11
farovonligiga olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning kamolatini
ta’minlaydi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular
o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi.
F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur
“iqtisodiy jadvalni” yaratadi. Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-ovqat
mahsulotlari, sanoat uchun xom-ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab
chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi
harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga renta
shaklida beradi.
Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga
tegishlii bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni
yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb hisoblaydi.
Fiziokratlardan boshlab klassik maktab iqtisodiyotda
takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlari moddiy boylik
va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va
iste’mol jarayonlarini o‘rganadi. XVII-XVIII asrda
Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari
bo‘lmish A.Smit, V. Petti, D. Rikardolar tomonidan boylik
faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy
ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi
hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda
mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatning o‘zini
tovar ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnati vujudga keltiradi.
Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi
mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-
1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy
rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish
deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida
tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini
umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida
qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat
tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab
chiqarishda nima ishlab chiqarilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. Boylikning
o‘sish shart-sharoitlari – mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir.
A. Smit qiymatning manbai mehnat deb hisoblaydi jamiyat rivojlanishi bilan
mehnat bilan birga kapital va yer ham qiymat manbai bo‘lib boradi, shu sababli
tovar narxi ish xaqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi
bilan jamiyatning barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi
vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi.
A. Smit tushunishicha qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatda ustun
tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘z manfaatini
shaxsiy iqtisodiy faolligi natijalarini faqat boshqalar bilan o‘zaro ayriboshlash yo‘li
bilan ro‘yobga chiqaradi. Shunday qilib, kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab, bir-birlari
Adam Smit (1723-
1790) iqtisodiy
fanning predmeti
jamiyatning iqtisodiy
rivojlanishi va turmush
favovonligini
o‘stirishni o‘rganish
deb hisoblaydi. U
«Xalqlar boyligining
tabiati va sabablari
to‘g‘risida tadqiqot»
(1776 y.) asarini
yozgan
Do'stlaringiz bilan baham: