Har doim ham shaharning tarixiy arxitekturasi saqlanib qolmaydi. Masalan, Varshavadagi eski shahar Ikkinchi jahon urushi paytida buzilib ketgan va urushdan keyin qayta tiklangan. Toshkentda ham tarixiy fotolardan kelib chiqib Eski shahar qayta tiklanishi mumkin. - Har doim ham shaharning tarixiy arxitekturasi saqlanib qolmaydi. Masalan, Varshavadagi eski shahar Ikkinchi jahon urushi paytida buzilib ketgan va urushdan keyin qayta tiklangan. Toshkentda ham tarixiy fotolardan kelib chiqib Eski shahar qayta tiklanishi mumkin.
- Bundan tashqari, shundoq ham Toshkentning ramzi bo‘lgan Chorsu bozorini qayta qurishda bozordan katta foyda olishnigina o‘ylamasdan, tarixiy yodgorlik va Eski shaharning bir qismi sifatida ham qarash kerak. Bu haqida Gazeta.uz juda yaxshi yozgan: Ugroza razrusheniya pamyatnika «Chorsu bazar» i yego okrestnostey.
- Shaharsozlik
- O‘zbekiston va sobiq sovet davlatlarining ko‘pida shaharsozlik yaxshi rivojlanmagan: kir yo‘llar, parkovkalar yetarlimas, piyodalarga qulaylik kam, tirbandlik, daraxtlarning kesilishi va hokazo. Bu qismning asosiy maqsadi odamlar uchun shahar qurish: ham yashayotgan aholi uchun, ham turistlar uchun.
- Shahar dizayni yo‘riqnomasi
- Haligacha yangi kvartallar qurilishi, ularda yashaydigan aholi uchun qulayliklar yaratish, eski kvartallarni qanday zamonaviylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma yo‘q. Lekin dunyo tajribasidan foydalanishdan hech kim bizni to‘xtatib turgani yo‘q.
Yashil hududlar
Bizda parklarni xuddi har bir metr kvadratidan pul ishlaydigan yer sifatida qarashadi: ichiga iloji boricha ko‘proq attraksion va magazinlar «tiqishadi». Aslida, parklarning asosiy maqsadi shahar odamlarini tabiatga yaqinroq qilish va dam olishini ta’minlash.
Masalan, Nyu-Yorkdagi Markaziy park ham, Prospekt-park ham 19-asrda (!) qurilgan. Markaziy parkni Nyu-York aholisi 500 000 dan oshganda dam olishga joy qolmayapti, degan xavotir bilan qurishgan ekan. Prospekt-parkni qurish uchun esa fermerlardan yer 5 million dollarga sotib olingan ekan (hozirgi kunda 147 mln dollar, bu sizga Navro‘z parkining qurilishimas). Quyidagi fotolarga ahamiyat bering: katta maydon shunchaki tabiatning bir bo‘lagi sifatida qoldirilgan.
Bizning Markaziy parkimiz attraksiolar bilan to‘la. Hatto Ekoparkda tabiatning o‘zi kam va bir qismiga hatto Makro magazini qurishyapti. Ba’zi davlatlarda 19-asrdayoq qo‘llanilgan tajribani nayotki 21-asrning O‘zbekistonida qo‘llab bo‘lmasa?
Daraxtlarni ko‘paytirishdan avval ularni ko‘r-ko‘rona kesishni to‘xtatish lozim. Ko‘chalarga ko‘proq daraxtlar ekilsin. Hatto yo‘llarning o‘rtalariga ham ekish mumkin (Singapurdagidek). Ko‘proq o‘rindiqlar paydo bo‘lsin shaharda. Ba’zi ko‘chalarni faqat piyodalar yuradigan qilish mumkin (kamida dam olish kunlari, xuddi Kiyevdagidek).
Do'stlaringiz bilan baham: |