KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg’or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. Bunda, asosiy e’tibor O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayonini jadal sur’atlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish borasida kechiktirib bo’lmaydigan chora – tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. Mamlakatimizda zamonaviy va jahon sifat andozalariga javob beradigan xalqaro sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish ham shu kabi chora–tadbirlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizning sayyohlik sohasida yetarli darajada va har qanday xorijiy mamlakatlardan qolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi bu borada ko’plab muvaffaqiaytlarga erishishimizni ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq to hozirga qadar zamon talablariga javob beradigan sayyohlik infratuzilmasini tashkil toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. O’zbekistonda xalqaro sayyohlikni rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish uchun tadqiqotlar olib borish varivojlangan mamlakatlar tajribasida foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarga hizmatko’rsatish sifatini yanada takomillashtirish va bozor talablariga to’liq javob beradigan sayyohlik sanoatiga ega mamlakat sifatida dunyo hamjamiyati e’tiborini jalb etishdir. Respublikamizda sayyohlikni rivojlantirishning asosini sifatli xizmat ko’rsatishtashkil etadi. Biroq, murakkab o’tish davri bilan bog’liq ko’plab muammolar,shu jumladan, sayyohlarga hizmat ko’rsatish faoliyatini zamon talablariga mos ravishda boshqara oladigan kadrlar salohiyatining yetishmasligi, tashkilotlar o’rtasida o’rtasidao’zaro munosabatlar tizimining takomillashmaganligi, imkoniyatlarining cheklanganligi, ular tomonidan marketing va reklama ishlarining sust amalgaoshirilayotganligi kabi muammolar tufayli rivojlanish sust bormoqda. Ana shu nuqtai–nazardan olib qaralganda, tadqiqot mavzusi o’zining dolzarb muammolarni haletishga qaratilganidan dalolat beradi.