Hashoratlarning o’ziga xos belgi va xususiyatlari quyidagilardan iborat: - 1. Uch juft, ya’ni oltita oyoqning bo’lishi.
- 2. Gavda to’liq uch qismga ajralgan: bosh, ko’krak va qorin qismlariga.
- 3. Bir juft mo`ylovining bo’lishi;
- 4. Juda ko’pchilik hashoratlarda bir yoki ikki juft qanotlarining bo’lishi;
- 5. Xitinli kutikula qavatining bo’lishi.
Xasharotlarni gavdasi 3 qismga bo`linadi; 1. BOSH 2.KO`KRAK 3.QORIN - Hasharotlarning bosh qismi eng ko’pi bilan 11 ta segmentdan tashkil topgan. Jami gavdasi 19 tagacha segment bo’ladi. Bosh qism umumiy yaxlit xitin bilan qoplangan bo’lib, u ko’krak qismidan ajralib turadi. Bosh akron va 4 ta segmentdan shakllangan. Bosh qismida quyidagi organlar joylashgan: og’iz apparati, bir juft mo’ylovlar, ko’zlar va boshning ichki tomonida miya bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |