Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi – pedagogika xodisalari va faktlarini tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta‘lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi – maktab o‘quvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta‘lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma‘lumotlarini analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqotga kerakli statistika ma‘lumotlarini ma‘lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta‘lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli xissa qo‘shadi.
Anketa metodi – o‘quvchilardan so‘rash usuli bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasining ma‘lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma‘lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari – hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishi fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo‘llanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika o‘quv protsesida o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega. SHuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlardan kino, ovoz texnikasi, foto, televidinie singari texnika vositalaridan ham keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini aktivlashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o‘qituvchilar mehnatini ma‘lum maqsadda engillashtiradi. Ko‘rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini, o‘quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Milliy dasturni maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta‘limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatish va barqaror rivojlantirishining kafolatlarini ustivorligini ta‘minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish pedagogik tadqiqotni asosini tashkil etadi.
Nazorat uchun savollar:
Pedagogika faning predmeti va maqsadi.
Xalq og‘zaki ijodida pedagogika faning o‘rni.
Pedagogika faning ilmiy tadqiqot metodlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |