Dxarma Muqaddas bitiklarda keltirilgan nasihatlarga muvofiq ravishda o‘z burchini bajarish, to‘g‘ri yo‘ldan yurish
Moksha samsaradan qutulish
Induizm hayot an’anaviy ravishda to‘rtta ashram (davr yoki bosqich)ga bo‘linadi.
Braxmacharya – hayotning birinchi bosqichi, barcha noz-nematlardan voz kechgan shogird monax kabi faoliyat yuritadi, asosan guruning xizmatida bo‘lib, undan ma’naviy bilimlarni egallaydi
Grixastxa – oilaviy hayot, ish. Bu ashramda kama va artxining purushartxisi amalga oshiriladi. Oilali-hinduistning burchi o‘z ota-onasi, farzandlari, mehmonlar va muqaddas insonlarni qo‘llab-quvvatlashi hisoblanadi.
Vanaprastxa – barcha ishlardan uzoqlashish va tarkidunyo qilish. Bu bosqichda barhca moddiy majburiyatlar balog‘atga yetgan farzanlarga o‘tib, asosiy vaqt ruhiy amaliyotga va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishga qaratadi.
Sannyasa – hayotning so‘nggi bosqichi, moddiy hayotdan to‘la uzoqlashish
Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.
Eng Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyatga asoslangan quldorlik davlati edi. Eng Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo`shinga tayanib ish olib borgan. Qadimgi aholi boy-badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o`rtahol dehqdn va ziyolilardan iborat o`rta tabaqaga hamda kambag`allar, qashshqqlar va qullarga bo`lingan. Milloddan avvalgi 5 ming yil oxiri 4 ming yillikda Hind daryosi vodiysida sun’iy dehqonchilik vujudga kelgan 4 ming yillik oxiri – 3 ming yillik o’rtalarida Hind vodiysida eng qadimgi Hind madaniyati tashkil topdi. M.av. 2 ming yillik o’rtalarida Hindistonda Oriy qabilalari kirib keldi. Oriylar o’zlari bilan temir, ot va tuyani olib kirdilar. M.av. VI asrgacha shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq mayda davlatchalar bo’lgan. Davlatchalar o’rtasidagi kurashda Magatha g’olib kelgan.
Magatha davlati Minbasara davrida ancha kengaygan. Ajattashatru davrida esa Gang vohasi markaziy Hindiston markaziy davlaga birlashgan. M.av. 345 yil Nand sulola asoschilaridan biri Ugrase Magathani egallab oldi. M.avv VI-IV asrlarda Panjob viloyatida tarqoqlik hukm surgan. Yunon – Makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashiga Chandra Gupta boshchilik qilgan. U Magatha taxtini egallab m.av. 317 – 298 yillari podsholik qilgan. Manrea davlatiga asos solgan. Poytaxti Patalaputra.
Chandra Guptaning o’g’li Bindusara (293-268) va Ashoka (268-231) davrida Hindiston qudratli davlatga aylandi. M.avv. 180 yili Mauria sulolasining so’ngi podshosi o’ldirildi. Milodning III asrida Magatha yana kuchaydi. Uning asoschisi Gupta bo’lgan Guptaning nabirasi Chandra Gupta I davrida (320-335) Magatha ancha kuchaydi. Uning o’g’li Samudra Gupta (335-380) Ximolayda Madras va Kanchi shaharlarigacha bo’lgan yerlarni bosib oldi. Chandra Gupta II (380-415) Hind osiyodagi eng kuchli davlatga aylandi. VI asrga kelib Guptalar davlati yana mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Shu bilan Hindistonning qadimgi davri tugadi.
Mohenjon-doro – Hind daryosi o’rta qismida joylashgan 270 gektar yer maydoni bu shahardan xom va pishiq g’ishtdan qurilgan binolar va shahar yo’llari topilgan. Yo’llarga g’isht yotqizilgan. Shaharga korizlardan suvlar kelgan va chiqindi suvlar chiqarib tashlangan. Boy kishilarning uylari, ibodatxona, qal’a va boshqa binolar ikki uch qavat qilib qurilgan.
Harappa – Panjob viloyatida joylashgan arxeologlar bu yerdan besh yuzga yaqin yodgorliklar topishgan. Shaharga quvurlar orqali suvlar kelgan kanalizatsiya tizimi bo’lgan. Shaharda suv saqlash uchun pishiq g’ishtadan koriz va quduqlar qurilgan. Umuman aytganda shaharda me’morchilik, zargarlik, kulolchlik, toshtaroshlik qurolsozlik ancha rivojlangan. Harappa va Mohenjon-doroliklar uncha katta bo’lmagan kemalarda daryo va dengizlarda suzganlar.
Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg`oqchilikdan qo`rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni surlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg`oqchilik poyoniga yetibdi.
Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig`inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o`xshash donishmand Ganesha bo`lgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo`la olmasdi.
Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko`chib o`tishiga e'tiqod qilishgan. Ular, vafot etganidan keyin odam baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanib qolishi esa uning bu hayotdagi xatti-harakatlari va amallariga bog`liq.
Hind kastalari. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug`ullanishiga qarab to`rt guruhga ajratilgan edi. Bu guruhlar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar — braxmalar, jangchilar — kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar — vayshyalar, xizmatkorlar va qullar — shudralar.
Hindlarning e'tiqodicha, kastalardan har birini oliy xudo Braxma o`z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo`llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari kastasiga mansub deb topilgan. Bir kastadan boshqasiga o`tishning ham iloji bo`lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o`rtasida nikohga ham yo'1 qo`yilmagan. Kastalardan birortasiga ham mansub bo`lmaganlar esa alohida maqomga ega bo`lishgan. Bundaylarni "chandal", ya'ni "hazar qilinadiganlar" deyishgan. "Chandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun "chandallar" maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi.Hindlar dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to'qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo'li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko`p joylaridan savdo omborxonalari va do`konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu, Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo`llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig`ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan. Temuriylar sulolasining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan, siyosatchi, adib, shoir va olimdir. U Hindistonda buyuk Boburiylar davlatiga asos soldi, mamlakatning madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Hindistonda Bobur bir qancha imoratlar, bog‘lar va ko‘priklar qurdirgan. Uning bunyodkorligi avlodlari tomonidan davom ettirilgan. Shu bilan Hindiston san’atiga va me’morchiligiga Markaziy Osiyo Temuriylar uslubining kirib kelishi yaqqol sezila boshlandi. Boburiylar davri arxitekturasi mahobati, bezaklarning boyligi, musulmon me’morchiligi va hind saroy arxitekturasi an’analarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Qadimdan shu kungacha Hindistonda Bobur mirzodan uchta maqbara saqlanib qolgan. Bular: Panipatdagi “Qobuliy bog‘” va yana ikki masjid: ulardan biri Sambhalda, ikkinchisi Ayodhiyadan qad ko‘targan. Ularning paydo bo‘lishida Boburning o‘zi va aqoriblari rahnamolik qilishgan. Panipatdagi “Qobuliy bog‘” masjidi Hariyana shtatida joylashgan bo‘lib, ushbu masjid qurilishi 1528-yilda tugallangan. Masjidning markaziy qismida qiblaga qaratib qurilgan peshtoq qad ko‘tarib turibdi. Masjid mehrobi toshdan terilgan, inshootning qolgan devorlari g‘ishtdan tiklangan bo‘lib, sirti suvoqlangan. Oq marmarga bitilgan Qur’on oyatlari yozuvi 1527–1528-yillarga mansub. Qurilish chog‘ida hind ustalari ayrim mahalliy me’moriy uslublarini ishlatganiga qaramay, “Qobuliy bog‘” masjidining umumiy me’morchiligi Samarqanddagi “Bibixonim” me’moriy majmuasiga yaqin. “Sambhal” masjidi esa shu nomli vohada Dehlidan 140 km uzoqlikda joylashgan. O‘sha davrga oid hind miniaturalaridan birida Bobur Mirzo ot mingan holda “Sambhal” masjidini eslatuvchi minora qarshisida tasvirlangan. Ram Rathning guvohlik berishicha, inshootdagi uch yozuvdan bittasida quyidagi jumlaga duch kelish mumkin: “Bobur farmoni bilan bu masjid qurilishi uning aqoribi Mir Hindubek tomonidan hijriy 933, milodiy 1526-yilda boshlandi. Bizgacha saqlanib qolgan Bobur Mirzo masjidlaridan uchinchisi 1527–1529-yillarda Fayzobod nohiyasida Ayodhiya qishlog‘ida, Ghagahra daryosi sohilida Boburning a’yonlaridan biri Mir Boqiy toshkandiy tomonidan tiklangan. Markaziy qubbadagi yozuv tarjimasiga tayangan holda Ram Rath ta’kidlaydiki, mamlakat hukmdori Bobur ushbu masjid tiklanishida shaxsan rahbarlik qildi. Bundan tashqari Boburning avlodlari tomonidan ham ko‘plab imoratlar qurilgan. Xususan, bulardan biri Toj Mahaldir Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib vafot etganidan keyin uning o‘g‘li Akbar Bobur singari balog‘atga yetmay turib Hindiston taxtiga o‘tirdi va mamlakatni 50 yil boshqardi. Hind qiziga uylandi. Ajoyib ishlarni olib bordi. Boburning evarasi Shoh Jahon qurdirgan “Tojmahal” maqbarasi yuz yillardan buyon jahon xalqlari e’tiborini “yeti mo‘jizaning biri” sifatida o‘ziga tortib turibdi. Xalqning Shoh Jahonni Xazrati Jahon, Bahodir Shohjahon, Shohjahonobod atamalari bilan yodga olinishining boisi ham ana shundadir. Shohjahon tarix giganti hisoblanadi. Uning ulkanligi urushlari, g‘alabalari bilan emas, balki buyuk san`at obidalari bilan belgilanadiki, bular shu paytgacha kishini hayratga solib kelmoqda. Bu o‘lmas san’at va me’morchilik obidalari jumlasidan Dehlidagi “La’l qal’a, uning ro‘parasidagi masjidi jome, Agradagi Toj Mahal maqbarasidir. La’l qal’aning devorlari qizil toshlardan terilgan. Uning ichida juda ko‘p bo‘limlar bo‘lib, ular podshohga, uning ayollariga, yaqin kishilariga, askarlariga, podshohning xususiy va umumiy majlislariga mo‘ljallangan. Masjid esa qurilish olamining tuhfasi hisoblanadi. Uning nomi Masjidi Lu’lu, ya’ni durdona masjid bo‘lib, eng toza, sof marmarlardan qurilgan. Mazkur qal’a Agrada Akbar qurgan la’l qal’a singari Jamna daryosining bo‘yiga qurilgan. Uning tashqi ko‘rinishi ham Agradagiga o‘xshaydi. Bu qal’a doimo boburiy podsholarining oromgohi bo‘lgan. Inglizlar oxirgi boburiylar podshohi Bahodirshohni u yerdan chiqarib, egallab olishgan. Inglizlar Hindistondan chiqib ketmagunlaricha, bu qal’ada bo‘lishib, o‘zlaridan keyin ko‘p buzg‘unchilik ishlarini qoldirib ketishgan. 1637-yilda Dehlida Shohjahon tarafidan qurilgan bu hashamatli qasrning inglizlardan keyin ba’zi qismlari qolgan. Lekin shunga qaramay dunyoning eng go‘zal binolaridan hisoblanadi. Hind hukumati keyinchalik bu yerda muzey tashkil qilgan. Qal’aning keng hovlisida esa hukumat oxirgi paytlargacha o‘zining ba’zi rasmiy kechalarini o‘tkazgan. Bu kechalarga faqatgina chet eldan kelgan mehmonlar taklif qilinadi. Masjidi jome Hindistonda sulton tomonidan qurilgan eng katta masjid hisoblanadi. Uning aksariyat qismiga tom yopilmagan, vudu’ uchun katta hovuz qurilgan. Masjid g‘arbiy qismining tomi bor, yerlari va devorlari toza marmar bilan bezatilgan. Uning behisob ustunlari va devorlari nihoyatda murakkab naqshlar bilan bezatilganki, bu ishlarga qanchalik ko‘p mehr va san`at sarf etilganligini gapirmasa ham bo‘ladi. Shohjahon uning qurilishiga 1660-yilda buyruq bergan va u 6 yilda qurilgan. Iqlim amirlari bu qurilishga tosh yuboraman deb deb talashishgan. Masjidning uchta eshigi bo‘lib, Sharqiy katta eshik qal’a tarafga qaragan. Shimoliy eshik va uning ro‘parasida janubiy eshik. Unga ko‘p zinalar orqali chiqiladi. 1857-yilgi inqilib paytida inqilobchilar shu yerda to‘planib olishgan, inglizlarga qarshi xitoblar o‘qilgan. Shuning uchun inglizlar Dehlida inqilobchilar ustidan g‘alaba qozonishgandan so‘ng, masjidni ham egallashgan va u yerda namoz o‘qishni man etganlar. Bu ishlar 1862-yilgacha davom etgan. Toj Mahal ta’bir qilib bo‘lmaydigan darajada me’moriy yodgorlik bo‘lib, Shohjahon uni atayin o‘zidan keyin dunyo mo‘jizasi bo‘lib qolsin deb qurdirgan. Aynan shu bino aslida suyukli xotini Mumtoz Mahal (Archamand Bonu) ni dafn qilishga mo‘ljallangan. Bizga Bobur va Boburiylardan ulkan meros qolgan. Boburiylar qoldirgan bebaho meros bu ular bunyod etgan inshootlardir. Bugungi kunda Hindiston, Pokiston va Afg‘onistonda Bobur, uning avlodlari tomonidan qurilgan ko‘plab obidalar dunyo jamoatchiligi e’tiborini qozonib kelayotir. Xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ilm-fan sohasidagi yaqinlik buyuk ajdodlar qurdirgan imoratlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal’a, “Ko‘hna qal’a, Agradagi Toj Mahal” va Akbarshoh maqbarasi kabi majmualar Hindiston va O‘zbekiston umumiy tarixi, madaniy an’analari haqida so‘zlaydi. Tarixdan ma’lumki, temuriylar buzg‘unchi emas, balki quruvchi, yaratuvchi bo‘lgan. Yuksak aql-idrok, bukilmas iroda va g‘ayrat-jasorat egasi bo‘lmish Zahiriddin Muhammad Bobur Afg‘onistonda va Hindistonda qurilish, obodonchilik, bog‘dorchilik ishlarini olib bordi. Yirik suv inshootlari qurdirdi, maktablar ochdi, xalq farovonligi, madaniyat va iqtisodiyotning yuksalishiga keng imkoniyat yaratdi. Ezgulik yo‘lidagi yaxshi ishlari bilan afg‘on va hind xalqlari o‘rtasida shuhrat qozondi, tabarruk nom qoldirdi. 1526-yil Boburning janglarda toblangan 20 ming qo’shini Afg’onistonning tog’li yo’llari orqali Hindistonga yurish qildi. Hind rojalari birlasha olmadilar va Bobur qo’shiniga qarshilik qilishga ojizlik qildilar. Uning qo’shini artelleriyada kata ustunlikka ega edi. Shu ustunlik, ajoyib sarkardalik mahorati va jangdagi uddaburonlik tufayli Bobur qisqa vaqt ichida Shimoliy Hindistonning katta qismini o’ziga buysundirdi. 1526-yil 21-aprelda Panipat yaqinidagi jangda sulton Ibrohim qo’shinlarini tor-mor qildi va Dehlini egalladi. Boburni taxtga taklif qilgan saroy ayonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchi edilar xalos. Bobur Dehli taxtida uzoq o’tirmaydi, olgan o’ljalari ko’rsatgan yordami uchun yetarli, deb hisoblashgandi. Boburning Dehli taxtida uzoq qolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar. 1527-yil 13- martda bo’lgan jangda Bobur ular ustidan g’alaba qozondi.
"Boburnoma"da joy nomlari toponimikasi haqida so'z yuritar ekanmiz, asarda uchraydigan toponimlar ular ifodalagan obyektlarning turiga koʻra bir necha guruhga boʻlinishini ta'kidlab o'tamiz. Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari – oykonimlar tashkil etadi. Oykonimlar: 1) mamlakatlar nomlari — Afgʻoniston, Hindiston, Arabiston, Moʻgʻuliston, Iroq, Ozarbayjon, Misr, Xitoy, Xuroson; 2) shaharlar nomlari — Dehli, Gʻazna, Qobul, Mashhad, Banoras, Urganch, Toshkand, Andijon, Kesh, Sayram, Xoʻjand, Qarshi, Buxoro; 3) qishloq va kentlar nomlari — Muhammad ogʻa kenti, Hoʻdak kenti, Beshkent, Qulba kenti, Archakent, Yorkand, Navkand, Dehi Gʻulomon, Yettikent, Dehi Afgʻon; Oronimlarni qanday obyekt nomini bildirib kelishiga koʻra bir necha guruhga tasnif etib oʻrganish mumkin. Togʻ nomlari: Olatogʻ, Capetogʻ, Olgʻtogʻi, Mehtar Sulaymon togʻi, Murgʻon togʻi, Shovdor togʻi, Shunqorxona togʻi, Kirmosh togʻi, Xoja Ismoil togʻi singarilar. Baʼzan bu xil nomlar tarkibida ―togʻ‖ maʼnosini ifodalovchi tojikcha ―kux‖ .suzi katnashgan Anbarkuh Barokux Domankuh Kuxi Jud, Kuxi Safid, Kuxisof, Kuxpor kabilar. Kutal nomlari — Anbaxor kutali, Bodi kutali, Gunbazak kutali, Kutali Zarrin, Oqqutag. Sangdoki kutali, Karokuba kutali. Dara nomlari: Darai Boy, Darai Bot,. Darai Gaz, Darai Zang, Darai Zindon, Darai Hyp, Darai Suf, Darai Xush, Kamrud darasi, Pashgroi darasi, Puromin darasi, Tutumdara, Obdara. Dovon nomlari — Itmak dovoni, Kandislik dovoni, Muxammad pix dovoni. Bobur ―Boburnoma‖da oronimlar xaqida toʻxtalganda oʻsha togʻ, dara, kutallarning joylashgan oʻrni, foydali qazilmalari, oʻsimliklar va hayvonot olami, yoʻllari, iqlimi, gidrografiyasiga oid muhim maʼlumotlarni keltirib oʻtadi. Chunonchi, Xoʻjand yaqinida joylashgan togʻ xususida shunday deb yozadi:, ―…daryoning shimol tarafida bir togʻ tushubtur, Munugip otliq, derlarkim, bu togʻda firuza koni va baʼzi konlar topilur. Bu togʻda bisyor yilon bor‖. ―Boburnoma‖ni oʻqir ekanmiz, unda koʻplab geografik nomlarning etimologiyasiga doir asosli ilmiy fikrlar bayon qilinganligini koʻramiz. Darhaqiqat, Bobur joy nomlarini tilga olganda, baʼzan ularning qanday maʼno anglatishiga, nima uchun shunday nom olganligiga eʼtibor beradi, bu haqda oʻz mulohazalarini kitobxon bilan oʻrtoqlashadi. Chunonchi, Boburning Kandibodom shahri nomining maʼnosi toʻgʻrisidagi fikri diqqatga loyiqdir. Konibodom xozirda Tojikiston Respublikasi hududiga qarashli boʻlib, Konibodom shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. Mahalliy aholining fikriga koʻra, Konibodom toponimi ikki qismdan: kon va bodom soʻzlaridan tarkib topgan boʻlib, ―bodom koni‖ maʼnosini bildiradi. Aslida mazkur oykonimik nomning birinchi qismidagi kon soʻzining ―koʻp, moʻl, serob maʼnosiga hech qanday aloqasi yoʻqligini, u aslida «kand‖ soʻzi boʻlib, ―shahar‖ maʼnosida qoʻllanganligi, binobarin, Kandibodom ―bodom shahri‖, ―bodomli shahar‖ maʼnosini anglatishini biz ―Boburnoma‖ mutolaasi orqali bilib olamiz. ―Boburnoma‖da Hindiston hududidagi Kashmir oykonimiga tubandagicha izoh berilgan: ―…bu togʻ elini Kas derlar. Xotirga yettikim, Hinduston eli «shin‖ni ―sin‖ talaffuz qilur. Chun bu togʻda moʻtabar shahr Kashmirdur, balki Kashmirdin oʻzga bu togʻda yana shahri eshitilmaydur. Bu jihattin boʻla olurkim, Kashmir demish boʻlgʻaylar». Darhaqiqat, geograf olim Hamidulla Hasanov taʼkidlaganidek ―kas‖ aslida ―kash‖ boʻlib chiqadi va Kashmir shu togʻdagi qabila nomi bilan bogʻliq oykonim hisoblanadi Bobur yana Hindistondagi Koʻhi Jud, Savo lak parbat, Afgʻonistondagi Shohi Qobul togʻlari haqida toʻxtalganda, ularning maʼnosiga eʼtibor beradi. Koʻhi Jud togʻida ellardan biri jud qabilasi yashaganligini aniqlaydi va bu togʻ shu qabilaning nomi bilan atalganligini eʼtirof etadi: ―Bu togʻni juda mansub qilib, Koʻhi Jud debturlar‖. Shohi Qobul oronimining kelib chiqishini shunday tushuntiradi: "Qalʼaning gʻarb-janub tarafi kichikraq parcha togʻ tushubtur Asarda uchraydigan bir qator joy nomlarining zamirida oʻzlashma qatlamga oid forscha-tojikcha, arabcha soʻzlar yotadi. Bunday toponimlar turli maʼnolarni ifodalovchi leksemalardan tarkib topgan. Garmchashma, Bogʻi kalon, Botsafid, Dugʻoba, Darbandi Oxanin, Koʻxiston, Sangzor, Chorju, Childoʻxtaron, Surxob, Regiravon, Obdara, Charmgaron, Soʻzangaron, Panjob, Miyoni Duob, Koʻhaq,Obi Rahmat, Puli Ravon, Zarafshon, Oxangaron, Koʻxpoya, Dahkat, Obburdon, Pulikoh,Puli Mirzo, Puli Ravon, Raboti Sarxang, Raboti Xoja, Sangi Buriyda, Saripul, Sarideh Siyaxsang, Surxob, Surx rabot, Tangob, Chilsutun, Chorsu, Shoxidon, Xisor, Xisori Firuza kabilar shunday toponimlar jumlasidandir.
XULOSA
Xulosa qilib ayatdigan bo'lsak, Zaxiriddin Muxammad Boburning mashhur ―Boburnoma‖si oʻlkamiz va undan tashqaridagi hududlar — Afgʻoniston, Hindiston mamlakatlaridagi joy nomlarini oʻrganishda boy material beruvchi muhim asar hisoblanadi. Unda keltirilgan toponimlarning turlari, maʼnosi, kelib chiqishiga oid fikrmulohazalar gʻoyat qimmatli ahamiyatga ega.
REFERENCES
1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. – T.: ―Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi‖ davlat ilmiy nashriyoti. 2002. I tom, 736 b. 2. Zahiriddin Muhammad Bobur Ensiklopediyasi. –T.: ―Sharq‖ .2014. 665 b. 3. Qudratullayev H. Bobur armoni. – T.: ―Sharq‖ nashriyoti, 2009. 4. Jalilov S. Bobur va Andijon. – T.: ―Oʻzbekiston‖ nashriyoti, 1993. – 102 b. 5. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. — Toshkent.: "O'qituvchi". 2017
Amir Temur davlat arbobi va askarboshilik faoliyati ikki davrga bolish mumkin: 1 Temurning Chig‘atoy ulusida hokimyatni qo‘lga kiritishi. Mo‘g‘ullar zulmini ag‘darib tashlab, mustaqil markazlashgan davlat tuzishi (1370-1380 yillar). 2 Imperiyani kengaytirish maqsadida o‘zga mamlakatlarni asoratga solish davri. Markazlashgan davlat tuzilgach, butun kuchini qisman mudofaa va istilo urushlariga burdi (1380-1405 yillar). Tez fursatda Xuroson va Eronni, Hindiston, Iroq, Suriya va Misrni, Rum va Kavkazortini bosib olib, o‘z davlati hududlariga qo‘shdi. 1398-yilning may oyida Temur 90 ming askar bilan Amudaryodan o‘tib Hindistonga yurish qiladi. Avgustda Kobul shahrini zabt etgach, olti oy mobaynida Mo‘ltonni qamal qilib turadi. Amir Temur: ,, Dastavval, farzandlarim va amirlarimning ko‘ngli, o‘y- filrlarini bilish uchun ularga maslahat soldim‘‘. Amirzoda Pirmuhammad Jahongir:,, Agar Hindistonni olsak, uning oltinlari bilan butun yer yuzini egallaymiz‘‘, - dedi. Amirzoda Muhammad Sulton esa:,, Hindistonni olamiz-u biroq to‘siqlar bor: birinchisi- daryolar, ikkinchisi- o‘rmon to‘qaylar, uchinchisi- to‘liq qurollangan sipohiylar va odam ov qiluvchi quturgan fillari ko‘p‘‘,- dedi. ... Men bo‘lsam, ya‘ni Amir Temur shundy deydi, Hindistonga yurish uchun himmat kamarini belga bog‘laganimdan o‘z azmu jazmimdan vos kechishni istamadim va shunday javob qildim. ,,Tangri taologa o‘tinch bilan murojaat qilaylik. Jang qilish yoki qilmaslik haqida Qur‘ondan fol ochaylik, toki tangri taolo neni buyursa shunga amal qilgaymiz”. Hammalari meni taklifimni maqullashdi. Qur‘oni majiddan fol ochsam, ushbu ulug‘ oyat chiqdi: ,, Ey payg‘ambar, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jang qilgil “ . Kobulga o‘ttiz ming jangovar otliq askar bilan turgan amirzoda Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog‘i orqali yurib, Sind daryosiga o‘tgach, Mo‘ton viloyati ustiga to‘satdan bosqin qilib, uni zabt etishni buyurdim. Sulton Muhammadxon, amirzoda Rustam va boshqa amirlarga o‘ttiz ming barong‘or otliq bilan Sind daryosidan kechib o‘tib, Kashmir tog‘ etagidagi yo‘ldan yurib, Lohur viloyatida qo‘qisdan bostirib kirishni buyurdim. O‘zim o‘ttiz ming g‘ulning otliq askarlari bilan boldim ... Badaxshon chegarasidagi Andarob degan joyga kelib tushdim. Bu yerdabir necha kun turib Katur tog‘ida istiqomat qilib turgan kofirlarni yengib, jazo berganimdan so‘ng dor ul- xarb bo‘lmish Hindiston g‘azotiga yuzlandim. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 687 www.ares.uz Lashkar hech qayerda qarshilikka uchramay, Kvita sultonligi hududiga yetdi. Sulton Abdulloh Voli al-Mulk soch soqoli oqargan, ulug‘ yoshdagi odam edi. Sultondan Dehliga borish yo‘lini so‘radim. U:,, Multon yo‘liga borasiz. Hindiston Multondan keyin boshlanadi. Dehliga borguncha yo‘lingiz ustida uchta buyuk qal’a uchraydi – Maratx, Luni, Jumba. Ularni egallasangiz Dehliga qadam qo‘ydim deyavering”. Temurbek 1398-yil Multondan jo‘nab changalzorga yetishganda changallarga daraxtlar ustida chinqirayotgan minglab maymunlarlarni ko‘rishdi. – Bu maymunlar orasida odamxo‘rlari ham bor. Changal oltinch kun tugab, oldinda botqoqliklar ko‘rindi. Nihoyat, Maratx qal’asi ko‘zga tashlandi. Qal’a oldi quruqlik. Ammo uning shimoliy va janubiy tomoni quruqlik. Temurbek chodirga lashkarboshilarni chaqirdi:,, Bu kungacha biz urushgan o‘lkalarda filni uchratmaganmiz. Filni urushga loyiq narsasi yo‘q, faqat jussasi katta, xartumi uzun. Bir qilich zarbi ila xartumini kesib tashlash yo jarohatlash mumkin. Urulgan qilich yoki nayza bilan filning qorni yoriladi‘‘. Marat qal’asi atrofi jang maydonini eslatar edi. Temurbek odat bo‘yicha qal’a boshlig‘i- qutvol Alashirga elchi yuborib, taslim bolishini taklif qildi. Rad javobini olgach, qal’ani qamal qilish ishlari boshlandi. Baland toqqa qurilgan qal’a devorlarini portlatish uchun naqab qazish lozim. Butun ko‘rinish burch solayotgan kabi ko‘rsatilib uy ichidan naqab kovlanib portlandi. Bu hiylani qal’adagilar sezmay, asosiy diqqatlarini burj qurayotgan binokorlarga qaratib, ularga manjaniqalarda tosh yog‘dira boshlashdi. Bu vaqtda esa Sher Bahrom Marvoziy boshliq muhandislar ikki tarfdan naqab qazish ishlarini bajarishdi. Qamalning qirqinchi kuni muhandis Sher Bahrom naqablar tayyorligi haqida axborot bergach, Temurbek erta tong bilan norox to‘ldirilgan naqablarning piligiga o‘t oldirishni buyurdi. Portlash shu qadar kuchli bo‘ldiki, xuddi zilziladek, atrof gumburlab larzaga keldi. Qal’aning ikki devori qulab tushdi. Movorounnahr lashkari qal’aga shiddatli hujum boshladi. Hindlar dasta-dasta bo‘lib taslim bo‘ldi. U mingga yaqin askarni qal’aga qoldirib, Luni qal’asi tomon yurishga amr qildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Oftob qiyomiga kelganda Luni qal’asi ko‘rindi. Bu qal’a ham Maratx kabi bir tepa ustida qurilgan edi. U qal’ani qamal qilishga lashkardagi eng yosh mingboshi Sad Vaqqosni yonladi. O‘zi asosiy qoshin bilan olg‘a yurish uchun qulay yo‘l izlagan G‘ur podshosi yigitlarini yubordi. ... U asta o‘z rejasini bayon qila boshladi. Luni qal’asi qamaliga bir qism lashlar qoldirildi. Qolganlar yana yolda davom etadi. Ammo dushman buni bilmasligi darkor. Shunday qilish lozimki, go‘yo barcha qo‘ahin qamal ishlari bilan band. Chodirlarni bari shu yerda qoladi. Qal’a qutvoli Kortor anoyi odam ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 688 www.ares.uz emas. Uni chalg‘itish qiyin . Shuning uchun darhol qal’a devorlari ostida naqab qazish ishlari boshlasin. -Bu yerda kim qoladi?- dedi shahzoda Xalil Sulton yonida o‘tirgan Shohrux Mirzoga nazar tashlab . – Bugun men tumanboshi unvoniga ko‘targan Sad Vaqqos, -dedi Temur. ... O‘n sakkiz yoshli bu yigit qachonlardir halok bolgan Temurbekning eski safdoshining o‘g‘li ekanligi va uni Sohibqiron o‘z farzandidek ardoqlashini sarkardalar bilishadi. Maratx va Luni qal’alar balandlikka qurilgan bolsa Jumba -Ilon qal’asi esa jilg‘ada ekan. Movorounnahr lashkarlar qql’a ostida hali hech ko‘rmagan manzaraga duch keldi. Hisor ustida erkaklar emas xotinlar yuribdi. ... Qal’a atrofida suvsiz bir xandaq . Ko‘prigi buzib tashlangan. Temurbek bu manzarani ko‘rib bir qarorga keldi. ...Qal’a atrofida chodirlar tikilsin. ... Xufton nomozini o‘qigan Temurbek istirohat uchun chodirga kirdi. ... O‘rdagoh janubi tarafdan qandaydir tovush eshitildi. ... - Ilonlar, ilonlar! Har yoqdan o‘rmalab kelayotgan ilonlar mash’ala nuridan ko‘zga tashlandi. ... Ilonlar chor atrof yorug‘oda orqaga qochishga tushishdi. Yuzlab gazandalar chopib tashlandi. Tong otganda tayyorlangan narvonlar devorlarga tirkaldi. Hujum boshlandi. Hisor ustida xotinlar ko‘rinmadi. Sarbozlar qatori Temurbek ham qal’a ichiga tushdi. Hisor bilan uylar orasida bo‘sh maydon ko‘rindi. Qal’a ichida sakkiz joyda mavjud buday bo‘sh maydon nimaga hizmat qiladi? Bo‘sh maydonda chayonlar ko‘rindi. ... Chayonlar maydonining boshqa tarafida xotinlar ko‘rindi. Ma’lum bo‘lishicha qal’ada erkaklar yo‘q, xotinlar Vishnu xudosiga sig‘inadigan Braxma jamoatiga mansub. Ilonlarni ular qo‘yib yuborishgan. Temurbek amri bilan porux – borud solingan ko‘zachalar odamlar ustiga otila boshladi. Xotinlar faryod solib taslim bo‘lishlarini bildirishdi. Portlashlar ilonlarni parchalabgina qolmay xotinlarga ham daxshat solgan edi. Sulolaning songgi vakili Mahmud Xalloj ayni paytda Malu Eqbol qo‘lida tutqin! U Dehli hokimiyatini Xallojdan tortib oldi. Men o‘sha yega borib uni mavh etmoqchiman. ... Men Dehlidagi vaziyatdan bexabar edim. Faqat Malu Eqbol bu xabarni eshitib, Mahmud Ikkinchi nomi bilan dong taratgan Mahmud Xallojni tutqunlikdan ozod qilib, menga qarshi birgalikda birgalikda kurashga chaqirganligini, Mahmud Xalloj bu taklifni qabul qilib, kuchlarini birlashtirganidan xabarim yo‘q edi. Men Dehli devorini bugungi ahvoli haqida so‘ramoqchi edim, Ebdala Gilzeyi yetarli ma’lumotga ega emasligini, ammo devor juda pishiq mustahkam ekanligini, porox portlagichlarga ham bemalol dosh berishini aytdi. Men tong chog‘i Dehli devorlariga yetib oloshni mo‘jallagandim. O‘sha choqqacha o‘g‘lim Sa’ad Vaqqosning ayanchli taqdiridan bexabar edim. Avvalo, Dehli ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 689 www.ares.uz qal’a devorining o‘lchamlari haqida ma’lumot olmoqchi bo‘ldim. Bo‘rttirma so‘zlardagidek 50 zar’ga yaqin emas ekan. Mening taxminimcha, Dehli muhofaza devorlarining balandligi 12 zar’dan ortiq emas. Yulduzlarga qarab bildimki, tong otishiga bir soat vaqt bor. Ozgina dam olay deb o‘rnimga cho‘zildim. Biroq ko‘zim ilg‘ar-ilg‘amas tos- to‘polon boshlandi. Qal’adagilar qarorgohimiz tomon ulkan toshlarni yog‘dirayotgan edi. ... O‘sha kuni devor ustida tosh otish moslamalari yo‘q edi. ... Zudlik bilar lashkarlarimni xavfsiz joyga ko‘chirish harakatiga tushdim. Yangi qarorgohni qurib bo‘lishim bilanoq, sarkardalarimni kengashga chaqirdim. Men dedim:,,Shahar atrofi suv to‘la xandaq bilan o‘ralgan va biz undan o‘ta olmaymiz. Xandaqlar ostidan yer osti yo‘lagini kavlash o‘ta mashaqqatli va ko‘p vaqtni talab qiladi‘‘,-deya Sher Bahromga yuzlandim. Sher Bahrom dedi: ,, Ey, Amir Temur, yer osti yo‘lagini qazish uchun xandaqda suv bo‘lmasligi kerak-uni quritishimiz lozim. ... agar xandaqqa qo‘yilgan suvning yo‘li to‘silsagina uni quritish mumkin bo‘ladi‘‘,- deb javob qildi. Bizning duradgorlarimiz beshta ulkan tosh uloqtiradigan moslamalarni yasab, xandaqning qurilish ishlari borayotgan qismida o‘rnatishdi. Biz ham qal’a devorlariga tosh uloqtirishni boshladik va qal’a himoyachilari zarbalarini bir muncha yumshatishga erishdik. Shundan keyin ish tezlashdi va xandaqning biz uchun muhim bo‘lgan qismini ham to‘dirdik. Shu ish oxiriga yetgach, Sher Bahrom boshchiligidagi ustalar yer osti yo‘llarini kavlash ishlarini boshlab yuborishdi. Bir kun u qoshimga kelib yo‘lak tayyor bo‘lganini aytdi. Sher Bahrom portlash joyini biz qoldirgan ko‘priklarning to‘g‘risidan belgiladi. Shaharga birinchi bo‘lib kirishni chetin jangchilariga buyurdim. Avval ham aytganman, chetinlar mening qoshinimdagi eng zo‘r jangchilar edi. Shuningdek extiyotkorlikni qo‘ldan bermay, chetinlar ortidan betakror qurollarini mohirlik bilan ishlatadigan Ebdala Gilzayi jangchilarini qo‘yishga qaror qildim. ... Shahar devorlari ostida o‘rnatilgan poroxni portlatdik. Chetin jangchilari hosil bo‘lgan guzardan shaharga yopirilib kirdi. ... Chetin jangchilarining qilichi ham, Gilzayn odamlarining qarmoqsumon qurollari ham dushmanning himoyasi oldida ojiz qolgan edi. Kun yarmoda hindular o‘zlarining jangovar fillarini maydonga tushurdilar. Jangchilarimga o‘sha buzulgan joyda chuqur kavlashni buyurdim. ... Shundan so‘ng shaharning janubiy qismi tomon yurdim. Dushmanning janovor fillariga qarshi kurash avjiga chiqdi. Jang davom etar ekan, men kuyovim Qora Xonni chaqirib, mening ixtiyorimga 500 nafar ko‘ngillilarni yuborishni buyurdim. ... Shu qadar jahdu jadal bilan olg‘a intilar edikki, ko‘p o‘tmay darvozaga yaqinlashdik, oraliq masofa 20 zar’: Endi yo‘limizda fillar yo‘q edi. ... Dushman jangchilarini bitta qoldirmay yer tishlatib, shaharga yorib o‘tdik. Biz oxir-oqibat shaharning nisbatan tinch, osoyishta hududiga chiqdik. Agar chap ko‘zimga qon oqib ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 690 www.ares.uz tushmaganda, balki yaralanganimni sezmasdim ham. Yana ikki jarohat, old yelka va tirsakda hamda oyog‘im jarohatlangan edi. ... Shu paytgacha issig‘ida bilinmagan ekan. Shundan keyin nima bo‘ldi bilmayman. ...O‘zimga kelib qarasam, mening barcha jang liboslarim yechib olgan, ko‘zimning usti, qo‘l-oyog‘imdagi jarohatlarga malham qo‘yib bog‘langan edi. ... O‘sha paytda Qora Xon keldi va Malu Eqbol hamda Mahmud Xalloj hozirgina asir olinganini aytdi. Jangchilarimiz keragicha harbiy o‘ljani qo‘lga kiritgach, barchasini shahardan tashqariga olib chiqishibdi. Men uch kun Malu Eqbolni qarorgohida yashadim. ... huzurimizga Qora Xon tashvishli qiyofaga kirdi. Men undan buning sababini so‘radim. U javob qildi: ,,Amirim, jangchilarimiz allaqanday dardga chalina boshladilar, butun vujudida qaltiroq. ... Tabibni aytishicha, bu vabo emish‘‘. Ajablanarlisi shundaki, bu kasallik tub aholiga yuqmas ekan. Tabibimiz ham buning oldida ojiz edi. Qora Xon menga dedi: ,,Amirim, agar Dehlini tezda tark etmasak, tez orada qo‘shinga bir kishi ham qolmay qirilib ketadi. Ehtimol iqlim o‘zgarsa, kasallikdan batamom qutilamiz!”. Dehlidan chiqqanimizni uchinchi kunigacha navkarlarimizni orasida vabo bilan og‘riganlar va o‘lim holatlari bo‘lib turardi. Luni qal’asiga yaqin borganimizda qal’a devorlari ustidagi minoralarning birida osilib turgan inson gavdasiga ko‘zim tushdi. U huddiki puflab shishirilgandek edi. Garchi osilib turgan gavda o‘g‘lim Sa’ad Vaqqosniki ekanini bilsam ham, uning ostiga shishirilgan qopga o‘xshab turgan narsa nima ekqnligini anglay olmadim. Keyinroq bilsam, bu o‘g‘limning tanasidan shilib olinib, so‘ng unga somon tiqilgan terisi ekan. Men sarkardalarimga qal’a atrofini qamalga olish ishlarini ... bitkazishlarini tayinladim. ... Ustalarimiz ayvon ostida toshotar moslamalarni yasashga kirishishdi. Yomg‘ir tingach, men harbiy kengash chaqirdim. Ertasi kuni ertalab qal’ani ishg‘ol qilishga kirishadigan bo‘ldik. Dehlida qo‘llagan bu yerda davom ettirishga qaror qildik: devorning ikki uch joyodan chuqur qazib, porox bilan bir vaqtning o‘zida portlatadigan bo‘ldik. Ertasi kuni chuqur qazuvchilar bir necha guruhga bo‘linib, teppalik ustiga chiqishdi. Toshotar moslamalar ishga tushdi: qa’a himoyachilariga tinimsiz tosh yog‘dira boshladik. ... uchinchi kuni ertalab, nihoyat devorning ikki joyini buzishga muvoffaq bo‘ldik. Bir qism jangchilar bilan sharqiy devorning buzilgan joyidan ichkariga yopirilib kirdik. Olishuvimizning birinchi soatidan keyin qal’aga yana bizning jangchilarimiz kirishdi. Ular orasidan kimdir:,, Temur” deb mening nomimni tilga olib gapini davomida hindchalab nimalardir dedi. Unga qarab dedim:,, Men-Temur!”. U qo‘li bilan o‘ziga ishora qilib:,, Kartar!‘‘- dedi. ... unga tomon otildim. U ham menga tomon qilich o‘ynatib keldi. Men sekira bilan qaqshatqich zarb berdim. Uning qo‘lidan qilich tushib ketdi. Men faqat bir narsani – kimning qo‘lidan o‘layotganini bilishini xohladim, xolos. Shundan so‘ng uning ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 691 www.ares.uz terisini shilib somon tiqishdi va shu paytgacha o‘g‘lim osiliq turgn joyga uni osib qo‘yishdi. Urushdan olgan o‘jamni Qandahor orqali Keshga jo‘nattirdim. XULOSA O‘lja, olingan boyliklar bilan malakali usta va hunarmandlar Samarqandga jo‘natiladi, qolgan qismi amir va lashkarlarga bo‘lin beriladi. Ularning har biriga 150 dan asr olingan hunarmandlar tegadi. Temur qo‘shin tortib Gang daryosi sohillarigacha boradi. O‘sha yerda orqaga qaytib, 1399-yilning bahorida Samarqandga yetib keladi va o‘zi bilan ko‘pgina Hindiston fillarini ham olib keladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Amir Temur nafaqat O‘rta Osiyoda balki jahonda o‘z e’tibori, kuch-qudratiga ega bo‘lgan markazlashgan davlat asoschisi. Amir Temur davri davlatchiligi , ma’naviyatidagi o‘zinig salohiyati, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin egallagan. Harbiy janglarda yaqinlarining ham fikrlarini tinglagan yetuk shaxs bo‘ganini ko‘rishimiz mumkin. REFERENCES 1. Ziyodulla Muqimov ,, Amir Temur tuzuklari‘‘. Samarqand 2008-yil 21-bet. 2. Abdulaxad Muhammadjonov ,,Temur va Temuriylar saltanati‘‘.,,Qomusiylar bosh taxririyati‘‘ Toshkent, 1994-yil 23- bet. 3. Forschadan Alixon Sog‘uniy va Habibulla Karomatov ,,Temur tuzuklari‘‘. Toshkent 1991-yil 46-47bet. 4. Hamdam Sodiqov ,,Amir Temur hayoti g‘aroyibotlari‘‘. Toshkent 2007-yil, 169-177 bet. 5. Marsel Brion ,,Menkim, Sohibqiron-Jahongir Temur‘‘. Toshkent 2016-yil, 407- 473bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |