1-mavzu. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
mavzuini o’rganish bo’yicha seminar mashg’ulotining
ISh REJASI
Mashg’ulot vaqti –
2 soat
|
Talabalar soni: 20 nafar
|
Mashg’ulot shakli
|
Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan seminar mashg’uloti
|
Seminar mashg’ulotining rejasi
|
O’zbekiston tarixi fanining predmeti va vazifalari
O’zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari va manbalari
O’zbekiston tarixining komil insonni tarbiyalashdagi o’rni va roli.
4.Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: fan bo’yicha umumiy tushuncha berish. O’zbekiston tarixi faniga oid manbalar, fanning predmeti, maqsad va vazifalari haqida bilim tasavvurini shakllantirish va bilimlarni chuqurlashtirish.
|
Pedagogik vazifalar:
fanning maqsadi va vazifalari, o’tiladigan mavzularga oid tushuncha berish;
O’zbekiston tarixiga oid manbalar haqida ma’lumot berish, ularni tasniflash;
O’zbekiston tarixining komil insonni tarbiyalashdagi o’rni va roliga oid bilimlarni berish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
fanning maqsadi va vazifalarini, o’tiladigan mavzularni tuzilmaviy mantiqiy chizma asosida sharhlab beradi;
moddiy manbalar haqida gapirib beradilar;
yozma manbalar to’g’risidagi bilimlarini bayon qiladilar;
davrlashtirish haqidagi bilimlarini takomillashtiradilar;
tarixni davrlashtirishga oid bilimlarini mukammallashtiradilar.
|
Ta’lim berish usullari
|
Munozara, suhbat, «Tushunchalar tahlili» ped. texnologiyasi
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, guruhlarda, yakka tartibda
|
Ta’lim berish vositalari
|
O’quv qo’llanmasi, qo’shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar, ruchka, slayd
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki so’rov: savol-javob, tezkor so’rov
|
1. Ta’lim texnologiyasining modeli
2-mavzu. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi seminar mashg’ulotining texnologik kartasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorlov bosqichi
|
Mavzuni aniqlaydi, ta’lim maqsadini belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.
Belgilangan ta’lim maqsadlariga mos o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi
|
|
1. O’quv mashg’ulotiga kirish
(5 min)
|
Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi (1-ilova)
Talabalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi (2-ilova)
|
Tinglaydi, jadvalni to’ldiradi
|
2. Asosiy bosqich
(70 min)
|
Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda «Muloqot» pedagogik texnologiyasini qo’llab, talabalar bilimlarini faollashtiradi (3-ilova)
Mashg’ulot rejasiga asosan talabalar bilimi og’zaki tahliliy savol-javob qilinadi (4-ilova)
Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda «Tushunchalar tahlili» ped.texnologiyasini qo’llab, talabalar bilimlarini faollashtiradi (5-ilova)
Mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun «Insert» ped.texnologiyasi qo’llanadi (6-ilova)
|
Savollarga javob beradi.
Talabalar mustaqil ishlaydi
|
3. Yakuniy bosqich
(5 min)
|
Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi
O’quv faoliyati yuzasidan xulosa chiqaradi
Talabalarning mavzular maqsadiga erishish borasidagi faoliyatini tahlil qiladi va o’zlashtira olmagan joylarini qayta o’qib chiqishni tavsiya etadi
|
Savollar beradi.
Tinglaydi.
Vazifani yozib oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |