“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir-biriga ta'sirining turli xil shakllari birlashtiradi
Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi
Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha.
Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi,
Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir
Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.
Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:
1. Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish;
iboratdir. Dastur shu vazifalarni hal etishga qaratilgan beshta bo`limdan iborat:
1. Ijtimoiy pedagogikaga kirish.
2. Ijtimoiy pedagogika asoslari.
3. Ijtimoiy pedagogik jarayon.
4. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati.
5. Ijtimoiy pedagogik tashhis.
Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:
Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari I.Karimov asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan.
Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi.
O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning maqsadi quyidagilardir:
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni ta’minlash.
Mavzu yuzasidan savollar.
1.Respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri haqida?
2. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi qanday?
3. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati haqida bilganlaringiz?
4.2017-2021 yilllarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustivor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasining jamiyat rivojida tutgan o’rni?