Mavzuli xaritani yaratish uning geografik asosini tuzishdan boshlanadi. Bu geografik asosga bo‘lajak xaritaning barcha mazrauni tushiriladi



Download 29 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi29 Kb.
#78397
Bog'liq
Kartalarning Kartografik Asosi


Mavzuli xaritani yaratish uning geografik asosini tuzishdan boshlanadi. Bu geografik asosga bo‘lajak xaritaning barcha mazrauni tushiriladi. Kartografik asosga meridian va parallel to‘ri, suv obyektlarining qirg‘oq chiziqlari, gidrografik tarmoqlar, aholi yashash manzilgohlari, siyosiy — ma’muriy chegaralar, avto va temir yo‘llar, ba’zan alohida hollarda relyef ham tushiriladi. Tuzilayotgan xarita mavzusi va oldiga qo‘ygan maqsadiga qarab xaritasi tayyorlanayotgan hudud uchun chop etilgan kontur xaritalardan (blankovkalar), yoki shu asosni maromiga yetkazib tayyorlash, kerak bo‘lsa uni generalizatsiya yoki detallashtirish mumkin.

Keyingi jarayon xarita legendasini tuzish bo‘lib, uni tuzishda asos qilib xaritaga tushirilayotgan voqealar u yoki bu tasnifi olinadi. Kartografik belgilar va usullar tanlanadi, shriftlar o‘lchamlari va turlari tanlanadi, pog‘onalar oraliqlari, ranglar gammasi, hamda shkalalar tanlab belgilanadi. Xarita legendasini ishlab chiqish juda muhim jarayon bo‘lib, u qabul qilingan tasniflami mantiqan to‘g‘riligini aniqlashga yordam beradi. Legenda xaritaning butun bor ma’nosini uyg'unlashtiradi, xaritada tasvirlangan barcha elementlami bir tartibga soladi. Ulami ketma-ketligiga urg‘u berib, sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini aniq va to‘g‘ri ifodalanishini ta’minlaydi.

Keyingi bosqichda tayyorlangan kartografik asosga xaritaning mavzu bo‘yicha ishlab chiqilgan legenda asosida tushiriladi. Xaritaning mavzu ma’nosini tushirishda har xil usullardan foydalanish mumkin. Masalan, ba’zi elementlar ma’lumotlardan aynan nusxa ko‘chirish yordamida tushirilsa, boshqasi qo‘lda rasmini chizish yoki fotomexanik proyektor yordamida, sharoitga qarab turib koordinatalar to‘ridan foydalanib chizish yo‘li bilan bajarilishi mumkin, yana koordinatalar bo‘yicha tushirilishi mumkin.

Xaritani tuzish vaqtida generalizatsiya jarayoni xarita dasturida ko‘rsatilgan tamoyillar asosida olib boriladi. Xarita tuzishdagi yana bir asosiy bosqichlardan biri xarita mazmunini aks ettiruvchi elementlami bir - biri bilan muvofiqlash (soglasovanie), ya’ni xaritada aks ettirilgan mazmunlar bir - birini inkor etmay, aksincha bir - birini to‘ldirib borishini ta’minlash. U barcha geografik qonuniyatlami va o'zaro bog‘liqlikni (zonallik, gipsometrik, tarkibli-geologik, landshaft va boshqa) xarita mazmun elementlarini bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini, tabiiy chegaralami va boshqalami hisobga olish yo‘li bilan erishiladi. Bunda quyidagi muvofiqlashtirish ishlari olib boriladi:

- geografik asosni alohida elementlarini bir-biri bilan bog‘lash;

- kartografik asos va xarita mavzusi elementlarini muvofiqlash;

- bir xil ma’noga ega bo‘lgan elementlami muvofiqlash (bitta mavzuli qatlamda)

- mavzu ma’nosiga bag‘ishlangan turli qatlamlami bir-biri bilan muvofiqlash;

- atlas yoki tizimli xaritalardagi har xil xaritalarni bir-biri bilan muvofiqlash.

Respublikamiz va boshqa mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy kartalarini yaratishda shu sohada yaratilgan kartografik asoslardan: regional atlaslardan, o'quv o'lkashunoslik atlaslaridan va devoriy kartalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, Rossiya bilan bog'liq bo'lgan kartalarni tuzishda, sobiq Ittifoq davrida chop etilgan yirik kompleks atlaslardan, O'qituvchilar atlasidan, regional atlaslardan Tyumen, Irkutsk oblastlari, Altay o'lkasi atlaslaridan va boshqa viloyat atlas kartalaridan foydalanish mumkin.1

Kartalarni yaratish uchun turli xilma-xil kartografik manbalar ustida ishlar olib boriladi. Ularga quyidagilar kiradi:

- astronomik - geodezik ma'lumotlar;

- kartografiya manbalari;

- kadastr ma'lumotlari, rejalar va xaritalar;

- masofadan zondlash ma'lumotlari;

- to'g'ridan-to'g'ri dala kuzatuvlari va o'lchovlari ma'lumotlari;

- gidrometeorologik kuzatuvlar ma'lumotlari;

- iqtisodiy va statistik ma'lumotlar;

- adabiy (matnli) manbalar;

- nazariy va empirik qonunlar.



Kartografik manbalar. Umumiy geografik xaritalar asos bo'lib xizmat qiladi tematik tarkibni xaritalarga qo'llash uchun ular taqdim etadi xaritalashning geografik aniqligi. Topografik, umumiy nuqtai - topografik xaritalar ishonchli va ishonchli manbalar, ular davlat reglamentlariga muvofiq, standart tizimda yaratilgan aniqlik uchun aniq talablarga ega bo'lgan an'anaviy belgilar. Tematik kartografik materiallar ular uchun asosiy manba hisoblanadi tematik xaritalarni tuzish. Bularga maydon natijalari kiradi. Tematik suratga olish (katta hajmdagi rejalar, sxemalar, chizmalar, marshrut va statsionar tadqiqotlar va boshqalar), har xil tematik xaritalar miqyosi va maqsadi, erdan foydalanish sxemalari, o'rmon xo'jaligini boshqarish rejalari. Keng miqyosli tematik xaritalar doimo manba bo'lib xizmat qiladi kichik o'lchamdagi xaritalarni yaratish. Xuddi shu mavzudagi xaritalar ko'pincha ishlatiladi xaritalar bilan bog'liq mavzularni tuzishda.2


1 T. Mirzaliyev, 1. Musayev, E. Safarov, «Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya». «Yangi asr avlodi»,2009-yil. 142 b.

2 Картография: учебно-методическое пособие / И.А. Астахова. – Майкоп, 2016. 62 с.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish