III BOB. Maktab darsliklarining raqamli ma’lumotlar bazasini yaratishning tashkiliy va funksional strukturasi.
Maktab darsliklarining ma’lumotlar bazasini tashkiliy strukturasi.
Tashkiliy tuzilma deganda biz kutubxona tarkibidagi bo‘limlar va ularning o‘zaro hamkorligi va bo‘ysunishini bеlgilaydigan tuzilma.
Tashkiliy tuzilma — usullar majmui bo‘lib, dastlab ish jarayoni alohida ish qismlariga ajratiladi, so‘ngra masalani yechish maqsadida xarakatlar muvofiqlashtiriladi. Umuman olganda, tashkiliy tuzilma tashkilot ichida mas’uliyatni va vakolatni taqsimlashni aniqlaydi. Aksar holatlarda tuzilma organigarammalar ko‘rinishida aks etib grafikli sxemalar, ierarxik ravishda tashkillashtirilgan birliklardan iborat bo‘ladi.
Kutubxona tashkiliy tuzilmasi undagi turli bo‘limlar faoliyatini tartibga soladi. Bu esa axborot kutubxona tashkiliy masalalarini samarali xal qilishda muxim rol o‘ynaydi. Kutubxonada avtomatlashtirish vositalari paydo bo‘lishi bilan u yerda yangi bo‘limlar (avtomatlashtirish, elektron kataloglashtirish, kompyuterlashtirilgan zallarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va x.k.) tashkil etiladi.Hozirgi kunda kutubxona eng zamonaviy texnika vositalariga ega bo‘lishi mumkin, ammo mehnatni to‘g‘ri tashkil eta olmaslik, bu texnika vositalarining asosiy funktsiyalarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin. Bunday holda texnika vositalarining foydali ish koeffitsienti kutilganidan past bo‘ladi va ish samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Tashkiliy tuzilma- bu kutubxoda mavjud bo‘lgan bo‘limlar, ularning o‘zaro bir biri bilan bog`liqligi va bo‘ysunishini bеlgilaydi.
Tashkiliy tuzilma(ingiliz.Organizational structure) — usullar to‘plami bo‘lib, avvalo ish jarayoni alohida ish bo‘lomlariga ajratiladi, so‘ngra masalani yechish va ularni hal qilish maqsadida xarakatlar muvofiqlashtiriladi. Umuman olganda, tashkiliy struktura tashkilot ichida vakolatni va mas’uliyatni taqsimlashni aniqlaydi. Odatda tashkiliy struktura organigarammalar (ingiliz. organigram) ko‘rinishida aks ettirilib ierarxik, grafikli sxemalar ravishda tashkillashtirilgan birliklardan iborat bo‘ladi.
Kutubxona tashkiliy strukturasi undagi barcha bo‘limlar faoliyatini tartibga soladi. Bu esa axborot kutubxona tashkiliy masalalarini ijobiy va samarali xal qilishda muxim rol o‘ynaydi. Kutubxonada avtomatlashtirish vositalari paydo bo‘lishi bilan u yerda yangi bo‘limlar tashkil etiladi. Demak, kutubxona tashkiliy tarkibi o‘zgaradi. Kutubxona dunyodagi eng zamonaviy texnika vositalariga ega bo‘lishi mumkin, lekin mehnatni to‘g‘ri tashkil etaolmaslik,bu texnika vositalarining asosiy funktsiyalarini amalga olmasligiga olib kelishi mumkin. Bunday xolda texnika vositalarining foydali ish koeffitsienti kutilganidanholda o‘zgarishi mumkin.
Tаshkiliy strukturа yana bir ta’rif beradigan bo‘lsak -bu хоdimlаrning lаvоzimlаri vа хizmаt vаzifаlаri о’rtаsidаgi munоsаbаtlаrni аks еttiruvсhi grаfik sхеmа.
Tashkiliy struktura - muassasa bo‘limlarining sanoqli va sifatli tarkibini o‘rnatadigan, hamda ularning bir-biri bilan aloqadorligi tartibini sxematik tasvirlaydigan hujjat. Tashkilot strukturasi tashkilot tomonidan yechilayotgan masala tarkibi va hajmidan, tashkilotda yuzaga kelgan axborot va hujjat oqimlarining yo‘naltirilganligi va intensivligidan, hamda uning tashkiliy va moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |