Kurs ishi tuzilishi:
Kirish…………………………….
I BOB. HINDISTON – YUKSAK MADANIYAT O’CHOG’I…………………………
1. Qadimgi Hindiston tarixi va madaniyatiga xos bo`lgan xususiyatlar,
2. Hindiston san’atining gullab yashnashida Maurya sulolasi davrining ta’siri
II BOB. QADIMGI XITOY SAN’ATI RIVOJI………………………
2.1. Qadimgi Xitoyda san’at namunalarining vujudga kelishi
2.2. Qadimgi Xitoy madaniyatida maqbaralarning ahamiyati
Xulosa………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar……………………
Qadimgi Hindiston tarixiga doir asl nusxa manbalarining ko'p qismi yo'q bo'lib ketgan. Qadimgi hind adabiyotining ko'p asarlari qayin po'stlog'iga yoki palma daraxti barglariga yozilgan bo'lib, ular Misrdagidan ko'ra ancha nam iqlim sharoitiga bardosh bera olmagan (Misrda papirusdan mo'rt material ham saqlangan). Ikkinchi tomondan, yong'inlar Old Osiyoning kitoblariga zarar keltirmagan bo'lsa, qadimgi Hindiston kutubxonalari va arxivlarini obdan xarob qilgan, toshga o'yib yozilgan matnlarning asl nusxasi saqlangan bo'lsada, ular nisbatan ozdir.
Qadimiy Hindiston san’ati va madaniyatiga xos bo‘lgan xususiyatlar.
Hindistonning shimoliy g‘arbidagi Hind daryosi havzasi Moxenjo-Doro
(Sind viloyati) va Xarappadan topilgan qadimgi shahar qoldiqlari, madaniyat
yodgorliklari eramizdan avvalgi 3-2 minginchi yillardayoq Hind san’ati o‘ziga
xos yorqin va jozibador, fantaziyaga boy san’at bo‘lganligini tasdiqlaydi va
mifologiya asosida qimmatli san’at namunalari yaratilganligini anglash
imkoniyatini beradi.
Eramizgacha bo‘lgan davrdan bir necha asr oldinroq, bu yerda matematika,
tilshunoslik, falsafa, tibbiyot ravnaq topgan, hunarmandchilik rivojlangan,
yozuv paydo bo‘lgan. Me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati birbiri bilan uyg‘unlashgan holda rivoj topgan. Eramizdan avvalgi bir minginchi
yillarning ikkinchi yarmida bu yerda dastlabki davlat paydo bo‘lgan. Adabiy
manbalarga ko‘ra shu davlatlarda ajoyib, hashamatli yog‘och me’morchiligi
ravnaq topgan. Bu yerda paydo bo‘lgan buddizmning Osiyoga tarqalganligi ham
shundan dalolat beradi.
Hindiston san’ati ham qator bosqichlarni bosib o‘tgan, goh grek san’atining
ta’sirida bo‘lgan. Lekin shunga qaramay uning san’atida o‘ziga xoslik mavjud
bo‘lib, u asosan xalq san’ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta’sirida bo‘lgan.
Hindiston Shumer, Akkad va Messopotamiyaning boshqa davlatlari,
shuningdek Misr bilan yaqin aloqada bo‘lgan, ular orasida savdo-sotiq
rivojlangan.
Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Maurya sulolasi (er.av. 322-
185 yillar) ayniqsa, Ashoka imperatorligi davri (er.av. 272-232 yillar)da sodir
bo‘ldi. Ashoka hukmronlik qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din dastlab
Hindistonga, keyinroq Sharqning qator davlatlariga tarqalgan. Buddizmning
tarqalishi u bilan bog‘liq ibodatxonalar qurilishiga, tasviriy san’at
namunalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Buddaga bag‘ishlangan
me’morchilik kompozitsiyalarida Qadimgi Hind me’morchiligidagi mavjud
an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan qo‘shilib ketgan
afsonalar o‘z ifodasini topdi.
Buddizmning muhim yodgorliklaridan yana biri ustunlardir. Ular yaxshi
pardozlangan yaxlit toshdan ishlangan bo‘lib, Budda ta’limotini targ‘ib etishda foydalanilgan hamda imperiyaning yagonaligini va jipsligini ko‘rsatadigan
o‘ziga xos haykal hisoblangan. Bu ustunlar hayvonlar tasviri ishlangan kapitel
bilan tugallangan. Sarnatxdagi stambx va uning sherlar tasviri ishlangan kapiteli
mashhurdir.
Buddaning darveshona hayot kechirganining ramziy ma’nosi g‘orlarda
ishlangan ibodatxonalardir. Bunday ibodatxonalar qoyalar ichiga ishlangan,
ichkarida koxinlar xonasi va ibodatxona joylashgan. Uning xonalari qoya ichiga
o‘yib kirgan, devorlari esa haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bezatilgan.
Kiradigan eshigining to‘g‘risida, xonaning dumaloq qilib ishlangan tomoniga
esa stupa o‘rnatilgan.
Qadimgi Hind so‘nggi taraqqiyoti Guptalar sulolasi (320-450 yillar)
davriga to‘g‘ri keladi. Bu Hindistonning quldorlikdan feodal munosabatlarga
o‘tish davri bo‘lib, san’at va madaniyatning yanada ravnaq topish davri
hisoblanadi. Adjanta g‘oridagi ibodatxona va uning badiiy bezaklari, devoriy
suratlari qadimgi Hind san’atining eng yaxshi tomonlarini o‘zida
mujassamlashtiradi.
Qadimgi Xitoy san’ati.
Eramizdan avvalgi 4-3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlangan odam
haykallari, odam boshini eslatuvchi ko‘zalar, toshdan ishlangan turli badiiy
buyum va haykallar uchraydi. Bular qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rangbarang bo‘lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida Xitoyda
birinchi bor davlat paydo bo‘ldi. Bu davlatni Shan dinastiyasi boshqardi.
Quldorlik jamiyati shakllanib, rivojlanib bordi. Birinchi shaharlar yuzaga keldi.
Ular aniq rejalashtirish asosida qurildi. Dehqonchilik, hunarmandchilik
rivojlandi. Savdo-sotiq ishlari jonlandi. Shan davridan bizgacha saqlanib kelgan
yodgorlik An’yan rayonidan topilgan katta shahar qoldiqlari hisoblanadi.
Qadimgi Xitoyning muhim yodgorligi Buyuk Xitoy devoridir. Eramizdan
avalgi IV-III asrlarda qurila boshlagan bu devor dastlabki paytda Xitoyning
shimoliy chegaralarini ko‘chmanchi qabilalardan saqlash uchun xizmat qilgan
va 750 km.ni tashqin etgan. Devor tepasida yo‘l mavjud bo‘lib, har 100 m.da
katta minoralar ishlangan. Buyuk Xitoy devori kishilarning kuch-shijoati va
katta irodasini aks ettiruvchi, o‘z xarakteri jihatidan Misr ehromlari bilan
tenglashuvchi va odamlar birlashsa, buyuk mo‘’jizalar yarata olishini
ko‘rsatuvchi yodgorlik tarzida hamon kishini hayratlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |