Mavzu;Kalloid sistemalarni dializ yo`li bilan tozalash .Gemodializni o`tkazishda kimyoning ahamiyati.
Reja:
1.Kalloid eritmalar
2.Kalloid eritmalarni tozalash usullari.
3.Gemodializ niam.
Kolloid eritmalar -zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazeimon (tutun, budut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralashmalar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda boʻladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boʻladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yoʻl bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash (dispergatsiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yaʼni agregatlash (kondensatsiya usuli).
Dispergatsiya usulida Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Kolloid eritmalarni kislota, asos va toʻzlardan tozalashda dializ, ultrafiltrlash, elektrodializ, ultratsentrifugalash usullaridan foydalaniladi.
Kolloid eritmalar juda kichik osmotik bosim, suyet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarrachalar zaryadli boʻlganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi.
Oʻta yuqori disperslikka ega boʻlgan Kolloid eritmalar zol deb ataladi. Zollarni nomlashda dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersion muhit suv boʻlsa, gidrozol, organik modda boʻlsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga koʻra benzozol, alkozol va boshqa deyiladi. Agar dispersion muhit gaz boʻlsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega boʻlgan zollar esa liozollar (yun. lios — suyuqlik) deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishga qarab, Kolloid eritmalar liofob va liofil zollarga boʻlinadi. Liofob zollarga dispers platina, kumush, oltingugurt zollari misol boʻla oladi. Liofil zollarda esa bu bogʻlanish kuchli boʻladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.
Kolloid eritmalar sanoat, qishloq xoʻjaligi va tibbiyotda muhim rol oʻynaydi. Barcha tirik organizmlar toʻqimalari va hujayralarining asosini tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislotalar, kraxmal, glikogen kabi moddalar Kolloid eritmalar holida uchraydi. Tuproqning unumdorligi uning Kolloid eritmalar xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, sement, chinni, keramika, sir va boʻyoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda Kolloid eritmalarning xossalariga bogʻliq. Kolloid eritmalar charm, qogʻoz, gazlama, sunʼiy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi
Toza kolloid eritmalar olish uchun kolloid eritmalar tarkibida hosil bo’lgan
elektrolit (asos, kislota, tuz) lar va boshqa aralashmalar yo’qotiladi. Kolloid
eritmalarni tozaylash uchun «dializ», «elektrodializ» va «ultrafiltratsiya»
usullaridan foydalaniladi.
Kolloid eritmalarni molekula va ion eritmalaridan (o’simlik, hayvon va
sun‘iy membranalardan o’tadigan aralashmalardan) tozalash dializ deb, unda
ishlatiladigan asbob-uskunalar esa dializatorlar deb ataladi.
Kollodiy va tsellofanlardan sun‘iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani
tozalash uchun, uni sun‘iy membrana xaltachasiga (1) solib, so’ngra suvli idishga
(2) botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali o’tib,
suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializ usuli
kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng ishlatiladi.
Elektrodializ kolloid eritmalarni tozalashda eng qulay usul hisoblanadi.
Elektrodializ-elektr toki yordamida dializ jarayonini tez-lashtirishdir. Ishlatiladigan
asbob elektrodializator deb atalib, u uch qismdan iborat bo’ladi. 1-qismiga anod
elektrod o’rnatiladi, ikkita membrana parda (4) bilan ajratilgan 2-qismga
tozalanadigan kolloid eritma quyiladi, 3-kismiga katod elektrodi o’rnatiladi.
Asbobning doimo oqar suv quyiladi. Elektrtoki utkazilganda kolloid eritmadagi
manfiy ionlar anodga, musbat ionlar esa katodga tomon harakatlanadi. Buning
natijasida ionlarning membrana pardasi orqali o’tishi tezlashadi va ular elektrod
qismlarda to’planib, oqayotgan suv bilan yuvilib chiqib ketadi. Bu usul sanoatda
jelatina va yelim olishda keng qullaniladi.
Teshiklarning o’lchami kolloid zarracha o’lchamlaridan kichik bo’lgan
filtrlardan foydalanib, kolloid eritmani elektrolitlardan tozalash mumkin. Bu asbob
voronkasimon idish bo’lib, uning keng tomoniga kollodiydan tayyorlangan
membrana o’rnatilgan. Filtrlashni tezlatish uchun voronkaning tor qismi bosim
beradigan (vakum nasosi) nasosga ulanadi. Tegishli membrana ishlatib, kolloid
eritmani elektrolitlardan, shuningdek, bir zolni kkkinchi zoldan filtrlab ajratish
mumkin. Buning uchun membrana teshiklarining diametri bir zol zarrachasidan
katta ikkinchi zol zarrachasidan kichik bo’lishi kerak.
Gemodializ (gemo... va dializ) — qonni zaharli moddalardan tozalash, qon muhiti va suv-minerallar almashinuvini muvozanatlash usuli. Asosan oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligidya, kislotalar, ishqorlar va b. moddalardan zaharlanganda, organizmga mos qelmaydigan qon quyilgan hollarda qoʻllaniladi. G.da vena yoki arteriya qoni maxsus kapillyarli dializatordan oʻtkazilib, qon tarkibidan ortiqcha suv, siydikchil va b. keraksiz moddalar soʻrib olinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida organizmni buyrakni koʻchirib oʻtkazishga tayyorlashda asosiy muolaja hisoblanadi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida G. qoʻllash zararlangan buyrakka dam berib, soʻngra uning faoliyati tiklanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |