Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir.
1-BOB. TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.
1.1 HAMKORLIKDA O’QITISH METODIKASINING RIVOJLANISH TARIXI.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- talabalar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- talabalarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- talabalarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Eng avvalo,pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan
Shulardan biri hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalangan holda darslarni loyihalashtirish haqida fikr yuritamiz.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.
Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.
Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Наr bir metod ma`lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
didaktik maqsad asosida;
ta’lim mazmuni asosida;
o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang`ich sinflardan yuqori sinflariga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlari qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarini qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasini bog`liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralariga sabab bo’layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma`lum», — ekanligini ta`kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, — «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g`oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish — favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak»1.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamga kelinmagan. Ushbu o’rinda, ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi.
O’qitish metodlarining ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lganligi uchun, ularni bir nechta asoslarga ko’ra guruhlash mumkin:
O’qitish metodlarini ularning uzatish manbalari va
axborotlarni qabul qilish xarakteriga ko’ra guruhlash (so’z
vositasida o’qitish, ko’rgazmali va amaliy o’qitish metodlari) mumkin ( S.I.Petrovskiy, Ye.Ya.Golant).
Ta’limning mazkur bosqichida hal etilishi mumkin bo’lgan didaktik vazifalarga ko’ra guruhlash mumkin:
M.A.Danilov va B.P.Yesipovlarning qarashlariga ko’ra
Bilimlarni egallash metodlari.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.
Bilimlarni qo’llash metodlari.
Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari
Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilar bilish
faoliyatining xarakteri bilan bog`liq o’qitish metodlari:
I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlarning qarashlariga
ko'ra
Izohli — tasvirli.
Reproduktiv.
Evristik yoki qisman – izlanuvchan muammoli bayon
Tadqiqotchilik
5-chizma.Та‘lim metodlarining tasnifi
Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko’pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo’lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o’qish metodlari ajratiladi:
M.I.Maxmutovning binarli ta’lim metodlari
Ta’lim metodlari
1. Axboratli – ma’lumotlar.
2. Tushuntiruvchi.
3. Yo’riqli – amaliy.
4. Tushuntirish – undovchi.
5. Undovchi.
O’qish metodlari
1. Bajaruvchi.
2. Reproduktiv (nomahsul).
3. Produktiv (mahsuldor) – amaliy.
4. Qisman izlanuvchi.
5. Izlanuvchi.
Axborotli-ma'lumotli va bajaruvchi.
Tushuntiruvchi va reproduktiv (nomahsul).
Yo'riqli-amaliy va produktiv (mahsuldor)-amaliy.
Tushuntiruvchi-undovchi va qisman izlanuvchi.
Undovchi va izlanuvchi.
12- chizma. Та `lim metodlarining tasnifi
Shunday qilib, juft (binar)li metodlar vujudga keldi:
4. O’qitish metodlarini o’rganish o’qish metodlari bilan
bog`liq holda guruhlanadi:
Axborot-umumlashtiruvchi va bajaruvchi.
Tushuntirish-reproduktiv.
• Instruktiv-amaliy; tushuntirish-qo’zg`atuvchi va qisman izlanuvchi.
5. Bir vaqtning o’zida uzatish manbai va mantiqiy asosiga ko’ra (N.M.Verzlin); uzatish manbai va o’quvchilarning o’quv faoliyatidagi mustaqillik darajasiga ko’ra (A. N. Aleksyuk, I. D. Zverev) tavsiflanadi.
O’qitish metodlarini bunday turlicha guruhlashga yondashish ular to’g`risidagi bilimlarni differentsiyalash va integratsiyalashning tabiiy jarayonini ko’rsatadi.
Odatda o’qitish metodlarini tanlash va qo’llash vaqtida quyidagi kabi bir qator pedagogik talablarga rioya qilish zarur:
1.O’qitish metodlari ta’lim prinsiplariga mos kelishi kerak.
2.O’qitish metodlari ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalariga bog`liq holda tanlanishi zarur.
3.O’qitish metodlari ta’lim mazmuniga, o’tiladigan material xarakteriga ko’ra tanlanadi.
4.Ushbu metodlar o’quvchilarning bilish, o’quv imkoniyatlariga mos kelishi (yoshi, jismoniy, ruhiy)ga; tayyorgarlik darajasiga, sinf jamoasining o’ziga xosligiga ko’ra tanlanadi.
5.Mazkur sharoit va o’qitishga ajratilgan vaqtga bog`liq.
6.O’qituvchining imkoniyatlariga ya’ni, to’plagan tajribasi, nazariy va amaliy tayyorgarligiga, shaxsiy va kasbiy sifatlariga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |