Mavzuning qisqacha tafsiloti. Biz siz bilanushbi darsda



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana15.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#449679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1. 1-qism. “Iqtisodiyot” fanining predmeti va bilish usullari

Karl Marks (1818-1883) 
yiilarda yashab ijod qilgan 
Marks ta’limotida asosiy 
o‘rinni bazis va ustkurma 
konsepsiyasi egallaydi – 
unga ko‘ra ijtimoiy borliq 
(hayot) kishilar ongini 
belgilaydi.
 


 
13 
K. Marks ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma konsepsiyasi egallaydi 
– unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Uning nazariyasida 
kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotini bozor prinsiplari buzilishiga olib 
kelishi to‘liq bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga 
tortishi qayd qilinadi. K. Marks A. Smit va D. Rikardo asos solgan qiymatning 
mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlaydi. Qo‘shimcha qiymat ishlab 
chiqarishga proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning 
kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirilishi ular boyligining ko‘paytirishning doimiy 
manbaini tashkil qilishini qayd qiladi. K. Marks fikricha kapitalning jamg‘arilish 
jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan 
tugaydi. 
K. Marks kapital to‘g‘risidagi ta’limoti bir xil baxo olmadi. Sobiq sotsialistik 
mamlakatlarda Bizning mamlakatda marksistik g‘oyani ro‘yobga chiqarishga 
qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur 
inqiroziga olib keldi. Hozirgi kunda Marks tanqidchilari kapitalizm barbod 
bo‘lganligi va uning bashoratlari tasdiqlanmaganligini qayd qilishadi. Marks 
g‘oyasining tarafdorlari u tadqiq qilgan kapitalizm 1930 yillardagi buyuk 
depressiya davrida barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Hozirda mavjud bo‘lib turgan bozor iqtisodiyoti jamiyat turmush farovonligi 
yuksalishini ta’minlashga layoqatli iqtisodiy tizim modeli ekanligini tasdiqlaydi. 
XIX asrning 70-yillaridan boshlab “siyosiy iqtisod” atamasi “iqtisod” 
tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqtisodiyot nazariyasida yangi 
yo‘nalish “ekonomiks” (inglizcha economics – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy 
fan) shakllandi. U mazmunan fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini 
o‘rgatishni anglatadi. 
Shu sababli bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy 
konsepsiyalar paydo bo‘ldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat 
nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan ozod 
qilishga urunishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy 
mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo‘yildi. Bular: iste’mol 
jarayonida iqtisodiy ne’matlar sub’ektiv nafligiga pasayib borish prinsipi; iqtisodiy 
muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning mavjud 
omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil imkoniyatlaridan 
tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozod qilingan “texnologiya” bo‘lib 
qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat 
qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot sub’ekti imkoniyatlar cheklanganlik 
muammosiga to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan 
resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muammosini qanday hal 
qilish muammosini tadqiq qiladi. Ayni vaqtda iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida 
qolish uchun ijtimoiy va siyosiy muammolar mavjudligini ham inkor qilmasligi 
zarur. 


 
14 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim 
vujudga kelib, shakllana boshladi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “keyingi”, 
“qo‘shilgan” degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy 
maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem Bavrek va 
boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat 
yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab 
chiqildi. Bu oqim iqtisodiy fanda yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik 
deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall 
bo‘lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab 
chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va 
taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri 
Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat 
modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa 
liberal iqtisodchilarning izdoshlari deb hisoblab 
iqtisodiy 
erkinlik 
va 
davlatning 
bozor 
mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qo‘llab 
chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, 
bozor iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha 
tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli, 
davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun 
shart-sharoit yaratish zarur. Neoklassik oqim 
tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot predmeti sifatida 
ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan qat’iy nazar 
“sof iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan 
bozor iqtisodiyoti alohida sub’etlari hatti-
harakatini nazarda tutadi. 
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi 
Y.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912 
yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar 
o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki 
mazmunini 
ko‘rsatishga harakat qildi va u 
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch 
tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1883-
1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi» (1936 yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy 
daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil 
qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq tarzda qaror 
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti 
ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning 
iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.
Djon Meynard Keyns (1883-
1946) o‘zining «Bandlik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi» 
(1936 yil) degan kitobida 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: 
milliy daromad, kapital 
xarajatlar, iste’mol va 
jamg‘arishning o‘zaro 
bog‘liqligini tahlil qilib, 
investitsiya va iste’mol 
nisbatlarining eng maqsadga 
muvofiq degan qarorga kelgan


 
15 
Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari 
tizimi takomillashgan va o‘z – o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin 
bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol 
aralashuvi orqali ta’minlanishi mumkin. 
O’tgan asrni 50 – yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xorrod, Ye. Domar, E. 
Xansan va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga 
harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosining yechimini ishlab chiqadi. 
“Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. 
Samuelson neoklassik va keynscha nazariyani ishlab chiqarishning optimal 
darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat 
qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq 
bandlikka erishilganda bozorning o‘zini – o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata 
boshlaydi.
XX asrning 60 – 70 yillarida yangi keynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. 
Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini 
cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. 
Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi. 
Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori 
sur’atlarini ta’minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish 
imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozi iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni 
bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot 
nazariyasidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va 
neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini bozor 
iqtisodiyotining asosi va uning muozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi.
Ular fikricha bozor o‘z – o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib qolaveradi, 
davlatning aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim. 
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi M.Fridmen o‘zining tadqiqoti 
negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan 
g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmenning fikricha pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin. 
XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo‘nalishida bir qator yangi oqimlar 
vujudga keldi. Ularning asosiylari qo‘ydagilar: 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish