dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari (substansiyalar) .
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llashga tayyor dori vositalari;dori moddalari (substansiyalari) — kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan, qo‘llashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar;
farmakologik vositalar — belgilangan farmakologik faollikka ega bo‘lib, klinik sinov obyektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi;
farmakopeya — dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari to‘plami;
farmakopeya maqolasi — dori vositasi uchun farmakopeya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-texnik hujjat;
farmakopeya qo‘mitasi — dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi — dori vositalarini tibbiy qo‘llanish huquqi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatini tasdiqlovchi hujjatdir.
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning davlat reestri —rasmiy hujjat bo‘lib, u tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar ro‘yxatidan iborat;
generik dori vositalari (generiklar) — patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori preparatlari;
gomeopatik vositalar — gomeopatik qoidalarga binoan qo‘llaniladigan va davlat reyestrining maxsus bo‘limiga kiritilgan dorilar;
farmatsevtik faoliyat — dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash, axborot berish, yetkazib berish va realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 21 maydagi PF-212-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar vrachlarning retsepti bo‘yicha beriladigan dorilar uchun haq to‘lashdan ozod qilinganlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-sonli qaroriga asosan dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiyot texnikalarini sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi amalga oshiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yana-da yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2647-sonli qarori bilan 2017 yilning 1 yanvaridan chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalariva tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchunsotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.Ushbu qaror bilan:Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariva Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi zimmasiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda uning buzilishi aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish uchun tegishli materiallarni litsenziyalovchi organga kiritish vazifasi yuklangan.Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 284-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarga asosan muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibining buzilishi litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanishini eslatib o‘tamiz.
E‘tiboringiz uchun rahmat
SAVOLLAR.
SAVOLLAR.
1. “Farmatsevtika faoliyatining qaysi yo‘nalishlari belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi?
2 Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya necha yil muddatga beriladi. ?
3. generik dori vositalari (generiklar) ? Nima
4. retsept —nima?
5Dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni davlatning qaysi organlari amalga oshiradi?