Darsning texnologik xaritasi
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Gap haqidagi o'quvchilar bilimini umumlashtirish.
|
Ko’rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yozuv daftari bilan ishlash
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag’batlantirish.
|
2 daqiqa
|
I Tashkiliy qism
Tashkiliy qism she’riy tarzda o’tkaziladi.
Qani ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi.
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi.
Menman bugun navbatchi
Gullarga suv quyuvchi.
Doskani ham artuvchi
Sanani ham aytuvchi.
So’zlang hozir qaysi dars?
Tayyormisiz saboqqa?
A’lo baho olish uchun
Aniq, to’g’ri javobga.
O`qituvchi she’r o`qiydi:
Quyosh chiqar olamga nurlarini sochgali,
Sening ila kitobdan sahifalar ochgali.
Kitobdagi sirlarni tezroq bilgin, bolajon,
Undan keyin yanada g`ayrat qilgin, bolajon.
“Yozolmayman” demagin qiyin bo`lsa harf yana,
Yalqovlarda bo`lmaydi yozmoqlikka hafsala.
Muammoni yechmoqqa sen doimo tirishgin,
Eplolmasang ilk marta, yana takror kirishgin.
So`zlar faqat o`shanda sirlarini ochishar,
Ular bilan do`stlashsang, yo`lingga nur sochishar.
Hozir darsimiz ona tili.
Ob-havo, fasl haqida gapirilib, “Bilasizmi “ o’yini orqali tabiat o’zgarishlari, muhum sanalar haqida so’z yuritiladi.Qor parchasi bilan rag’batlantirish aytiladi.
II.O`tilganlarni mustahkamlash
O`quvchilar bilan avvalgi darsda nimalar haqida suhbatlashilgani haqida eslash. Avvalgi darslarda o`rganilganlarni Archani bezash “”orqali savol-javob yo’li bilan takrorlash va mustahkamlash. O`quvchilarning javoblarini eshitish, to`ldirish va yakunlash.
Uyga berilgan vazifani “Do`stingni xatosini top” mashqi oraqli daftarlarini almashtirib bir-birlarini daftarini tekshirish orqali tekshirish. Keyin uy vazifasi bo`lgan 149-mashqning bajarilishini o`quvchilarga o`qitib tekshirish.
Husnixat daqiqasini olib borish.
“Mozaika” uslubida o`tilganlarni takrorlash. Guruhlardagi barcha o`quvchilarga so`zlar yozilgan kartochkalar tarqatish. Barcha gurug a`zolari ketma-ketlikda berilgan kartochkadagi so`zni o`qib qaysi so`roqqa javob bo`lsa shu so`roq tagiga yopishtiradilar.
Kim?
|
Nima?
|
O`quvchi
|
Kitob
|
Ishchi
|
Oftob
|
Ota
|
Baliq
|
Bobo
|
Daryo
|
Bola
|
Qo`l
|
Tikuvchi
|
Qog`oz
|
Bemor
|
Likopcha
|
III.Yangi mavzuning bayoni
Bugungi dars mavzusiniva maqsadini e`lon qilish va tushuntirish. O`quvchilar bilan so`zlarning o`zaro farqi haqida so`rash orqali aqliy hujum o`tkazish. Ularning javoblarini to`ldirish.
Lug’at diktant
“QORBOBONING XATI “
150-mashq.”Bu kim ”o’yini asosida
Rasmlarga qarang. So‘roqlarga javob
bering.ini tekshirib baholash.
Kim? Kim? Kimlar? Kimlar?
Dam olish daqiqasi.”Real xit”o’yini o’tkaziladi
151-mashq.
”Ko’chat qurish”usuli asosida
Rasmlarni ko‘rib chiqing. So‘roqlarga
javob bering.
Nima? Nima? Nimalar? Nimalar?
152-mashq
“Husnixat mashqi”usulida o’tkaziladi
Suv – tiriklik manbayi. Undan odamlar,hayvonlar, qushlar, bog‘lar, ekinzorlar bahraoladi. Borliq yashnaydi. Bolalar, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni o‘rganing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
“Bingo”o’yini orqali yangi mavzu mustahkamlanadi
1.So’zlar necha xil ma’noni bildiradi?
2Shaxsni bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
3. Narsani bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
4Nimalar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping.
5Kimlar? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping.
V.O`quvchilarni baholash, darsni yakunlash
Darsda faol qatnashganlarni og`zaki rag`batlantirish. Ularni izohlab baholash. Darsga yakun yasash.
VI.Uyga vazifa berish
Uyga vazifa qilib 153-mashqni shartiga ko`ra bajarish va yozish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |