M.M.Abdulxayeva Kimyo1 o’quv qo’llanmasida Aldegid va ketonlar
mavzusi alohida mavzu sifatida kiritilgan. Unda aldegid va ketonlar haqida
umumiy tushunchalar berilgan. Aldegid va ketonlarning tabiatda tarqalishi, olinish
usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Aldegid va ketonlarning asosiy xususiyatlari,
fizik xossalari haqida yetarli ma’lumotlar berilgan.
Aldegid va ketonlarning odatdagi sharoitda quyi vakillari gaz, o’rta vakillari
suyuq, yuqori vakillari qattiq holida bo’lishi haqida ma’lumotlar berilgan. Aldegid
va ketonlarning tuzulishiga ko’ra organizmda bajaradigan vazifasiga ko’ra,
tarkibiga ko’ra turlari va ularga misollar keltirilgan. Aldegid va ketonlarni birbiridan farqlash uchun sifat reaksiyalari keltirib o’tilgan.
Baqo Umarov “Organik kimyo”2 o’quv qo’llanmasida Aldegid va
ketonlar mavzusi alohida mavzu sifatida kiritilgan. Unda aldegid va ketonlar
haqida umumiy tushunchalar berilgan. Bu kitobda aldegid va ketonlarning har
biriga alohida ta’rif berilgan va ularni farqlovchi umumiy formulalar keltirib
o’tilgan. Aldegid va ketonlarning tabiatda tarqalishi, vakillari, izomeryasi, olinish
usullari, kimyoviy va fizik xossalari haqida ma’lumotlar berilgan. Olinishi va
1 Abdulxayeva M.M. Kimyo oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb hunar kollejlari
uchun qo’llanma. Toshkent “ Tib kitob” nashriyoti 2011-y
2 Umarov B. “Organik kimyo” Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik. - T.: “Iqtisod-Moliya”
2007.
14
kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar sayozroq berilgan, yani aldegid va
ketonlarni olish uchun kerak, bo’ladigan sharoit va reaksiyani mexanizmlari
ko’rsatib o’tilmagan. Qo’llanilish sohalari va ayrim vakillari haqidagi ma ‘lumotlar
berilmagan. O’quvchilar bu kitobni o’qiganda aldegid va ketonlarning qo’llanilish
sohalari va ayrim vakillari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lmaydilar.
Z.Sobirovning “Organik kimyo”1 darsligida Aldegid va ketonlar
mavzusida aldegid va ketonlarning izomeriyasi, nomenklaturasi, olinish usullari,
fizik xossalari, kimyoviy xossalari haqida ma’lumot berilgan. Ayniqsa kimyoviy
xossalari, oksidlanishi, almashinish reaksiyalari, birikish reaksiyalari, Kannitsaro
reaksiyasi, P. Tishenko reaksiyasi juda keng yoritilgan. Aldegid va ketonlarning
ayrim vakillari ularning ishlatilishi haqidagi ma’lumotlar yetarlicha ma’lumot
berilmagan. O’quvchi bu kitobni o’qish mobayniga aldegid va ketonlarga xos
muhim ma’lumotlarni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |