Interfaol metodi– bu («inter»- bu o’zaro, «act» – harakat qilmoq) ma’nolaridan kelib chiqib, o’zaro harakat qilmoq, hamkorlik muloqot tartibida bo’lishni anglatadi.
O’qituvchining faolligiga yo’naltirilgan, darsning metodik ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga yo’naltirilgan bo’lib, ularlarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o’quv materiallarini o’zlashtirishga qaratiladi.
Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo’lishi lozim.
O’qitishning interfaol uslubiyatlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:
- talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
- talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi ;
- pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari mumkin.
Zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi talabalarda mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, etuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Bugungi kunda o’qitish jarayonini samarali va natijali bo’lishini ta’minlashga yo’naltirilgan interfaol uslublarning va o’qitish texnologiyalarining barchasi mamlakatimizning barcha umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-xunar hamda oliy ta’lim muassasalari, o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari va fakulьtetlarda keng miqyosda qo’llanilib kelinmoqda xamda ijobiy natijalar bermoqda. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo’llanilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |