1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik muloqatda pedagogik mahoratni namoyon bo`lishi.
Pеdagоgik mahоratning tarkibiy qismlari va ularning mоhiyati.O’qituvchi faоliyatining asоsiy yo’nalishlari.
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun bir kolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nurqka ega bo’lgan, o’tilayotgan mavzuga o’quvchi dikkatini torta oladigan, qobiliyatli, mavzuga mos ko’rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o’quvchi kalbiga yo’l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz.
V.A. Suxomlinskiy o’zining «CHin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «O’qituvchining mehnatini biror narsa bilan kiyoslab ham, takkoslab ham bo’lmaydi». To’quvchi bir soatdan keyinroq o’z ishining hosilini ko’radi., po’lat erituvchi bir necha soatdan so’ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho’kkisi; yer haydovchi, don sepuvchi g’allakor bir necha oydan keyin dalada o’stirgan boshoqlari va bir sikim donidan zavklanadi. O’qituvchi esa o’z ijodining mahsulini ko’rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O’qituvchi har bir minut, har bir dakikada o’zining o’ttizta yoqi kirkta tarbiyalanuvchisidan har birini ko’rib turishi, u shu dakikada nimalar o’ylayotganligini, qanday g’am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak-degan fikrlarni bayon etadi.
Pedagogik mahorat bir kator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir. O’qituvchi o’quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga fakat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fe’l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istikbolini ham belgilash imkonini beradi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o’qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaki uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo’lda o’z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi.
Oliy majlisning to’qqizinchi sessiyasi «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur to’g’risida» qonunlarni qabul qildi. Bu qonunlar uzluksiz ta’lim tizimining o’zbek modelini aniqlab berdi.
Uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish muammolari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov: «O’qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini kondirish, ularni rag’batlantirish, ularning o’z ishi, kasbidan mamnun bo’lishini ta’minlashimiz lozim va ... bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to’g’risida gapirishning o’zi mutlako nomakbuldir»,-deb ta’kidlagan edi.
«Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o’qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o’qituvchilardan o’z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o’z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |