Mavzular bo‘yicha asosiy nazariy materiallar


Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta‘lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar



Download 75,19 Kb.
bet2/9
Sana23.04.2022
Hajmi75,19 Kb.
#578113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammadqobil ped

Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta‘lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar.
Qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit va boshqalar o‘z faoliyatlarida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga ham jiddiy e‘tibor berganlar. Bu olim va mutafakkirlar ta‘lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Suqrotning falsafiy va pedogogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilimlarni bilib olishga erishish, uni yuksak ahloqli qilib kamol toptirishdir. U o‘z ta‘limotida mardlik, donolik, mo‘tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha, mardlik qo‘rquvni daf qilish, donolik-jamiyat qonunlariga rioya qilish, mo‘tadillik-o‘z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat-yaxshilikni amalga oshirish yo‘llarini o‘rgatishdir.
Suqrotning ta‘limoticha, inson eng avvalo, umumiy ahloq mezonlarini, inson uchun muqaddas bo‘lgan fazilatlarni egallab olishi kerak. Insoniy fazilat egasi yaxshi fazilatlarni namoyon eta oladi. Inson ahloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta‘lim orqali egallaydi, ahloqning yagona sohibi bo‘ladi. Aql bilan ahloq o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug‘roq narsa yo‘q. Sharmu hayodan yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo‘q, batfe‘llikdan yomonroq dushman yo‘qdir.
Suqrotning ahloq xususidagi ta‘limotiga ko‘ra, ezgulik-bilim, donishmandlik-yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik qiladi.
Suqrot tadbirkorlikni ulug‘lab, uni eng go‘zal insoniy fazilat hisoblaydi. Uning uqtirishicha, go‘zal tadbir ishlatib, dushmanni do‘st etish, nodon va johil odamni ta‘lim va tarbiya qilib, donolar davrasiga, badohloq fosiqlarni pand-nasihat bilan isloh etib yaxshilar qatoriga qo‘shish eng afzal amallardan sanaladi.
Suqrot o‘zining pedogogik qarashlarida mehnat tarbiyasiga alohida e‘tibor beradi, mehnatni ahloqiy go‘zallik deb biladi.
Suqrotning ta‘lim-tarbiya haqidagi ta‘limoti qadimgi Yunonistonda falsafiy-pedogogik fikrlar rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Aristotel-qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan buyuk mutaffakkirdir. Aristotel o‘zining ahloqqa oid “Nikomax etikasi”, “Endem etikasi” asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va idrokni rivojlantirish muhim ekanligini aytadi. Uning ta‘limotiga ko‘ra, bolalarning yosh xususiyati hisobga olingan holda, jismoniy, ahloqiy va aqliy tarbiya uzviy birlikda amalga oshirilishi kerak. Fuqaro faqat o‘z shaxsiy ishi bilan shug‘ullanmay, xalqning tinchlikda yashashi, farovonligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatishi, go‘zallik yaratishi kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil: bola tug‘ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatdi, har bir davrda amalga oshiradigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etdi.
Aristotel ham Ploton kabi bolalarni maktabgacha yoshdan tarbiyalashga alohida e‘tibor berdi. Uning fikricha, bolani o‘rgatish mumkin bo‘lgan barcha narsaga go‘dakligidan o‘rgatish kerak. Bola 7 yoshgacha oilada tarbiyalanishi lozim. 7 yoshgacha davr o‘sish davri hisoblanadi. Shunga ko‘ra birinchi navbatda ularning jismonan rivojlanishiga e‘tibor beriladi. Shu yoshdagi bolalarni o‘z vaqtida ovqatlantirish, harakatda bo‘lishlariga e‘tibor berish, chiniqtirish zarur. Bolalar yoshlariga mos o‘yinlar bilan shug‘ullanishi kerak. Ularga ertak va xikoyalar aytib berish orqali nutqlarini o‘stirish, 5 yoshdan boshlab ular oilada maktabga tayyorlanishi, 7 yoshdan boshlab davlat huzuridagi maktablarda o‘qishi kerakligini ta‘kidlagan.
Aristotel bola tarbiyasi davlat ixtiyorida va barcha fuqarolar uchun bir xilda bo‘lishini himoya qiladi. Chunki, davlat tarbiyada o‘z oldiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Shuning uchun ham tarbiyaga o‘z xohishiga ko‘ra o‘qitish va tarbiyalashni istagan ota-onalar emas, davlat rahbarlik qilishi kerak. Har bir fuqaro o‘z-o‘zicha yashamaydi, u barcha fuqarolar kabi davlatga mansubdir, davlatning uzviy bo‘lagidir. Davlat u haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Aristotelning ta‘kidlashicha, bola 5 yoshidan boshlab 7 yoshgacha kelgusida o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerak. Bu o‘quv predmetlari ona tili, gimnastika, musiqa va rasmdir. Tarbiya gimnastikaga bog‘liq holda boshlanadi. Ammo bunda jismoniy tarbiyaga haddan tashqari berilib ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘sh vaqtini ongli ravishda o‘tkazishga o‘rgatishdir.
Aristotel do‘st orttirish, do‘stlarga nisbatan shavqatli, marhamatli bo‘lishga da‘vat etadi. Uning ta‘kidlashicha, kishi iloji boricha o‘ziga dushman orttirmasligi kerak. Dushmanlik ko‘rsatganga rahamat nazari bilan qarash, dilnavoz bo‘lishi kerak. Shundagina u do‘stlari qatoridan joy oladi.
Yunonistonda pedagogikani rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan mutaffakkir olimlardan biri Demokritdir. U falsafa, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot, ruhiyat, san‘atga doir asarlar yaratib, inson shaxsini qaror topishini uning tabiati va tarbiyasiga bog‘liq deb hisobladi. U agar inson o‘qimasa mahorat va donishmandlikka erisha olmaydi deb hisoblagan. Demokrit yoshlarga aql-idroklilik, keksalarga donolik xosligini, aql-idrokni tegishli tarbiya va tabiat baxsh etishini olg‘a surgan.
Demokrit bolalarga namuna bo‘lish, so‘z orqali ta‘sir ko‘rsatish, ishontirish va dalillar bilan tarbiyalashga, ularni mehnat qilishga odatlantirishga alohida ahamiyat beradi. Uning ta‘kidlashicha, mehnat qilishga odatlantirish orqaligina bolalarni yozuvga, musiqaga, jismoniy mashqqa o‘rgatish mumkin. Demokrit jamiyat oldidagi burchiga sadoqatli, ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etuvchi kishini ahloqli inson deb hisoblagan.

Download 75,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish