Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Download 17,21 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi17,21 Kb.
#748937
Bog'liq
maqola.docx2


Kirish
Bugungi kunda, dunyo mamlakatlarining bir-biriga siyosiy-iqtisodiy ta’siri kuchaygan murakkab bir davrda, mamlakatda iqtisodiy rivojlanish va o’sishga erishish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash ustuvor masalalardan biridir.
Shu o’rinda yurtimizda iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga sanoat korxonalari faoliyatining ta’siri salmoqlidir.
Sanoat korxonalarini rivojlantirish iqtisodiy rivojlanishga o’z ta’sirini o’tkazadi.Shu boisdan bugungi yangilanish, yangi taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirish davrida sanoat korxonalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sanoat korxonalarida uzluksiz ravishda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, mehnat resurslaridan foydalanishni takomillashtirish sanoat korxonalari rivojining eng muhim omillaridan biridir.
“So’ngi yillarda respublikada yengil sanoatning to’qimachilik, tikuv trikotaj, charm-poyabzal va mo’ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda’’1
Sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish dolzarb vazifadir.Mehnat resurslari takomillashuvi o’z navbatida korxonalarda maxsulot sifati yaxshilanishiga, mehnat unumdorligi oshishiga korxonaning raqobatbardoshligi oshishi natijasida bozorda o’z o’rniga ega bo’lishiga va boshqa ko’plab ko’rsatkichlarning ijobiy o’zgarishiga ta’sir qiladi.


1 “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”. Prezidentimizning PQ 4453 sonli qarori. 16.09.2019.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, mehnat resurslari, korxonalarda ularni samaradorligini oshirish yuzasidan turli davrlarda ko’plab adabiyotlarda ma’lumotlar keltirilgan.
Mehnat resurslari tushunchasining iqtisodiy mohiyatini tushunish uchun uning ta’riflari, mehnatga oid qarashlar tahlil qilindi.
“Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy ( “Vaqfiya” asari) hamda buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur (“Mubayyin” va “Boburnoma” asarlari)ning yuritgan odil siyosatlari va iqtisodiy qarashlarida mehnat va inson omiliga alohida e’tibor qaratilgan.Ular mehnatning inson va jamiyat hayotidagi roliga yuksak baho berar ekan, boylik orttirish va to’q yashashning asosiy yo’li mehnatdir, deya ta’kidlaydilar.
Shuningdek fransiyalikolim Jon Batist Sey ham o’zining ishlab chiqarishning uch omili nazariyasi bilan mashhur bo’lib, unga ko’ra ushbu omillarning birinchisi deb mehnat resurslari keltirib o’tiladi.2
Shu jumladan Adam Smit va David Rikardolar ham o’z asarlarida mehnatga oid qarashlarni ilgari surgan bo’lsalar, angliyalik ta’limotchi Vilyam Petti “yollanma mehnat”, “yollanma ishchi kuchi” tushunchalarini o’z asarlarida keltirib o’tgan.
Zamonaviy adabiyotlarda ham ko’plab xorijiy va mahalliy olimlar ham mehnat resurslarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
M.Armstrongga ko’ra: “Bugungi va kelajakdagi bozor ehtiyojlarini qondirish uchun ishchi kuchini tayyorlash uchun zarur bo’lgan kompetensiyalarni aniqlashni talab etadi.”3
Dayneka va Bespolkolarning ta’kidlashicha “Inson resurslarini samarali boshqarish uchun personalni korxonaning asosiy, shu jumladan, strategic maqsadlariga erishish uchun asosiy resurslaridan biri sifatida qabul qilish lozim.”4

2 Abdurahmonov Q.X, Abdurahmonov X.X “Mehnat resurslarini boshqarish” darslik. Toshkent 2014, 7-8-betlar.
3Armstrong M. Human resource management practice-Kogon page limited, 2020.
4Deyneka A., Bespalko V Upravleniye chelovecheskimi resursami.-Litres, 2021.
Tadqiqot metodologiyasi.
Korxonalarda mehnat resurslarini baholash yordamida yo’l qo’yilayotgan kamchilik va muammolar aniqlanadi.Muammo va kamchiliklarni hal etish usullari, yo’nalishlari belgilanadi.Ayni davrda korxonada muammoni hal etish imkoni bo’lmasa maxsus 1, 3 va 5 yillik strategik reja ishlab chiqiladi.Mehnat resurslarini baholash uslubidan foydalanish uchun korxonaning eng avvalo kadrlar, shuningdek, buxgalteriya, marketing bo’limlari, ishlab chiqarish sexlari va undagi mehnat muhofazasi o’rganib chiqiladi.Mavjud ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlilning mantiqiy yondashuv, tizimli yondashuv, qiyoslash kabi uslublaridan foydalaniladi.
Download 17,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish