G’OYAVIY BARKAMOL, FAOL JAMOATCHI
O’qituvchi, eng avvalo, yo’l ko’rsatuvchi yorkin yulduz bo’lib, u o’z faoliyatida yuksak axloq-odob qoidalariga tayanib ish ko’radi va uni ijodiy ravishda boyitishga o’z hissasini qo’shib boradi.
Ma’lumki, kishi o’z-o’zidan etiqodli bo’lib qolmaydi. Kishidagi insoniy etiqod tabiat taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyotiga oid fanlar asoslarini chuqur egallash va olingan bilimlarni va ulug’ hayot tajribalari bilan uzviy bog’lab tahlil qilish va umumlashtirish orqali haqiqatni, borliqni anglash va uni go’zal qilish uchun kurash natijasida shaqllanadi. Ulug’ goyalarga etiqodini uydira oladigan o’t, ulug’ maslak yo’lida kurashayotgan insonning irodasini buka oladigan kuch yo’k.
G’oyasi sayoz kishi hayot ummonining tubiga yeta olmaydi va undan javohirlarni terishga ham qodir bo’lmaydi, qanoti qisqa qushlar uzoqqa parvoz qila olmaganidek, hayotning rivojlanish qonuniyatlaridan bexabar kishi, xususan, shunday o’qituvchining kelajakni ko’ra olish imkoniyati cheklangan bo’ladi.
Hayotda inson o’z oldiga sharafli va mukaddas orzu - istaqlarni qo’ya bilishi zarur. Bu ezgu orzu - istak esa fakat mehnat va matonat bilan jamlanishi mumkin. YAna shu haqiqatni unutmasligimiz lozimki, kishining o’z oldiga qo’ygan maqsad va unga erishish yo’lida foydalanadigan vositalari uning aqlu idrokining qandayligidan dalolat beradi.
Iroda ulug’ hayotda, mehnat va kurash jarayonida shaqllanadi, sayqal topadi va sinovdan o’tadi. Qiyinchiliklardan qo’rqish, chekinish kamolotning to’xtashidan nishona. CHunki kamolotning zamiri qiyinchiliklarni yengib o’tishda, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni va ziddiyatlarni yengib o’tishida. Aziz kasbdoshim, hayotda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan va ziddiyatlarni yengib o’tgan insonga chuqur nazar solasan, uning aqliga va ichki dunyosi ham go’zal ekaniga ishonch hosil qilasan. Umar Xayyom aytganidek:
Qiyinchilik kechib odam hur bo’lur,
Sadafda kamalib katra dur bulur.
SHarafli va yaxshi ishlar og’izda emas, balki amalda bajariladi. Ayniqsa, o’qituvchining etiqodi va tilak - orzulari uning amaliy faoliyatiga aylanmog’i lozim. Agar kishining ulug’vor fikr va g’oyalariga, go’zal his – tuyg’ulariga, dildagi ezgu niyatlariga monand amaliy xatti - harakati qo’shilsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
Ziyokor o’qituvchi halol mehnat qilishi, o’z burchini to’liq, ado etishi, aytgan so’zlariga amal qilishi zarur. SHunda xalh unga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |