PEDAGOGIKA MAHORT FANIDAN GLОSSARIY
Avtoritar – lotincha “autos” – o‘zim degan ma'noni anglatadi. Munosabatlarni yoki hokimiyatni boshqarish usuli. Avtoritar boshqaruvda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsni yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Anafora – yunoncha “anaphora” - yuqoriga chiqarish ma'nosini anglatadi. Nutq ta'sirchanligini oshirish maqsadida, ayrim so‘z yoki jumlalarni takror ishlatish.
Gradatsiya – lotincha “gradatio” – balandlatish, kuchaytirish ma'nolarini anglatadi. Nutqda uyushiq bo‘laklarni qo‘llashda ish-harakatning amalga oshirilishi yoki sifat jihatidan o‘zgarishiga ko‘ra ketma-ket joylashtirish.
Demokratik – yunoncha “demos” –xalq va “kratiya” – hokimiyat ma'nolarini anglatadi. Munosabatlarni yoki jamoani boshqarish uslubi. Bunda boshqaruvchi boshqariluvchi tomon fikrini hurmat qiladi va inobatga oladi. Muammolar hamjihatlikda hal etiladi.
Didaktik qobiliyat – yunoncha “didaktikos” – o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi ma'nolarini anglatadi. O‘qituvchining ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga, ta’lim usullari va shakllarini to‘g‘ri tanlashga yordam beruvchi subyektiv layoqat.
Inversiya - lotincha “inversio” - o‘rin almashtirish ma'nosini anglatadi. Nutq ta'sirchanligini oshirish maqsadida gapda so‘z yoki jumlalar o‘rnini almashtirish hodisasi.
Intonatsiya – lotincha “intonare” – baland ovozda gapirmoq ma'nosini anglatadi. Nutq ta'sirchanligini oshirish maqsadida nutq mazmuniga mos holda ohangini o‘zgartirish.
Liberal – lotincha “liberalis” – hur fikrli, erkin shaxs, murosaso‘z ma'nolarini anglatadi. Munosabatlarni yoki hokimiyatni boshqarish uslubi.
Mahorat – arab tilidan olingan bo‘lib, mohirlik, ustalik, epchillik ma'nolarini anglatadi. Biror ish, kasb uchun yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san'at. Pedagogik mahorat – o‘z kasbini va bolalarni sevadigan, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan har bir o‘qituvchi egallashi mumkin bo‘lgan ta’lim va tarbiya berish san'ati.
Ritm – yunoncha takrorlash ma'nosini anglatadi. Biror hodisa yoki ish harakat elementlarining ma'lum tartibda va ma'lum vaqt oralig‘ida o‘lchovli ravishda bir tekis takrorlanib turishi va takroriylikning o‘zi.
Tavtologiya – yunoncha “tautologia” - aynan o‘sha so‘z ma'nosini anglatadi. Nutq sifatiga salbiy ta'sir etib, nutqda bir o‘rinda bir xil ma'noli so‘zlardan o‘rinsiz foydalanish holatidir.
Takt – lotincha “tactus” – tegish ma'nosini anglatadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabatlarini tartibga keltirib turuvchi axloqiy kategoriya.
Taktika – yunoncha “tasso” – sarflayman ma'nosini anglatib, belgilangan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan vosita va usullar majmuasini bildiradi.
Tembr – fransuz tilidan olingan bo‘lib, har bir tovushning o‘ziga xosligi, yorqinligi, jarangdorligi ma'nosida ishlatiladi.
Temp – lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib, ish-harakat yoki nutqning tezlik darajasi ma'nosini anglatadi.
Texnika – yunoncha “texne” –mahorat, sa'nat ma'nolarini anglatadi. Pedagogik texnika o‘qituvchining o‘quvchilarga shaxsan (o‘z xatti-harakatlari, nutqi, kayfiyati orqali) ta'sir etish usullari yig‘indisi.
Qobiliyat – arab tilidan olingan bo‘lib, mayl, qiziqish, moyillik, sodiqlik, tarafdorlik, layoqat ma'nolarini anglatadi. Insonga muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beruvchi individual subyektiv layoqati. Pedagogik qobiliyat – pedagogik faoliyatni egallash va bu sohada samarali mehnat qilishga yordam beruvchi layoqat. Masalan, kommunikativ qobiliyat, konstruktiv qobiliyat, perseptiv qobiliyat, didaktik qobiliyat va h.k.
Emotsional barer – fransuzcha “emotion” hayajonga solmoq va “barriere” – to‘siq, q‘ov ma'nolarini anglatadi. Ya'ni suhbatdoshi fikrini qabul qilishga halaqit beruvchi his-tuyg‘u.
Do'stlaringiz bilan baham: |