 
yuqoriroq 
hisoblanadi. 
Suvsozlarga AQSh Milliy Futbol Ligasi (AMFL) 
o’yinchilariga qaraganda kam ish haqi to’lanadi. Bir 
doktor boshqasiga qaraganda ayni bir soatda bajargan ishi uchun turlicha ish haqi 
olishi mumkin. Tarif stavkalari, shuningdek, jins, irq va etnik kelib chiqish 
orasida ham farq qilishi mumkin. 
O’rtacha olganda ish haqining umumiy darajalari turli darajadagi tarif 
stavkalarini o’z ichiga oladi. Bu shuningdek, bank ishchilari, sartaroshlar, g’isht 
teruvchilar, va jarrohlarning ish haqlarini ham tashkil etadi. Bunday ish haqlarini 
o’rta hisobda ko’rsatgan holda mamlakatlar va hududlar orasidagi ish haqlarini 
osongina taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz
2


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish