Mavzuning dolzarbligi. Muhammad Yusuf mustaqillik davri o‘zbek she’riyatiining betakror siymolaridan biri edi



Download 43,2 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi43,2 Kb.
#390476
Bog'liq
101.pdf


Mavzuning dolzarbligi. Muhammad Yusuf mustaqillik davri o‘zbek she’riyatiining betakror siymolaridan biri edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Yoshlar ittifoqi» va jamoatchilik vakillari tomonidan marhum shoir Muhammad Yusuf tavalludining 64 yilligini O‘zbekiston miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifini berilganida Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qaroriga binoan Andijonda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xiyoboni ochildi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf yashagan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Pushkin-Solor ko‘chasi, 1-uyda, Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi kollejda yodgorlik lavhalari o‘rnatildi. O‘zbekistondagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida shoir ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etildi.Joriy yilda O‘zbek Milliy akademik drama teatri binosida shoir xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz talabalari Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlab tadbirlaar o‘tkazishddi. Universitetimizning “Madaniyat ko‘zgusi” gazetasida shu munosabat bilan tahliliy maqolalar chop etildi. Universitetimizda o‘tkazilgan tadbirlar ToshDO‘TAU saytida yoritildi. Keng jamoatchilik va talaba yoshlar o‘rtasida olib borilgan bunday targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘zining sezilarli natijalarini bermoqda. Binobarin, mening BMI im ham ToshDO‘TAU da ana shu dolzarb muammoni o‘rganish va targ‘ib qilishning tarkibiy qismidir. Zotan Muhammad Yusufdek serqirra ijodkorning badiiy merosi tadqiqi zamonaviy adabiyotshunoslik uchun muhim ahamiyatga egadir. Ishning dolzarbligi ana shu jihatlarda namoyon bo‘ladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Muhammad Yusuf she’riyati o‘zining milliy o‘ziga xosligi, realizmning mohiyatini ifoda etishi bilan qimmatli 4 ekani adabiyotshunoslikda muayyan darajada o‘rganilgan. O.Sharafiddinov, A.Kattabekov, Q.Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, Q.Husanbayeva, A.Alimbekov, X.Xudoyberdiyeva, Sh.Qurbon singari adabiyotshunos va shoirlar izlanish va xotiralarida muammoning u yoxud bu jihatlariga e’tibor qaratilgan1 . Aslida, lirikaning o‘ziga xosligi masalasi voqelikning lirik sub’ekt his-tuyg‘ulari orqali akslanishida namoyon bo‘lishi Aflotun va Arastular zamonidayoq e’tirof etilgan. Masalan, Aflotun poeziya: “to‘laligicha shoirning aytganlaridan iborat”, desa, Gegel lirikaning o‘ziga xos jihati unda “ob’ekt va sub’ektning bitta shaxsda uyg‘unlashishi, lirik asar uchun muallifning o‘zi, uning ichki olami mavzu bo‘lib qolishi”ni ta’kidlaydi. Darhaqiqat, lirikada voqelik lirik qahramon qalb prizmasi, oniy kechinmalari orqali ifodalangani bois lirik sub’ekt ruhiy kechinmalari muhimdir. Shubhasiz, bu kechinmalar alohida shaxsga tegishli bo‘lsa ham, umumbashariy mazmun va qimmatga egadir. Biroq hanuzgacha M.Yusuf she’riyati ayni tarzda maxsus tadqiq etilmagan. Yuqorida tilga olingan ishlarning birortasi o‘z oldiga shoir lirikasida “lirik kechinma” muammosini maxsus o‘rganish vazifasini qo‘ymagan. BMIning kafedra ilmiy tadqiqot rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot ToshDO‘TAU “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasida amalga oshirilayotgan istiqbolli tadqiqotlar rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Muhammad Yusuf she’riyatida lirik kechinma masalasini shoir lirik merosi ning g‘oyaviy mazmun mundarijasi, obrazlar olami va ijodkor poetik mahorati nuqtai nazaridan o‘rganishdir. Tadqiqot vazifalari. BMIda shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilab olindi: - Muhammad Yusuf she’riyatining shakllanish jarayonini kuzatish; - shoir lirik merosiga xos yetakchi xususiyatlarni aniqlash; 1 Qarang: Muhammad Yusuf saboqlari. To‘plovchi va hammuallif Shukur Qurbon. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent., 2012. Yo‘ldoshev Q. Hamisha navqiron she’riyat. Yoniq so‘z. Toshkent., “Yangi asr avlodi”, 2006. B.290 295. (Olimning bu maqolasi kitobga kirishidan ilgari “Til va adabiyot ta’limi jurnalining 2004 yil, 3-sonida chop etilgan. Q.U.Qurbonsaidova) 5 - shoir ijodining bosh prinsiplari haqqoniylik, hayotiylik va “shaxs butunligi” ekanini ochib berish; - Muhammad Yusuf lirik merosidagi yetakchi jihatlar: o‘zlikni anglash, sharqona tafakkur va milliy o‘ziga xoslik tuyg‘ulari ekanligini ko‘rsatish; - adabiyotning umuminsoniyligi, xalqchilligi, lirik asarda shakl va ohang uyg‘unligi, an’anaviylik va novatorlik masalalariga shoir qarashlarini oydinlashtirish. Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Muhammad Yusuf lirik merosi tadqiqotga ob’ekt bo‘lib xizmat qildi. Shoir she’riyatida lirik kechinma muammosini o‘rganish BMIning predmetini tashkil qiladi. BMIning ilmiy yangiligi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf merosida lirik kechinmaning nisbiy barqaror asoslari mavjud. Zamondoshimiz undan o‘z dardini, kechinmalarini topadi, qalbiga yaqin tutadi. Bu hol keng ma’noda olib qaralganida, lirikaning badiiy vaqti hamisha “hozir” ekani, u ayni hozirda ko‘ngilda kechayotgan his-tuyg‘ularni tasvirlashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Qolaversa, ular shoir poetik mahoratining muayyan jihatlarini aks ettirish bilan bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega.Ushbu muammolar ilk bor yaxlit tarzda o‘rganilmoqda. Bizning kuzatishlarimiz Muhammad Yusuf lirikasi, qisman lirik qahramon muammosini konkret ijodkor bilan bog‘lab o‘rganish va o‘rgatishga muayyan hissa bo‘lib qo‘shilishi mumkin. Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ushbu BMI Muhammad Yusuf lirik qahramoni, lirik kechinma muammosini o‘rganishga bag‘ishlangani bilan ilmiy ahamiyat kasb etadi. Uning natijalari kelgusida amalga oshiriladigan tadqiqotlar uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. BMIning nazariy xulosalaridan oliy o‘quv yurtlari va akademik litsey hamda kollejlar, o‘rta umumta’lim maktablari uchun milliy istiqlol davri o‘zbek adabiyoti fani bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratishda, uslubiy tavsiyanomalar tuzishda, talabalarga maxsus kurslar o‘qitishda foydalanish mumkin. BMIning tuzilishi va hajmi. BMI tarkibiy tuzilishiga ko‘ra Kirish, Asosiy qism, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dastlabki ikkita 6 mustaqil bob va uchinchi bobning ilk faslida muammoning nazariy jihatlari yoritildi. Shuningdek, so‘nggi bobda tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati aks etdi. Ishning umumiy hajmi .... betdan iborat. 7 I BOB. MAKTAB ADABIY TA’LIMIDA MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. Muhammad Yusuf – istiqlol davri she’riyati an’analarining davomchisi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. U Rus tili va adabiyoti institutini 1978 yilda tamomlagan. Muhammad Yusuf 1978-1980-yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishladi. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U 1998 yili O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan mukofotlangandi. Shoir 2001 yil 31 iyulda 47 yoshida Ellikqal’a tumanida vafot etdi. O‘shandan beri oradan o‘n yetti yil o‘tgan bo‘lsa ham, shoir lirik merosi va lirik qahramoni tabiatiga bo‘lgan qiziqish zinhor so‘nmadi. Ma’lumki, Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1976 yilda e’lon qilingandi. Biroq, ilk she’rlar to‘plami 1985 yili «Tanish teraklar» nomi bilan chop etildi. Keyingi yillarda «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan», «Yolg‘onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995), «Osmonimga olib ketaman» (1998), «Ulug‘imsan, vatanim» (2004), “Saylanma” (2014) kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. Bugungi kunda Respublikamizda Muxammad Yusuf jamgarmasi faoliyat olib bormoqda. Uning raisasi shoirning rafiqasi Nazira as- Salomdir. Iste’dodli qalam sohiblarimizdan biri - Muhammad Yusuf rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shoir muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi.Uning she’rlari ravon va soddaligi bilan xalqonadir. Quyidagi jadvalda biz shoir merosi jamlangan asosiy kitoblarni aks ettirishga urindik: 8 Muhammad Yusuf lirikasi haqida gapirganda uning she’rlaridagi bolalarcha beg‘uborlik, jumlalardagi hamma uchun tushunarli bo‘lgan soddalik kishini o‘ziga beixtiyor jalb etadi. Kundalik turmushimizda ishlatiladigan oddiy so‘zlarni xuddi munchoqqa tergandek terib bayon qilinishi, she’rning soddaligini, hammaga O‘zbekiston xalq shoiri M.Yusuf she’riy to‘plamlari “Bulbulga gapim bor” (1987 y) “Iltijo” (1988 y) “Uyqudagi qiz” (1989 y) “Tanish teraklar” to‘plami (1985 y) «Halima enam allalari» (1989 y) «Ko‘nglimda bir yor» (1991 y) «Bevafo ko‘p ekan» (1993y) «Yolg‘onchi yor» (1993y) «Erka kiyik» (1995y) «Osmonimga olib ketaman» (1998), «Ulug‘imsan, vatanim» (2004 y) “Saylanma” (2014y) 9 tushunarli bo‘lishini, xalqchilligini ta’minlaydi va tinglovchini shoirning ichki olamiga olib ketadi. Muhammad Yusuf she’r va shoirlik xaqida quyidagi gaplarni aytgandi: “Men shoirman degan zotdan qo‘rqing. Chunki undan har baloni kutish mumkin.. Haqiqiy shoir hech qachon iddao bilan o‘zini tanishtirmaydi. Aksincha, uni allaqachon xalq tanlab, saylab olgan bo‘ladi... Aslida, she’r ham odamdek gap. Uning yuzi, ko‘zi, kiyofasi va libosi bor. Ba’zi she’rlar satang ayollardek yasangan. Pardoz-andozni ham joyiga quygan. Ularda birgina yetishmovchilik bor, xolos. Samimiyat yo‘q. She’r nima? She’r yozilaveradi. Kitoblar ham bosilaveradi. Shoir kamaysa, ana, qancha uddaburonlar bor - kitob kamaymaydi. Birok, haqiqiy adib, shoir har yili osmondan chalpakdek yog‘ilavermaydi.” Shoirning qanchadan qancha she’rlari xalqimizning dilida qo‘shik bo‘lib qoldi: Qaysi bir she’riy to‘plamini ochib karamang, hamma she’rlari qo‘shiqqa aylanib bo‘lganiga ishonch hosil qilasiz. She’rlarini o‘qish jarayonida yonida albatta, oxangi ham quyilib keladi. Muhammad Yusuf – xalqimizning ardoqli shoiri. Uning: “Samarqandga borsam...”, “O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim!”, “Seni hech kimga bermaymiz, O‘zbekiston!” “Vatanim”, “Menga bering”, “Jayron”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Seni hech kim sevolmaydi meningdek” , “Zebi, Zebi, Zebona”, “Ozodani sevaman, men, Ozodani”, “Bir qiz yig‘lar buloq boshida”, “Rayhon, aylanay rayhoningdan sening” , “Qizil olma”, “Yolg‘onchi yor”, “Ko‘klamoyim”, “Turkman qiz”, “Ro‘molingni bo‘yama”, “Zebo sanam” , “Ilyos, ko‘zlaringdan aylanay sening!”, “Ko‘nglimdagi yor” kabi she’rlari qo‘shiqqa aylanib har bir xonadonga kirib bordi. G‘iyos Boytoyev, Mahmudjon Azimov, Oxunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov kabi qancha-qancha xonandalar M.Yusuf she’rlarini kuylab el ardog‘iga sazovor bo‘lishdi. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri A.Oripov uni: “Adabiyotimiz gulshanida ochilib, yashnab turgan bir chechak edi.”2 , deb baholaydi. O‘zbekiston xalq artisti 2Oripov A. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh tahririyati, 2002 . -B. 14. 10 Yu.Usmonova esa: “She’rlarida dard bor. Muhammad Yusuf xalq dardini tushunardi. Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib yozardi. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi. U kishining yuragi xalq dardi bilan hamohang urardi... Shoirning har bir so‘zi she’r edi. Muhammad aka betakror she’rlarida yashaydi, qo‘shiqlarimizda yashayveradi.”3 , deb yozadi. O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist G‘iyos Boytoyev: “She’rlari xalqona edi, ohangini o‘zi bilan yozardi.”4 , deya e’tirof etadi. Shoirning rafiqasi shoira Nazira Salom ardoqli shoir Muhammad Yusufdan ayriliqni katta dard bilan qabul qilarkan: Osmon tushdi boshimga, najot kutay kimlardan, G‘amlar keldi qoshimga, dard to‘shagan chimlardan... Men bir ojiz gul edim, qizg‘aldoqdek to‘kildim, Tuyg‘ulari mo‘l edim, chok chokidan so‘kildim5 . degan satrlarni bitadi. Farzandlik burchini teran anglagan, olis qishloqda qolgan onaizor oldida teran qarzdorlik tuygan Muhammad Yusuf: “Agar sevgi bo‘lmaganida, balki butun ijodimni onamga bag‘ishlagan bo‘lardim. Eng qadrli so‘z – Ona. Men mashhur shoir emas – mashhur beshafqat.”6 , deya qalbini ochadi. Bizningcha, shoir “Onam yig‘lar”, “Zorim qolur”, “Lolaqizg‘aldoq”, “Yig‘lashni bilmaydi qizlarim” kabi she’rlarida o‘z taqdirini ko‘rgan va bashorat qilgan bo‘lsa ajab emas. Masalan, shoirning “Tuzalmaydi dardim mening o‘lsam kerak” misrasi bilan boshlanadigan she’rining har bir satrida qanday ruhiy holat ifodalanayotganiga e’tibor qaratiladi. Tuzalmaydi dardim mening o‘lsam kerak Tuproq bilan og‘a-ini bo‘lsam kerak 3 Usmonova Yu. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh tahririyati, 2002 . -B. 15. 4 Boytoyev G‘iyos. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh tahririyati, 2002 . -B. 16. 5 Nazira as-Salom. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh tahririyati, 2002 . -B. 12. 6 Muhammad Yusuf. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh tahririyati, 2002 . -B. 16. 11 misralari zamiridagi tag ma’no ham, shu holatni keltirib chiqargan tushkun kayfiyat sababini ham anglash mumkin bo‘ladi. Qahramon – risoladagi har qanday kishi singari hayotning ma’nosi va o‘lim haqida o‘ylaydigan inson. Hayotga berilgan va olinadigan ne’mat deb qaragani bois unga o‘lim qo‘rqinchli emas. U “tuproq bilan og‘a-ini bo‘lish”dan cho‘chimaydi. Shoir nazarida: “O‘lim nima? Bu ham bitta sayr”. Bu satrda o‘limning yuziga tik qaraydigan lirik qahramon tabiati teran aks etgan. Shoirning: Yuragimni tamom qildim, yig‘layverib, Huzurimda ajal turar, qoshin kerib. ta’kidi zamirida odamzotga xos kamchiliklardan ozurdajonlik aks etgan. Odamlarning nokomilligidan norozilik, ularning fe’lidagi nuqsonlar yo‘qolishiga umid yo‘qligi lirik qahramonni achchiq ko‘z yoshlar to‘kishga majbur qiladi. Adolatsizliklardan shoir yuragi ado bo‘lgan. Shu bois ajal uning oldida qosh kerib turibdi. Bu o‘rinda san’atkor tasavvur ufqining kengligi va obrazli tafakkur imkoniyatining kattaligi yorqin namoyon bo‘lgan. U ajalni urushqoq va satang bir ayol qiyofasida ko‘rsatib, o‘quvchilarida hissiy munasabat paydo qila olgan. She’rning lirik qahramoni – o‘ktam shaxs. Shuning uchun ham bu noto‘liq dunyoda sudralib, oqibat ko‘rmay yashagandan ko‘ra: Men hayotda o‘limga tik boqib o‘sdim, Qani menga atalgan joy. Ketdik, do‘stim. deyishga o‘zida kuch topadi. Hayotni qadrlaydigan, unda to‘lib-toshib yashashga intiladigan, tiriklikning mohiyatini teran anglaydigan kishi uchun o‘lim qo‘rqinchli emas. Chunki uning matlabi o‘lmay kun kechirish emas, balki chin odam kabi oqibat ko‘rib, muhabbat ko‘rsatib va mehr tuyib yashashdan iboratdir. Shoirning “Surat” she’rida favqulodda o‘xshatishlar, quyuq mubolag‘alar – juda serob. Unda asl odamga xos o‘ta baland sezimlar kuylangan. Qahramon o‘zi to‘g‘risida: “Men bir g‘alatiman, men alohida”,- deydi. Aslida, har qanday odam ham “g‘alati” va “alohida”. Faqat ko‘pchilik o‘z alohidaligini pardalashga intiladi. Odam deb atalmish mavjudotni yaxshi yoki yomon, rahmdil yoxud shafqatsiz 12 tarzida qat’iy tavsiflab bo‘lmaydi. Odamzotning murakkab va tushunarsizligi shoirni: Ko‘zimning yoshini keladi ichgim, Tilimni chaynagim kelar gohida7 . tarzidagi iqrorga majbur etadi. Chunki qahramon o‘zgalarni tushunib, ularning g‘amiga qo‘shilib yig‘lagandagi ko‘z yoshini ichgisi kelsa, boshqalarga ozor bergan tilini chaynab tashlagisi keladi. Jabrlovchi ham jabrlanuvchi ham bir kishi ekanligi juda ta’sirli va chin. O‘zini kuzatadigan, xatti-harakatlariga odil baho bera oladigan odam – haqiqiy inson. She’rning qahramoni shunday shaxs. Shoir she’rda: Xayol tushovidan chiqolmay qolgan, Umrimni topshirib qo‘ydim ko‘nglimga8 . deydi. Hayotning ayovsizligidan bezib, kir reallik bilan hisoblashishni xohlamay, yuksak xayollar og‘ushida yashashga intilgan pok dilli odam qaysarlik bilan qarorga keladi: “Umrimni topshirib qo‘ydim ko‘nglimga”. Ko‘ngil istagi bilan umr kechirish esa oson bo‘lmaydi. Lekin shoir shunday yashashga ahd qilgan. U ko‘ngilda Alloh borligini, ko‘ngil bilan yashagandagina Yaratgan bilan sirlashish mumkinligini biladi. Badiiy so‘zning qudrati shundaki, ijod ahli hech qachon qarimaydi. Yillar uning haq so‘ziga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun ham Muhammad Yusuf she’rxonlar nazdida hamisha dilbar va navqiron yigit bo‘lib qolaveradi. O‘zbeklargagina xos sezimlarni o‘ta xalqona yo‘sinda samimiy ifodalay olgan shoir o‘zining qisqa umri mobaynida ibratli ijodiy yo‘lni bosib o‘tdi. Shoir bitiklariga xos xususiyatlar: - Olovli she’riy nafas; - kutilmagan tashbihlar, o‘tkir va serma’no timsollar; - mayin ohang. 7 Muammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 137. 8 Muammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 137. 13 M.Yusuf ijodiy merosini o‘rganish o‘zbekning ko‘nglini yaxshiroq bilish imkonini beradi. Shoirning she’rlari turli yo‘nalishda, ular muallifning turfa kayfiyatini ifoda etgan. Lekin Muhammadning butun ijodi uchun mehrga tashnalik, insonni ayashga intilish eng yetakchi belgi edi desak, adashmagan bo‘lamiz. Jumladan, uning “Mehr qolur” she’rida o‘zi abadiy bo‘lmagan insonning amallari ham o‘tkinchi ekanligini ifoda etadi. Odamdagi mehru muhabbatgina inson umrini abadiylashtirishi, uni qolganlar xotirasiga o‘chmaydigan qilib joylashi mumkin. She’rda ana shu yuksak tuyg‘uni izlayotgan, shunga intilayotgan inson sezimlari aks ettirilgan. Shoir yaxshilikka chorlamaydi, ezgu ma’naviy fazilatlarni targ‘ib etmaydi, balki obrazlar tili bilan eng baland, eng noyob, eng qimmat bo‘lgan insoniy tuyg‘u bo‘lmish mehr haqida ko‘nglidagi kechinmalarni chizadi. She’rdagi: Anor, sening yuzlaring suluv, Xumor, sening ko‘zlaring suluv, Yodda qolmas so‘zlaring suluv, Mehr qolur, muhabbat qolur9 . misralarida g‘oyat nozik bir ichki muntazamlik saqlangan. Shoir birinchi misrada anorga, ya’ni suluvning yuziga, ikkinchisida xumorga, ya’ni ko‘ziga, keyingisida uning o‘ziga murojaat qilarkan suluvni suluv qilgan bu narsalar qanchalar go‘zal va yoqimli bo‘lmasin o‘tkinchi ekanini faqat uning qalb hosilasi – mehru muhabbatgina doimiyligini aks ettiradi. She’rdagi so‘zlarning musiqiyligi, obrazlarning tashqi soddaligi va ichki nazokati asarning badiiy quvatini oshiradigan omillar bo‘lib xizmat qilgan. Muhammad Yusufning “Yurtim” she’ri millatning ijtimoiy dardlarini, uning tabiatidagi qudratli va ojiz jihatlarni aks ettirishga bag‘ishlangan. She’r tarixga qilingan ekskurs bilan boshlanadi. Shoir xalqqa qarata: Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor… Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor. Yulduzni yig‘latar dostonlaring bor. 9 Muammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 26. 14 Mehrobidan chiqqan chayonlaring bor10 . tarzida murojaat qilar ekan, bugunga kechaning nazari bilan qarab, kechani bugunning o‘lchovi bilan baholab va undan xulosa chiqarib olishga urinadi. Shoir shu yurtning bir o‘g‘li sifatida uni g‘uborsiz, baxtsizligu armonlarsiz ko‘rgisi keladi. She’rda tarixga sergaklik bilan qarash, undan saboq chiqarishga undash hissi balqib turadi. Muhammad Yusufning “Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom” deb boshlanadigan she’ri ham uning ijodida muhim o‘rin tutadi. She’r shoir ijodiy qiyofasini ifoda etishi jihatidan ahamiyatlidir. Unda “bir mahalla nigoh”, ya’ni ko‘pchilikning chin insonday yonib yashash, porloq, yorqin tuyg‘ularga boy hayot kechirishdan moddiy jihatdan to‘kis, ammo hissiyotsiz, amallab kun ko‘rishni afzal hisoblashi muallifni bezovta qilgani, ruhiy muvozanatdan chiqargani aks etgan. Shoir – ishq bandasi. Uning uchun sevib, yonib hayot kechirish yashashning o‘zidan muhimroq. Sadoqatga ishonmagan kimsalar, “begona”ga aylangan ma’shuqalar, yashashni sevgidan baland sanagan kaslar “osmonning cho‘kib qolishi”ga olib keladi. She’rdagi “osmon” obrazi ko‘ngil timsolidir. Uning cho‘kishi, ishonchning, imon-e’tiqodning nurashidir. Shoir ana shundan bezovta. Qalblarda muhabbat bo‘lmasa, yashash sevishdan ortiq bo‘lib qoladi. Olovli yurak egalari uchun esa sevish yashashdan tansiqroqdir. Bundaylarning ishqdan olovlangan qalblari “chirsillab yonib” ketishga qodir. Shu boisdan lirik qahramon: “Sevish kerak... yashash shart emas!”- deyishga o‘zida ma’naviy huquq tuyadi. She’rda sodda ifodalar ortiga murakkab ishoralar yashiringani kishi e’tiborini tortadi. Bu muallif maqsadi va tasvir mahoratining imkon qadar to‘la anglanishiga xizmat qiladi. Shoir boshqalarga o‘xshamaydi, ularday bo‘lishni istamaydi va bunga urinmaydi ham. Shu sababli uning tomirlarida olov oqadi. Yuksak tuyg‘ular, baland sezimlar egasigina: Barmog‘in o‘pgandim suygan qizimning, Qo‘li yonib ketdi gurillab, mana. 10 Muhammad Yusuf. Ulug‘imsan Vatanim. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2010. B. 86. 15 tarzida mo‘‘jiza ko‘rsatishga qodir. Faqat yomonlik emas, ezgulik ham yuqumli. Shu sabab shoirning: Charsillab yuragi yondi bearmon” tarzidagi ta’kidi she’rxonda shubha uyg‘otmaydi. Bu she’rga ro‘zg‘oriy reallik o‘lchovlari bilan yondashib bo‘lmaydi. Uning o‘quvchisi ham “bir g‘alati” bo‘lmog‘i lozim. Yonmoq – yitmoq emas. U tozarmoqdir. Shu bois yorning: Yarmi yonib bo‘lgan ko‘ylagi bir yeng, Ishqning bayrog‘iga aylandi alvon. satrlarida muhabbat olovining hayotbaxsh tafti aks ettirilgan deyish mumkin. Lirik qahramon uchun yonish orzu. Shuning uchun ham: Olov – tan, olov – jon, olov – his-havas” tasvirida afsus emas, qoniqish tuyg‘usi ustuvor. Qalb olovining o‘chishi uni mana bunday anduhli holatga soladi.: Ayiq bosgan gulday ezildi ko‘nglim, Yovvoyi o‘rdakka berdim sevgimni!.. Qoldim kulko‘rpamda to‘shagim tuproq, Yumalab yotaman ilonlar bilan. Ularga ishondim bir yordan ko‘proq, Ilon chaqar, ammo gapirmas yolg‘on! misralari tasvirning zalvori, estetik yukning og‘irligi, inson ruhiy fojiasining ko‘rsatilishi jihatidan tengsiz qudratga egadir. Yolg‘on gap, yolg‘on his qahramon uchun ilon zahridan ham yomon ekanligi nechog‘liq haqqoniy va shafqatsizlik bilan tasvirlanganiga e’tibor qilish kerak. Otashin tuyg‘ular olovi ichidan o‘tgan qahramon juda murakkab shaxs. Chin odamni jo‘nlashtirib bo‘lmaydi. Jo‘nlik qiyofasizlikdir. Shu bois qahramonning: Kiyiklar qonini keladi ichgim, Chayonni chaynagim, kelar gohida. tarzidagi iqrori o‘quvchida ishonch uyg‘otadi. O‘shanda odamning nechog‘lik murakkab va chigal qismat egasi ekani oydinlashadi. Muhammad Yusufning “Biz baxtli bo‘lamiz” deb nomlangan she’rida pok sevgining qudratli kuchi, uning inson ruhiyatida qiladigan o‘zgarishlari g‘oyat ohorli, hech kimnikiga o‘xshamaydigan tarzda tasvirlangan. She’rning dastlabki 16 misralariyoq o‘quvchini o‘ylantiradi. Hech qanday sababsiz bahs-munozaraga chorlayotganday tuyuladi. Ayni vaqtda, sevmoqning o‘zi baxt ekani, aks holda, bu tuyg‘u insonga loyiq ko‘rilmasligi juda o‘ziga xos yo‘sinda ifodalanadi. Chindan ham “Xudo xohlamasa uchrasharmidik!” Shu misralarga tayanib, o‘quvchi oshiq va ma’shuqa munosabatlarining haqiqiy holatini tasavvur qilishga urinib ko‘radi. She’rning: “Rayhon hidlarini yo‘llarimga sep” satrida ifodalanayotgan fikrni aniqlashga urinish lozim. Har bir o‘zbekning hovlisida o‘sadigan rayhondan biror ramz topishga harakat qiladigan, uning yoqimli hidi bilan oshiq holati o‘rtasida bog‘liqlik borligini ilg‘ashga urinadigan kishi she’rdagi yashirin ma’nolarni tuyadi. Jiddiy e’tibor qilinsa, oshiq o‘z ko‘chasidan tez-tez o‘tib turishni ma’shuqadan so‘rayotganini anglash mumkin bo‘ladi. She’rdagi “Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan” satri grammatik nuqtai nazardan to‘g‘ri ifodalanmagan. U to‘g‘ri grammatik holatga keltirilsa, ya’ni “Ko‘kka oy chiqqan har oqshomda meni kut” tarzida ifodalansa, shoir aytmoqchi bo‘lgan fikr ham she’r ohangi ham o‘zgarib ketadi. Odatda, oshiqlar oydin tunlari uchrashishadi. Oy uchrashuv ramzi ham. Shu bois oshiq ma’shuqasidan ko‘kka oy chiqqan har kech o‘zini kutishni o‘tinadi. Negaki, sabr bilan kutish visolga olib boradi. She’rda ma’shuqaga qarata: “Aybing – seni onang chiroyli tuqqan”,- tarzidagi “ayblov” bor. Hali she’riyat tajribasida fazilatni aybga aylantirish tajribasi ko‘rilmagandi. M. Yusuf shuni qila oldi, “ayblov”ni go‘zal badiiy shaklga sola bildi. “Nur tomsin lablaring sohillaridan” misrasidagi tasvir yo‘sini boshqa oshiqona she’rlarning birortasida ham uchramaydi. Bular Muhammad Yusuf qilgan poetik kashfiyotlardir. Uchinchi bandning so‘nggi misrasi “Kipriklari uzun kokillaridan” tarzida ifodalangan. Bu o‘rindagi favqulodda quyuq mubolag‘aning hayotiy asosi bor: sohibjamol ma’shuqaning juda uzun kipriklari va o‘ta kalta sochi qiyosi ham go‘zal badiiy vazifani bajarishga, ham oshiq tuyg‘ularini ifodalashga xizmat qilgan. Bu o‘rinda Muhammad Yusufga xos nozik lutf, inja qochirim ham bor.She’rda qahramon holati va sifatlari: Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi, 17 Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi... tarzidagi iqrorda aks etgan. Shoir o‘z fikrini sening ishqingda tuni bilan so‘z izlab she’r yozaman singari jaydari shaklda ifodalamaydi. Oshiq qalb visolning o‘zi bilan hech qachon qanoatlanolmasligini ham ro‘zg‘oriy yo‘sinda aytmaydi. Balki bu yuksak tuyg‘ularni ularga mos bir nazokat bilan aks ettirib, ruhiy holatni bildirishi, hissiyotga ta’sir ko‘rsatishi jihatidan tengsiz she’r vujudga kelishini ta’minlaydi. She’rdagi: Barcha farishtalar sening qalbingda, Ijarada turgan qizlar men uchun!.. misralarida oshiqning ma’shuqaga cheksiz ehtiromi, ishonchi avj pardalarda ko‘rsatilgan. U sevgilisini farishtalardan-da ortiq sanashi pardali bir tarzda ifodalangan. Muhammad Yusuf she’riyati kishi sezimlarini noziklashtiradi, unda murakkab tuyg‘ularni ilg‘ash, his etish ko‘nikmasini shakllantiradi. 1.2. Muhammad Yusuf adabiy merosida milliy tuyg‘ular ifodasi Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri bo‘lgan lirika azaldan kechinma shaklida berilgan badiiy fikr bilan ish ko‘radi. Shunday ekan, biz lirik kechinma haqida fikr yuritar ekanmiz, uning tarkibini tashkil etgan tushunchalarni ham anglab olmog‘imiz lozim. Lirik kechinmaning tarkibini fikr va his tashkil etadi. Fikr va his munosabatlarini V.G.Belinskiy o‘zining etimologik ma’nosiga ko‘ra, tanimiz, jismimiz, qonimizga tegishli. His va sezgilarning o‘zaro tafovuti shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta’sirida qo‘zg‘olgan jismoniy sezgi. Shu sababli ham qandaydir hisob-kitob yoki quruq mulohazalar bilan mashg‘ul bo‘lgan odam hissyotidan to‘lqinlanib, larzaga tusharkan, qo‘lini ko‘kragi yoki yuragiga mahkam bosib oladi. Chunki ko‘kragida nafasi bo‘g‘iladi, chunki ko‘kragi qisadi, kengayadi, yonadi va sovqotadi, chunki yuragi orziqadi, titraydi, depsinib uradi; shuning uchun ham u chekinadi va qaltiraydi, qo‘llarini 18 ko‘taradi, butun tanini boshdan-oyoq qaynoq ter qoplaydi, sochlari tikka turib ketadi. Binobarin, asar fikrchan, biroq hissiyotdan mahrum bo‘lishi mumkinligi juda tushunarli; bunday holda, o‘sha asarda poeziya bo‘larmikin? Aksincha, asarda his bor ekan, fikr bo‘lishi muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol. Tabiiyki, his teran bo‘lgan joyda fikr ham teran bo‘ladi va aksincha..,. deb izoxlaydi. Xalk shoiri Muhammad Yusuf ijodida lirik “men” kechinma va poetik fikrni birlashtirishga xizmat qiladi. Navoiyning: Nazmki, ham suvrat erur xush anga, Zimnida ma’ni dahi dilkash anga. Misralarida “nazm zimni” (ichi, mag‘zi) dagi dilkash ma’ni... lirik kechinmaning tarkibini tashkil etadi. Bu tartib ikki element – fikr va hisdan iborat bo‘lib, yaxlit holda ehtirosli fikr deb ataladi... Negaki “nazm zimni”dagi “ma’ni” (fikr) “dilkash” bo‘lishligi uchun u ehtirosga o‘rab berilishi kerak. Shunday qilib lirik kechinmada fikr va hissiyot qorishiq yashaydi. Bugina emas, ular bir-birining mag‘iz-mag‘iziga shunday singib ketadiki, ajratib ko‘rishning iloji bo‘lmay qoladi... Bu ajralmas birlik – butunlik lirik kechinmaning mohiyatini tashkil etadi. Ammo takomildagi lirik kechinmaning yuzaga chiqishi uchun yana bir nima talab etiladi. Biz – o‘quvchi bevosita kechinma shaklida berilgan ehtirosli fikr (yoki fikriy ehtiros) ning shakllanish usuli, rivojlanish jarayonini kuzatib borishimiz shart. Ana shu holda “men” ifodasida kechinma – obraz yaxlit, ta’sirchan holda yuzaga chiqadi . Buni asoslash uchun Muhammad Yusufning “Beshinchi o‘g‘il” she’riga razm solamiz. Ushbu she’rda onadan ajragan bola qiyofasi gavdalanadi. O‘g‘il onadan ajragan. Uni butun borlig‘i bilan sog‘inadi. Sog‘inish – mavzu. Sog‘inish she’rda yetakchi lirik kechinma. Uning vositasida o‘g‘il obrazi ochilishi kerak. Biroq o‘z onasini sog‘ingan o‘g‘ilni she’rda yaxlit, birato‘la ko‘ra olmaymiz. Yetakchi lirik kechinma – sog‘inish birdaniga bo‘y cho‘zmaydi. U bizning ko‘z o‘ngimizda shakllanadi, hayotiy qaytarilmas bir jarayon sifatida rivojlana boradi. Biz uni mushohada etamiz. Shu sababli ham ishonamiz. Uning oqimida sog‘inayotgan o‘g‘il qiyofasini ko‘rib turamiz. Bu qiyofa tobora ravshanlasha borib, qalbimizga abadiy qoladi: 19 Yetmish yulduz yog‘ilib, Yarim oycha to‘lolmas, Yetti yanga yig‘ilib, Bitta ona bo‘lolmas. Ona tirik eshikka G‘urbat yaqin yo‘lolmas. Mening esa bag‘rim qon, Vayronaman Onajon... Lirik kechinma yukini ko‘targan yurak onani qumsayotganini namoyon eta boshlaydi. Fikr onani qo‘msash orqali yana qaysidir tomonga yetaklayotgandek bo‘ladi: Garchi biz yosh, g‘o‘r edik, Siz bor – biz ham zo‘r edik, Bir mayizni besh o‘g‘il Teng bo‘lishib yer edik. Goh talashsak, haq so‘zni Onam aytsin der edik. Tushmi endi u zamon, Hayronaman Onajon... O‘g‘il onani sog‘inishdan, qo‘msashdan tashqari yana qandaydir bir tuyg‘uni, nimanidir qattiq istayotganini, bu istak esa armonli ekanligini seza boshlaymiz. Shoir bizga o‘sha nimanidir anglatmoqni ko‘rsatish uchun ham voqeadan chekinib, lirik qahramon turgan joydan ortga qarab yetaklaydi. Bu ortga qaytish o‘g‘ilning yoshlik, beg‘uborlik damlarini ko‘z oldimizdan o‘tkazadi. Tirik yursa volidang Toqqa kuching yetarkan. Onang o‘lsa, boshingdan Oftob o‘tib ketarkan. Jindekkina alam ham 20 Tog‘dek botib ketarkan. Ko‘ksim to‘la ming armon, To‘lg‘onaman Onajon. Shoir bizni shunday ruhiy holatga solib qo‘yadiki, biz ham mehr-muruvvatsiz sahroda lirik qahramon bilan birga azoblanayotgandek bo‘lamiz. Hattoki eng yaqin kishilarni ham bir-biriga mehr oqibatli bo‘lishga chorlab turuvchi yoki shu mehr nuri bilan ta’minlab turuvchi yolg‘iz onaizor ekanligiga tan beramiz .Shoir misralarda onalarning bolalarga bo‘lgan teng mehri sababli qo‘yoshga o‘xshatgan bo‘lsa, olamdan o‘tgandan so‘ng esa uy qorong‘u tunga o‘xshab qoladi. Qorong‘u tun esa azobli. Azob hislarni junbushga keltiradi. G‘alayon ko‘targan hislarning tonglari befayzdir. Uyida halovatini yo‘qotgan o‘g‘il “Farishtasiz ostonaman”, deya holatini namoyon etadi. Ko‘ngil o‘zin tutingan, Bir mehribon qo‘msaydi. Dunyoda bir odamga Siring aytib bo‘lsaydi. Onasizni do‘sti ham, Dushmani ham aldaydi. Ayting axir, men kimga Ishonaman Onajon?.. Ha, mana endi o‘g‘il qo‘msagan, shoir aytmoqchi bo‘lgan nimanidir topgandek bo‘lamiz. Bu “nimanidir”, ya’ni aka-uka, do‘stu yorlar orasidagi mehroqibat. Demak, o‘g‘il faqat onani emas, balki o‘zi uchun yaqin insonlar orasidagi mehrni ham qo‘msaydi, uni axtaradi. Lirik qahramon hamma onalarga xos bo‘lgan odatiy holdan kelib chiqib, onaning bolaga bo‘lgan mehrini qo‘msaydi. Bunday mehrni hech kimdan topa olmay butunlay zulmatda qolgandek his etib, o‘zini ziyo istab bir yorug‘lik ilinjida “zor qaqshayotgan parvonaga” o‘xshatadi. Albatta, bu parvonalik, sog‘inch o‘tidan yonayotgan yetim bolaning nolasi edi. Qo‘msash, sog‘inch naqadar cheksiz va buyuk bir muhit ekanligini his qilar ekanmiz, lirik qahramonning keng dunyoga sig‘may tor beshikni qo‘msayotganligini ko‘ramiz. 21 Bu tor beshikning bag‘ri keng. Chunki u onaning ikkinchi timsoli sifatida shakllangan. ...Yashayapman sharpadek Sezilmay goh, sezilib. Gohi ko‘kka intilib, Gohi yerga egilib. Sog‘inganda she’r yozib, Yuraklarim ezilib – El ichra bir shoiri Devonaman, Onajon. Qadam-baqadam takomilga yetganmilliy tuyg‘u– obraz (xoh sog‘inch, xoh mehr bo‘lsin) ruhimizga azob bersa-da, uni to‘ldirib bizga umrbod hamroz va jonajon bo‘lib qoladi. Professor B.Sarimsoqov lirik kechinmani quyidagicha talqin etadi: “Hayotdagi xarakterli voqealar ijodkorning diqqat e’tiborini tortib, qalbu shuuriga o‘rnashib oladi, unga orom bermaydi, uning hayoti va faoliyatidagi o‘y surish, mulohaza yuritish muvozanatini buzadi. San’atkorning qalbini zabt etgan, uning oromini, huzur-halovatini buzgan ruhiy holat lirik kechinma deb ataladi. Lirik kechinma ba’zan oniy ruhiy holat sifatida kechib, estetik qimmat kasb etuvchi mahsul beradi va yo‘qoladi. Ba’zan esa u muayyan tugallikka, estetik qimmat kasb etuvchi asar sifatida shakllana olmay ijodkor qalbida, shuurida uzoq vaqtlar saqlanib yuradi. Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, lirik kechinma voqe bo‘lishi va tugal estetik qitmmatga ega bo‘lgan asar sifatida shakllanishiga qarab ikki xil bo‘linadi: 1. Oniy lirik kechinma; 2. Xotira lirik kechinma” . Milliy tuyg‘u to‘g‘risida gapirar ekanmiz, Muhammad Yusufning “Ketar bo‘ldim” nomli she’riga diqqatni qaratmoqchimiz. Bu she’r besh banddan tashkil topgan bo‘lib, har bir to‘rtlikdagi milliy tuyg‘ularning og‘irligi tengdir. Bir-biridan kam yoki ortiq emas. Bunday ritmik ravonlik yoki lirik kechinma tabiatning bu tekislikda bo‘lishi ajablanarli hol emas. She’rdagi mavjud qirralardan eng muhimi, ya’ni poetik qimmatga ega bo‘lgan qirra, she’rning nomi bo‘lib xizmat qilayotgan 22 “Ketar bo‘ldim” degan tushunchadir. Bu ketishning ichida yashirin bo‘lgan ketish, oddiygina ketish emas, qandaydir azobli ketish yoki bo‘lmasa eng aziz joyidan haydalishga o‘xshab ko‘rinadi. Demak, biz to‘g‘ri yo‘lga tushib oldik. Chunki bunday haydalish Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Otabekning Marg‘ilondan, yor eshigi oldidan haydalishi bilan bog‘liqdek go‘yo: Yor, eshiging ochilmadi men uchun, Tilingdan bol sochilmadi men uchun. Uyingdan joy topilmadi men uchun – Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay... Birinchi to‘rtlikdan ko‘rinib turibdiki, bu eshik do‘stlar uchun, yaqinlar uchun hamisha ochiq. Lekin lirk qahramon uchun yopilgan. Yor tilidan hamisha bol tomadi. Lirik qahramon bugun bunday baxtdan mahrum. Har doim topiladigan joy bugun topilmaydi, “Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay” misrasi bilan band yakunlangan. Besh to‘rtlikda ham shu misra takrorlanib keladi. Bu she’r bilan yuqoridagi asar qahramoni Otabekning yor darvozasidan haydalgandan so‘ng mayxonada mashshoqdan “haydalish kuyini” chalishini iltimos qilganligining sababini, ko‘nglidan kechayotgan azob iztiroblarini bir-bir sanalayotganligini nogoh yodimizga tushiradi. Mana endi lirik kechinma va fikr uyg‘unligi she’rda anchayin ravon ekanligini anglab oldik. Chunki “Oniy lirik kechinma” ijodkorda u yoki bu voqea-hodisa ta’sirida favqulodda tug‘iladi va qisqa bir vaqt ichida muayyan she’riy asar sifatida shakllanishi tufayli xulosalanadi. “Oniy lirik kechinma ijodkorning ruhiy, hissiy va aqliy faoliyatiga birgalikda bir vaqtda qo‘shilishi tufayli estetik qimmat kasb etuvchi tugallikka erishadi. Shu bois oniy lirik kechinma o‘ta beqaror va o‘tkinchi bo‘ladi. Biroq ana shunday o‘tkinchi kechinma oldindan o‘ylanmagan, ya’ni ongsiz ravishda, katta badiiy kashfiyotlar qilishga sababchi bo‘ladi. Badiiy kashfiyot yangicha fikrlash, yangicha tasavvur mahsulidir. Yangicha fikrlash, kutilmaganlik, favqulotda muqoyasa qilish mahsuli sifatida u ilgarilari muqoyasa qilingan voqeahodisalarning ham yangi ma’nolar ifodalaydigan qirra va xususiyatlarini topadi, 23 asarni yangi tafsil, obraz va hissiy ko‘lam bilan to‘yintiradi, asar mazmuni yaxlitlik, tugallik va estetik qimmat kasb etadi. Har bir shoirdagi ijodiy o‘ziga xoslik oniy lirik kechinma ta’sirida vujudga keluvchi ana shu yangicha fikrlashning mahsulidir. Yangicha fikrlash, voqea-hodisalarni yangicha idrok etish, yangicha baholash bo‘lmagan joyda ijodiy o‘ziga xoslik, uslubiy betakrorlik bo‘lmaydi” . Demak, shunday she’rlar borki, ular voqea-hodisa ta’sirida bir butun quyma holatga kelib voqea-hodisaning to‘liq ta’sirini bir tekis bayon etib bir nuqtaga yig‘adi. Bunday she’rlarda birinchi to‘rtlik yakuniy xulosaga ega bo‘ladi. She’rni shakllantirgan jamiyki to‘rtliklarning asosiy xulosasi she’rning birinchi to‘rtligida berilgan bo‘lsa, she’rning oxirida shu to‘rtlik borlig‘icha takrorlanadi. Xotira lirik tuyg‘u ham oniy lirik kechinma tarzida tug‘iladi. Lekin ijodkor boshlagan she’r tezda yakun topmaydi. Chunki yo kechinmaning o‘ta kuchli oqimi asarni ijodkor kutgan darajadagi falsafiy talqinida tugallashga imkon bermaydi. Yoxud boshqa biror sabab bilan oniy lirik kechinma ta’sirida boshlangan she’r to‘xtab qoladi. Natijada, birgina lirik she’r bir necha yillar mobaynida yoziladi. Mana shu muhlat ichida goh xiralashib, goh yolqinlanib shoirni ijodga da’vat etgan lirik kechinmani faqat xotira lirik kechinma deb atash mumkin. Bizningcha, xotira lirik kechinmaning yana bir xislati ma’lum voqea-hodisa yoki ma’lum predmetga bag‘ishlangan she’rni yozish uchun niyat qilingan damdan shu voqea-hodisa yoki predmetni kuzatib, uni to‘liq anglab, falsafiy mushohada qilingunga qadar anchayin fursat o‘tadi. Balki u kun, oy, yillar, davomida cho‘zilar. Bu lirik kechinma to‘liq yetilgandan so‘ng, yetilgan fikr uyg‘unligi orqali she’r shaklida ifodalanadi. Bunday she’rlarga Muhammad Yusufning “Lolaqizg‘aldoq” nomli she’ri misol bo‘la oladi. Jon so‘nggi boshpana Toparkan ongda. U yurak ostida Derdim men bo‘lsam. Ajablanma agar 24 Ertaga tongda Seni o‘pib, O‘shni Quchoqlab o‘lsam!.. O‘tinchim-tepamda Yig‘lama uzoq. Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq! 11 Shoirning “Lolaqizg‘aldoq” she’ri xotira lirik kechinma tarzida ifodalangan. Muhammad Yusuf Shavkat Rahmon hayoti bilan yaxshi tanish. Uning so‘nggi kunlarigacha yonida bo‘lgan. Ushbu she’r esa lirik qahramonning vasiyati sifatida ro‘yobga chiqqan. Shoir lirik qahramonining ichki kechinmalarini bayon etar ekan, uning so‘nggi safar oldidan orzu-umidlarining ro‘yobga chiqmaganligini, biroq shunday bo‘lsa-da, albatta bu orzu-umidlar ro‘yobga chiqishiga sidqidilidan ishonadi. Ayniqsa, shoir tilidan aytilgan so‘zlar fikrimizi izohlaydi. Kuz. To‘ylar boshlandi. Yuragim pora Bitta qizimni ham Uzatolmadim... Demak, taqdir ekan To‘y ko‘rmay o‘lmoq. Biroq, ko‘nglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam to‘ladi. Hali to‘ylar qilib Charchaysan erkam, Mening qizlarim eng baxtli bo‘ladi!12 11 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 275. 12 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 274. 25 She’r lirik qahramonning murojaati shaklida yuzaga kelgan. Shoir bermoqchi bo‘lgan fikr aniq yoritilgan. Lirik qahramonning murojaati xoh umr yo‘ldoshiga bo‘lsin, xoh o‘g‘liga o‘quvchi qalb qo‘rida mudrab yotgan tuyg‘ularni uyg‘otadi va betob yotgan bemorning ahvolini aniq tasavvuur etishga ko‘maklashadi. Ushbu tasavvur orqali lirik qahramonning dil qiynoqlari zuhur etadi. O‘quvchi buni aniq his etadi. Ayniqsa lirik qahramonning o‘g‘liga qilgan xitobi o‘quvchi qalbida o‘rnashib qoladi: O‘g‘lim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo. Bu ajib ishlarni, Dil lavhiga yoz: Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Menga esa HAVO Yetmaydi xolos.13 Lirik qahramonlarining tuyg‘ulari, shoir berayotgan fikrga vobasta. Lirik qahramonning kechinmalari shoirning aniq yo‘naltirilgan xulosasi bilan qorishib ketgan. Unda xoh farzandning dardli nolalari bo‘lsin, xoh oshiqning sevgisi - bu tuyg‘ular lirik kechinmaning asosini tashkil etadi. Shoirning lirik qahramonlari kechinmalarini nozik badiiy bo‘yoqlar bilan ifodalay olgan. Bundan tashqari, shoir asarlaridagi qahramonlar kechinmalarida so‘z orqali vujudga keluvchi qalbning ajib holati mavjud. Bu qalb holatini esa shoir o‘zining go‘zal fikrlari bilan uyg‘unlashtirgan. Buni ko‘z emas, ko‘ngil bilan ko‘ra olish mumkin. Ulug‘ mutafakkir Jaloliddin Rumiyning “Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil”, degan hikmatlari bu o‘rinda yana bir bor o‘zining mohiyat jilolarini namoyish qiladi. Umuman, lirik qahramon obrazini yaratishda lirik kechinma tasviri va shu tasvir orqali shoir bermoqchi bo‘lgan fikr muhim ahamiyatga ega. Bu hol esa shoir Muhammad Yusuf ijodida uyg‘un va tarovatlidir. 13 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 274. 26 II bob. Muhammad Yusuf lirikasining KHK da tahlil qilish usullari 2.1. Lirik qahramon ruhiyati ifodasida makon va zamon birligi tahlili Bizning kunlarimizda adabiyotning xalqchilligi masalasiga e’tibor bir qadar urfdan qolganday tuyuladi. Chunki “xalqchil”lik sho‘ro zamonida sinfiylik bilan izohlanar, bir xalqning o‘zi “bizniki” va “dushman” toifalarga ajratilardi. Go‘yo “mehnatkash” va “ezuvchi” larning har birida alohida-alohida adabiyot mavjud bo‘ladi, degan g‘ayriilmiy nazariyaga asoslanilar edi. Agar biz xalqchillikni xalq va millatni anglash, badiiy asarlarda uning ruhini aks ettirish, so‘z san’atini nisbatan kengroq auditoriya ma’naviy olamiga yaqinlashtirish tarzida tushunsak, bu terminni asl ma’nosida izohlagan bo‘lamiz. Zotan, tushunarli, samimiy ifodagina qalbga yo‘l topadi. Elning fikr-tuyg‘u va irodasini birlashtirishga ko‘maklashadi. Umumxalq ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy adabiy ideallarga yo‘naltiradi. Masalan, o‘zi ko‘tarayotgan muammolar nechog‘lik muhimligi, qanchalar keng va teran ekanini anglagan shoir Muhammad Yusuf mustaqillik davri ijtimoiy- ma’naviy hayotiga faol ta’sir etishga urindi. Bu hol uning dunyoqarashi, faolsafiy estetik konsepsiyasi istiqlol g‘oyalariga hamohangligini ko‘rsatadi. Elimiz shoir ko‘ngil ko‘zgusida o‘zini, o‘zligini ko‘rdi. Xayotining manzaralarini his etdi. Olis va yaqin tariximizga shu botiniy nigoh bilan boqib ko‘rdi. Yosh avlod esa, yuksak ideallarga talpinishni o‘rgandi. Chunki, Muhammad Yusuf she’riyatida milliy kolorit jilvalari badiiy yuksak pafosda kuylangan. Qolaversa, uning bitiklarida shakl, mazmun, ohang jihatidan folklorga yaqinlik yorqin ko‘rinib turadi. Badiiy umumlashmalarida ham beg‘ubor soddalik va samimiyat ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan ham shoir lirik merosi va 27 uning lirik qahramonini mustaqillik davri ideallaridan, xalqimiz necha ming yillar davomida orzulagan maqsad intilishlardan ajratish mumkin emas. Aslida, badiiy ijod qaysi ko‘rinishda, ya’ni xoh og‘zaki, xoh yozma shaklda bo‘lmasin, u o‘zining xalqchilligini namoyon qilsagina xalq sevgan asarlarga aylanadi. Adabiyotda xalqchillik tushunchasining mazmuni shundaki, u o‘zida xalq ruhini, xalqning eng ilg‘or xususiyatlarini qamrab oladi. Xalqchillik haqida rus tanqidchisi V.G.Belinskiy shunday fikr bildirgandi: “... agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulq-atvorini, urf-odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo‘lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o‘ziga xos shakllarida namoyon bo‘ladi, binobarin, hayot tasviri haqqoniy bo‘lsa, u xalqchil hamdir” . Yirik nazariyotchi olim I.Sulton ham xalqchillik tushunchasiga alohida e’tibor berar ekan uni quyidagicha ta’rif etadi: “Xalq manfaatlarini u yoki bu darajada ifoda eta bilgan asar xalqchildir. Bu xalqchillikning bosh kriteriysi (o‘lchovidir). Xalqchillikning yana quyidagi element yoki tashqi alomatlari mavjud: a) adabiyot va san’at asarining xalqqa tushunarli vositalar bilan yaratilishi; b) yozuvchi ijodining xalq ijodi bilan chambarchas aloqasi; folklorda uchraydigan syujetlardan, tasvir vositalaridan, qahramonlarni tavsiflash usullaridan va hokazolardan foydalanish; v) adabiyot va san’at asarida mehnatkash xalq hayotining va xalq hayotida ijobiy rol o‘ynaydigan qahramonlarning tasvirlanishi; g) adabiyot va san’at asarida muallif mansub bo‘lmagan “begona” xalqlar hayotini ob’ektiv tasvirining mavjudligi, ya’ni yozuvchi ijodining xalqlar tengligi va do‘stligi ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi” . Prof. T.Boboyev esa xalqchillik tushunchasini ta’riflar ekan, uni san’at va adabiyotning badiiyligini belgilovchi muhim fazilatlardan biri deb e’tirof etadi. Shu qatorda “... xalq uchun ahamiyatli bo‘lgan hayotiy masalalarni o‘rtaga qo‘yish, xalq hayotining eng muhim tomonlarini aks ettirish, mehnatkashlarning porloq orzu-umidlarini va ideallarini ifodalash” xalqchillikning muhim tamoyili 28 ,deb hisoblaydi . Shubhasiz, olimning bu qarashlarida qisman sinfiylik belgilari ham iaks etgan, ammo u badiiy adabiyotning vazifasi xalqning hayoti va turmushi, uning orzu-umidlari, manfaatlarini tasvirlashdan iboratligini to‘g‘ri ibelgilagan. Xalqchillik xalqqa xos bo‘lgan xususiyatlarni asardagi qahramonlar, xususan lirik qahramon xarakterida aks etishi, xalq tilida yozilishi, unda frazeologizmlar va obrazlardan foydalanishida ham anglashiladi. Yuqoridagi fikrlarga tayanga holda aytish mumkinki, haqqoniylik – reallik xalqchillikning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, u adabiyot va san’at asarlarida tasvirlanayotgan makon va zamon birligidagina o‘z ifodasini to‘g‘ri anglatadi, degan xulosaga kelish mumkin. Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng erk g‘oyalari adabiyot va san’atda yanada kuchliroq o‘z aksini topa boshladi. Xuddi shunday orzular qanotida o‘zbek adabiyotida xalqning o‘tmishi, buguni va ertasini kuylagan shoirlardan biri Muhammad Yusuf edi. Shoirning ko‘plab she’rlari xalq poetik ijodidagi shakllarga yaqin turadi. Bu esa shoirning xalq poetik ijodini tinimsiz o‘rganib, ulardan oziqlanganligini va ijodiy foydalanganligidan dalolat beradi. U o‘z ijodida goh xalq qo‘shiqlaridan, laparlardan foydalansa, goh xalq maqollariyu iboralarini mahorat bilan she’rga singdirib yuboradi. Shu bilan birgalikda, she’rlarni xalqqa tushunarli bo‘lgan so‘zlashuv uslubida yozadi va shu til orqali xalq dardini kuylashga intiladi. Bu esa shoir ijodini xalq qalbiga yaqinlashtiruvchi omillardan biridir. “Kechagina qishloqdagi qizlarning bari”, “Ko‘nglimdagi yor”, “Onaizor”, “Samarqand”, “Kelinchak”, “Eslash”, “Sevgi sadosi”, “Madhiya”, “Iftixor”, “Vatanim”, “Chimildiq”, “Xalqona”, “Ajab”, “Qiyosi yo‘q aslo” kabi asarlari xalqchillik bilan sug‘orilgan she’rlar qatoridan o‘rin olgan. She’r – shoirning o‘zligi, uning mohiyati. Shunga ko‘ra, Muhammad Yusuf ijodida xalqona tafakkur tarzining ustunligi shoirning fikrlash va turmush tarzi, dunyoqarashi, boringki, butun borlig‘i xalqqa judayam yaqin ekanligidan, ruhiyatidagi to‘lqinlaru hissiyot mavjlarini boshqacha ifodalay olmasligidan dalolatdir. Shu sabab shoir har bir tasvirlanayotgan voqea-hodisaga, masalaga xalq manfaatlari va orzu-umidlari 29 nuqtai nazaridan yondashadi, umuminsoniy dunyoqarashni va g‘oyaviylikni namoyish etadi. Muhammad Yusuf “Xalq bo‘l, elim” she’ri orqali xalq ongiga birdamlik, hamjihatlik, hamfikrlik kabi g‘oyalarni singdirishga intiladi. Bu harakat she’rning bosh pafosiga aylangan. Ushbu she’r xalqni birdamlikka chorlashi bilan ajralib turadi. Shoir Muhammad Yusuf esa elni xalq bo‘lishga chorlab tarixning ayovsiz g‘ildiragi ostida toptalib kelgan, sobiq Ittifoq davrida o‘zining kimligini ham unutayozgan elini, xalq bo‘lib yashashiga umid ko‘zi ila qaraydi. Xalq bo‘lib birlashgan va yashagan davrlarini esa bir-bir eslatadi. Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib qurimasin daryolarim. Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang – xalq bo‘l, elim. Darhaqiqat, Hamid Olimjon ta’rif berganidek, qadimiy Turon o‘lkasining “kokilini yuvib turgan ikki daryo” o‘zligini unutib qarovchiz qolib, qumlar bosib qurimasligini tilaydi. O‘z tarixi, o‘z ma’naviyatiga ega bo‘lgan ona yurtning o‘z navolari qaytishini istab, shu yurtning shon-shuhratini himoyalashga bel bog‘lagan alp yigitlarning beshigini tebratgan momolar ruhini shod etishga, elni birdamlikka chorlaydi. Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana, Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana. Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana, Moziyni yod etay desang – xalq bo‘l elim14 . Shoirning lirik qahramoni o‘zi istagandek mustaqil, ozod yurtda yashar ekan, bu yurt unga zavq bag‘ishlaydi. Xalqini bu erkdan daryodek jo‘shishini, mustaqillikdan zavqlanishini xohlaydi. Erk shodiyonasini xalq bayramlariga aylanishini chin dilidan istaydi. Bu istak esa xalq bayramlarida o‘zi xohlaganidek xalqning sevinch ko‘z yoshlariga aylanadi. 14 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 23. 30 She’rga singdirilgan bosh g‘oya elni xalq bo‘lishga chorlashdir. Bu g‘oyadan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, kishilarning azaliy orzusi lirik “men” ifodasida ramziy obrazlardan foydalanish natijasida xalkchillik kasb etgan. Muhammad Yusuf lirikasining ko‘zga tashlanib turuvchi asosiy fazilati uning yetukligidir. Bu yetuklik avvalo Muhammad Yusuf she’rlarining ravon va qo‘yma, kompozitsion jihatdan puxta va tugallangan bo‘lishida ko‘rinadi. Bu jihatdan “Rayhon” she’ri ayniqsa, xarakterlidir. Shoir har bir bandning, har bir misraning benihoya mazmundor bo‘lishidan, ilgari surayotgan g‘oyani yorqin ifodalashga xizmat etishidan tashqari, uning nihoyatda ravon va musiqiy bo‘lishiga ham erishadi: Rayhon, aylanay rayhoningdan sening, Oyqaboq go‘zalim, joningdan sening. Kulib ko‘klaringdan tushmaysan, qara, Oy o‘tsa uyalar yoningdan sening15 . “Rayhon” she’ri qoliplovchi kompozitsiya asosida yaratilgan. Bu kompozitsion uslubiga ko‘ra, shoir asar boshlanishida tasvirlangan manzaraga yoxud sharoitga asarning oxirida yana qaytadi. U odatda shoirga poetik asarni kompozitsion chiziq bilan o‘rab, uning yaxlitligini va tugallanganligini ta’kidlash imkonini beradi. Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning she’rlarida mavjud bo‘lgan kompozitsion takrorlardir. Shoirning “Muhabbatim”, “Onamga”, “Samarqand”, “Kapalaklar”, “Yolg‘onchi yor”, “Xalq bo‘l, elim”, “Ruh to‘tisi”, “Ketar bo‘ldim”, “Ko‘klamoyim” kabi she’rlarida o‘ziga xos takrorlar mavjudki, bular muntazamlik baxsh etuvchi, butun fikrlarning boshini qovushtirib turuvchi muhim kompozitsion element sifatida she’rda katta rol o‘ynaydi. Bu takrorlar quruq ohangdorlik bag‘ishlovchi takrorlar emas, aksiicha,- ularning har biri kompozitsion bo‘lakda yangicha xarakter, yangicha mazmun kasb etadi. 15 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 45. 31 Muhammad Yusuf lirikasida kompozitsiyaning zohiriy elementlari ham ko‘zga tashlanadi. Masalan shoirning “Go‘zallarim” she’ri “Go‘zallarim go‘zal aldaysiz” misrasi bilan boshlanib, shu misra yordamida poyoniga yetadi. Ushbu misra she’rda kompozitsion xalqa bo‘lib xizmat qilgan. Bu esa she’r tuzilishida o‘ziga xos yaxlitlik bag‘ishlagan. “Nechun” she’rida ham Muhammad Yusuf kompozitsion halqadan foydalanib kindek qoni to‘kilgan tuproqqa bo‘lgan muhabbatini ko‘rsata olgan. Bu muhabbatdan azizroq tuyg‘uga ishontirish uchun «Nechun qulluq kilmay Andijonga men» deya e’tirof etadi: Tuprog‘i jannatdek qilguvchi g‘amza Men o‘sha yam-yashil vodiydan maysa. Ming jonim sadag‘a bitta jilmaysa - Nechun qulluq qilmay Andijonga men . Ushbu kompozitsion bo‘lak asarning boshida, o‘rtasida, oxirida takrorlanadi va she’rda lirik qahramonning ruhiyatini qamrab oladi. Muhaammad Yusuf kompozitsion usullardan yana biri bo‘lgan ko‘chuvdan ustalik bilan foydalanib, asarlarini jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtiradi. Ushbu usulni shoirning “Muhabbat” she’rida uchratamiz: Qalbga zardob bo‘lib to‘lganing alam, Gohi ochilmasdan so‘lganing alam Muhabbat, muhabbat, hammasidan ham Sochga oq tushganda kelganing alam!..16 . Bu usulni shoirning ko‘plab sherlarida uchratish mumkin. “Singlimga maktub”, “Sevgi bu”, “Qizil olma”, “She’riyat bu”, “Samarqand” kabi bir qator she’rlari shular jumlasidandir. Muhammad Yusufning mahorati she’rlarining sarlavhalarida ham yorqin ko‘rinadi. Shoir she’rlarining mazmunidan kelib chiqib sarlavha tanlaydi. Sarlavhani asarlarining g‘oyasini ochish vositasi sifatida ishlatadi. “Erka kiyik”, “Oqibat”, 16 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 55. 32 “Iqror”, “Ajib dunyo”, “Onamdan xat”, “O‘zbekning ayollari”, “Hayrat”, “Lolaqizg‘aldoq” shular jumlasidandir. Muhammad Yusuf o‘z ijodida ga ham alohida e’tibor bergan. Jumladan, “Bir qiz yig‘lar” nomli she’rini tahlil qilar ekanmiz, sevgi azoblaridan, sevgi yolg‘onlaridan iztirob chekib ko‘z yosh to‘kayotgan, aldangan bir munis muhabbat qurboni portreti ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. She’rda tabiat (ya’ni peyzaj) va inson o‘rtasidagi uyg‘unlik holati o‘z o‘rnini topadi. Yer bag‘ridan ko‘z yosh singari sirg‘alib chiqayotgan buloq boshida bir umrga ma’yuslikka mahkum bo‘lgan majnuntollar qoshida iztirob to‘la ko‘z yosh to‘kayotgan lirik qahramon gavdalanadi. Kitobxon uning tuygularini xis kiladi,tasirlanadi. Xullas, makon va zamon (fazo va vaqt) olam mavjudligining umumiy shakllaridir. Muhammad Yusuf poetik idrok asnosida, xalqimizning qadimiy qarashlariga tayanib, borliqni ravshanroq ko‘rish va ifoda etishga urindi. Borliq va yo‘qlik haqidagi ko‘lamdor fikr qarashlarini ilgari surdi. Makon va zamonni uzviy va o‘zaro bog‘liq tushunchalar sifatida angladi. Hodisalarni ketma-ketlik va izchillikda idrok etdi. Jarayonlarni davomiylikda olib qararkan, elning erk va ozodlik haqidagi ideallarini olis moziy bilan bog‘ladi. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarishlarni har lahza she’rga solishga, vaqtning mazmunini poetik moddiylashtirishga urindi. Tarixiy o‘tmishni topologik mazmunda, ya’ni bizning bugungi hayotimizga daxldorlik negizida o‘zlashtirdi. Boshqacharoq aytganda, millat tafakkurining ikki nuqtasini istiqlol g‘oyalari asosida tutashtira oldi. 2.2. Muhammad Yusuf she’riyatining yetakchi obrazlarlar talqini Odatda, barcha ijod ahli o‘z badiiy asarlarida obrazlarni, g‘oyaviy maqsad yo‘lida qo‘llaydi. Badiiy obrazlar orqali personajlarning kechinmalarini, yashash sharoiti va muhitga bo‘lgan munosabati ham ifodalanadi. Natijada har bir obraz muayyan g‘oyaviy yuk tashiydi. Ijodkor badiiy niyatiga ko‘ra va asar g‘oyasini ifoda qiluvchi obrazlar ta’sirchanliklarini kasb etadi. Xalq shoiri Muhammad 33 Yusuf she’riyatiniig g‘oyasi va obrazlari xususida fikr yuritganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, she’rlarining bosh g‘oyasi yaratgan obrazlarining jon qoniga singib, kitobxonni inson shaxsi va hayoti haqida fikrlashga, inson ko‘nglini anglashga, his qilishga yo‘llaydi. Gul, shabnam, olma, oy, yulduz, yalpiz, majnuntol, maysa, ufq, qush, ohu va shu kabi timsollar Muhammad Yusuf she’rlariga xos yetakchi obrazlardir. Bu timsollarda shoir olami xilma-xil jihatlardan his qilinadi. Bilamizki, Qizg‘aldoq - tabiat kelinchagi bahor faslining o‘ziga xos ramzi. Biz bahor haqida fikr yuritar ekanmiz, uni qizg‘aldoqsiz tasavvur etishimiz mushkul. Qirlar bag‘rida o‘sib, alvon rangda qiyg‘os ochiluvchi qizg‘aldoq boshqa gullardan ko‘rinishi va tarovati bilan farq qiladi, qalbni his-tuyg‘uga to‘ldiradi. Qiyg‘os ochilgan qizg‘aldoqning qirlarga nafis tus berishini, shamolda boshini egib tebranishini kuzatish yoqimli, jozibali. Shoir shu go‘zallikni “Qizg‘aldoq” she’rida poetik bo‘yoq va ohang uyg‘unligida tasvirlashga erishgan. Shoir qizg‘aldoq obrazini jonlantirib, tabiatning jonli bo‘lagi sifatida suratlantiradi. O‘quvchini bu gulga qalb ko‘zi bilan boqishga undaydi. Shoir “Sevgi bamisoli” deb boshlanuvchi she’rida qizg‘aldoqni muhabbat ramzi sifatida namoyon etib, chuqur mushohadaga undaydi: Sevgi bamisoli lolaqizg‘aldoq, Teginmay bo‘lmaydi, Tegsang to‘kilar. Alvon bir gumbazning o‘rtasi oppoq... Buni bir menu bir kapalak bilar. Ilk muhabbat bilan qizg‘aldoq o‘rtasidagi o‘xshash qirralarni topgan shoir muqaddas tuyg‘uni nafis, nozik va go‘zal lolaqizg‘aldoqqa o‘xshatadi. Qizg‘aldoqni ilk muhabbatga qiyoslaydi. Muhabbat ham qizg‘aldoq singari qalbning eng nozik tuyg‘usi, qizg‘aldoq ham ko‘ngildagi ish yanglig‘ ba’zan hislarni uyg‘otadi. Muhammad Yusuf ijodida qizg‘aldoq obrazi qadrlanmagan muhabbat timsoli sifatida ham gavdalanadi: Men o‘sha gumbazga boshimni suqdim - 34 Qizil ko‘ylakli bir qizgina kular: Bunday boqma menga, uqdingmi? Uqdim... Buni bir menu bir kapalak bilar. Misralar fikrimiz dalili bo‘lishi mumkin. Qizg‘aldoqning tabiiy go‘zalligi va noziklik belgilaridan ijodiy foydalangan shoir muhabbat tushunchasini turfa jihatlardan yoritadi, yangi ma’no qirralarini poetik kashf etadi. Mana bir misol: So‘ng u oqqanotim uchdiyu ketdi, Uning umri bir kun - choshgohda o‘lar. Momo yer aylanib manzilga yetdi, Buni bir menu bir charxpalak bilar... Darhaqiqat, muhabbat bir visol bilan nihoyasiga yetguvchi tuyg‘u emas. Shoir Qizg‘aldoq obrazini faqat muhabbat timsoli sifatida tasvirlamay bu obrazni goh sodda qizaloqqa, ba’zan aldangan yorga, hamdard do‘stga, sirdosh singil va armon tuyg‘usida o‘rtangan oshiqqa qiyosan tasvirlaydi. “O‘g‘lonlar” she’rida qizg‘aldoqning xokisorlik xususiyatiga urg‘u berilib, u fidoyi o‘g‘lonlarga o‘xshatiladi. Bir daryoga ulanmagan irmoqlar, Bir qiz sochin silamagan barmoqlar, Bir tuproqqa to‘kilgan qizg‘aldoqlar, Bevaqt qurbon bo‘lib ketgan o‘g‘lonlar17 . “O‘zbek qizlari” she’rida esa o‘zbek qizlarining soddadilligi soddalik ramzi bo‘lgan qizg‘aldoqqa o‘xshatiladi, sir yashirgan ko‘ngillari ruhiyati qizg‘aldoq obrazi orqali ochib beriladi. Jilmaysa nur yog‘ar gul yonoqlardan, Sir yashirar hatto qizg‘aldoqlardan. Oftob botgandan so‘ng xilvat bog‘lardan, Behuda izlamang sira izlarin - Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin...18 17 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 67. 35 “Mana shu - men tug‘ilgan go‘sha” deb boshlanuvchi she’rida qizg‘aldoq hamdard singil qiyosida namoyon bo‘ladi. Shoir yozadi: Yodladimu aytolmay unga, Bag‘ri dilim to‘ldi dog‘ bilan, Osmonlarga termulib yotdim, Tomda singlim qizg‘aldoq bilan She’rning so‘nggi ikki misrasida bu obrazni shoir mehribon, hamdard singil sifatida qo‘llaydi. Qalbidagi yurak dog‘ini ham qizg‘aldoqqa qiyoslaydi. Anglashiladiki, M.Yusuf she’rlarida qizg‘aldoq obrazi xokisorlik, ezgulik, poklik, bir so‘z bilan aytganda, vafo ramzi sifatida ko‘zga tashlanadi. “Qizg‘aldog‘im” she’rida ham sabr, vafo yo‘lida o‘zidan, o‘zligidan kechgan, jayron o‘tgan so‘qmoqlarga yoshin to‘kkan qizg‘aldoqni uchratamiz: Qizg‘aldog‘im, qirdan bo‘lak koshonang yo‘q, Kokil yoysang, yerdan bo‘lak toshoynang yo‘q, O‘ksib- o‘ksib turganingda o‘zim borib Peshonangdan o‘pay desam peshonang yo‘q Shoir qizg‘aldoqda ayrim insonlarga xos manmanlik kabi illatni emas, asta bosh egib turishi ulug‘vorlikni ko‘radi, insoniy dardni his qiluvchi, qalbi uyg‘oq odamlarga, kamtarin insonlarga o‘xshatiladi. Sollanasan kelinchakday boshing egib, Jayron o‘tgan so‘qmoqlarga yoshing to‘kib, Qizil yuzing qon dilimga turar tegib, Meningdek sen g‘aribning ham parvonang yo‘q.. “Jayron” she’rida Qizg‘aldoqqa ta’rif beriladi: Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq, Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq. Shoir nazdida qizg‘aldoq shijoatkor jayronning to‘kilgan yurak qonidan paydo bo‘lgandek... Yilda bir marotaba keladigan bahordan quvonchlarga to‘lgan 18 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 275. 36 qizg‘aldoq bag‘ri to‘lib gulgun yashnaydi. O‘zi go‘zallashib, tabiatni ham yanada ko‘rkamlashtiradi: Qadring bilgan, darding bilgan, ayt kiming bor?... Kelib-ketar bahor senga bevafo yor, Go‘zalsanki, senga bari gullar ag‘yor, “Oh” ursang, bir ohing tinglar ostonang yo‘q... Bahor o‘tishi bilan qizg‘aldoq go‘yo yer bag‘riga singib ketgandek g‘oyib bo‘ladi. Kelgusi bahorda esa shu hol qayta takrorlanadi, yillar osha shu holat takrorlanaveradi. Tabiatning bu hodisasidan ustalik bilan foydalangan shoir yorini intiq kutgan oshiq holatini qizg‘aldoqda jonlantiradi. O‘z sevgilisi visoliga oshiqqan qalb iztiroblari qizg‘aldoqning o‘z bahorini sog‘inch bilan kutib yashashiga o‘xshatiladi. Muhammad Yusuf insof, imon, oqibat, sof qalb, ezgulik kabi muqaddas tuyg‘ularni “Qizg‘aldoq” obraziga jo qila oldi: Oldingga men borolmasam, o‘t gunohim, Bir yo‘qlab qo‘y, men dunyodan o‘tgan chog‘im, Qabrim uzra hilpirab tur, qizg‘aldog‘im, Muhammaddan bo‘lak do‘sti devonang yo‘q19 ... Shoir tabiatga, hayotga ijodiy yondashar ekan, uning abadiy, tuganmas ekanligiga tan beradi. Hayot, tabiat qoshida o‘zining qilgan mehnatlari oz ekanligini e’tirof etadi. Shoirning o‘zidan keyin ham tabiat bag‘ridagi qizg‘aldoq qolishiga ishonchi, oddiygina tabiat hodisasidan falsafiy fikr yuritishi mehrmuhabbat ramzi bo‘lgan qizg‘aldoqni abadiyatga muhrladi. Zero, insonning pokiza tuyg‘ulari ham abadiydir. A.Oripov, Rauf Parfi ijodida o‘zbek she’riyatida an’anaviy obrazga aylangan. “Uchinchi odam” obrazini uchratamiz. A.Oripov talqinicha “uchinchi odam” shunday kuchga egaki, uningsiz biror ish, biror yumush hal bo‘lmaydi. U payg‘ambar shakliga kirib, bandalariga “xudodan dalolat beradi”; ne-ne o‘jar shohlardan elchi bo‘lib, goh bosh keltirib, gohida boshi ketadi. U azaldan tiriklikka 19 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 53-54.. 37 hakamlik qiladi. Muhammad Yusuf uchinchi odam obrazining muhabbat bobidagi qirrasini talqin qilar ekan, shu qirraning yangi ma’nolarini yoritadi. O‘sha uchinchi odamning muhabbat bobida buyuk bir mahram ekanligiga alohida e’tiborni qaratadi. “Uningsiz visol ham yo‘qdir aslida” deya o‘z she’rlarida isbotlashga harakat qiladi. Jumladan, shoirning “Dalada” she’rida ikki intiq qalbning bir-biriga intilishiga kontrast holda uchinchi odamning ajratishga urinishini aks ettiradi: Qovushmagan ikkita taqdir. (Balki u ham o‘zicha haqdir). Orasiga ikki egatni Atay tashlab o‘tdi brigadir... She’rning ta’sir doirasini oshirish hamda ohangdorlikni yuzaga chiqarish uchun ham “Atay tashlab o‘tdi brigadir” misrasini ishlatgan shoir uchinchi odam obrazini yaqqolroq gavdalantirishga muvaffaq bo‘lsin. Hali bir-biriga yetisha olmagan ikki taqdirning orasiga brigadir atay ikki egatni tashlab o‘tib ketishi “uchinchi odam”ning yumushi sifatida talqin qilinadi. O‘z tushunchasiga ega bo‘lgan uchinchi odam, ya’ni brigadir esa o‘zicha haq. Shoir poetik detaldan (ikki egat) foydalanib, poetik mohiyatini ochishga erishgan: Hamma qizning ko‘zi ularda, Hammasi bir bo‘lib o‘ylardi. Orasiga ikki egatni Atay tashlab o‘tdi brigadir. misralari bilan davom ettirar ekan, shoir sevishgan ikki qalbni kuzatib turgan barcha qizlar ham brigadirning ataylab sevishgan dillarni ajratish, bir-biridan uzoqlashtirish uchun egatlarni tashlab ketganligiga ishora qiladi. Zorlanadi yalinchoq nigoh - Kel yonimga birga teramiz. - Unamaydi tortinchoq nigoh: - Odamlarga kulgu bo‘lamiz...20 20Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 99-100. 38 Ikki oshiqniig nigohidan tashkil topgan ushbu dialog she’rning samimiyligini oshirib, unga o‘zgacha nazokat, ta’sirchanlik baxsh etgan lirik qahramonning o‘ziga xos insoniy fazilatlarini yoritishga, talqin qilishga harakat qilgan shoir odamlar qismati, hatto tuyg‘ulari she’rdagi uchinchi odam boshlanish qismida ham ba’zan “uchinchi odamlar”ga bog‘liqligi, ularning gap-so‘zi, g‘iybatlari oqibatida pok tuyg‘ular zavol topish mumkinligiga e’tibor qaratadi. Brigadir timsolida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi bandida qishloqdoshlar obraziga aylanadi. She’rda Muhammad Yusuf go‘yo ustozi Abdulla Oripov uslubini qo‘llab, uchinchi odam, hatto, muhabbat bobida ham hakam ekanligi fojia ekani dard bilan ifoda etiladi. “Hamon esga tushsa vujudim muzlar” deb boshlanuvchi she’rida shoir she’rning to‘rtinchi misrasida qo‘llangan qo‘sh qofiyadan foydalanib, ta’sirchanlikni va ohangni o‘ziga xos tarzda ta’minlangan. Shu sababli ham to‘rtinchi misrani yuqoridagi misralar singari o‘n bir bo‘g‘indan qilib olmaydi, uni to‘ldirmaydi. Shoir she’rda ifodalangan poetik fikrning davomi borligiga o‘quvchini tayyorlaydi. She’rda lirik qahramonning o‘zbekona soddaligi, beg‘ubor yoshligi, ishonuvchanligi sabab muhabbatini yo‘qotganligi tufayli chekkan iztiroblari tasvirlanadi. Hamon esga tushsa vujudim muzlar O‘sha olis oqshom, o‘sha eski g‘am Ketaveribman-a ket desa qizlar, Senga aytmabman ham. Jayron hurkardida o‘zi qaddingdan, Sevmaydi deyishsa, ko‘nibman mulzam. Shu gap rostmi deya borib oldingdan, Bir bor o‘tmabman ham. She’rni o‘qir ekanmiz, soddagina yigitning ulg‘ayib hayot sirlaridan ogoh bo‘lgandangina yo‘l qo‘ygan xatolarini tushunib yetganligi, qalbida armon bo‘lib qolgan o‘sha oqshom, o‘sha yo‘qotilgan muhabbati, qalb jarohati tufayli kechirgan ruhiy holati to‘la ifoda qilingan. Ammo shoir bu iztiroblar sababiga e’tiborni 39 tortadi. Odamlarni mangu azob chekishga mahkum etgan “uchinchi odam” kim? Yigitlikdagi g‘o‘rlik, soddalikmi? Yoshlikdagi oriyatmi? Yoki qizlarning qaltis hazilimi? Oqibatsizlikmi? Diyonatmi? Adolatsizlikmi? Qo‘llarim ko‘ksimda, betinch, betoqat, Ta’zimlar qilurman senga ushbu dam U-menmi, u-senmi, kim bo‘lma, faqat Senga insof bersin, uchinchi odam! Uchinchi odam - u kim bo‘lmasin, qay holatda bo‘lmasin shoir ularni insof va adolatga chaqiradi. “Kufurli dunyoda oz emas, axir, o‘shaning izmidan yurgan siymolar” xulosa fikr esa she’rxonni ushbu badiiy umumlashmadan xulosa chiqarishga undaydi. FSMU tе
Download 43,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish