Mavzu;,Boburnoma”da joy nomlarini ning qo’llanilishi Mundarija Kirish Reja; I bob. Bobur va “Boburnoma” g’arb nigohida va ushbu asarda o’ziga hos xarakter


“Boburnoma”da xarakter va qiyofaga oid so’zlarning qiyosiy tahlil



Download 41,01 Kb.
bet4/10
Sana28.02.2022
Hajmi41,01 Kb.
#473872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
,,Boburnoma”da joy nomlarini ning qo’llanilishi

1.2. “Boburnoma”da xarakter va qiyofaga oid so’zlarning qiyosiy
tahlil

“Boburnoma” mukammal asarlardan biriki, unda ko’plab sohalar qamrab
olingani hammamizga yaxshi ma’lum. “Boburnoma” ana shunday yetuk asar ekan,
unda badiiy tasvirga xos talqinlar, voqea-xodisa, kishilar va o’sha zamonning
qanday ekanligini, ayniqsa, ularning butun voqeiyligini ko’z o’ngimizda
gavdalantira olish hamda ta’sirchanlik ustuvordir. Quyida ushbu bebaho asarning
fransiyalik olim va tarjimon Jan Lui BAKE-GRAMON tomonidan qilingan
tarjimasi “Livre de Babur – Babur-nama” bilan uning (hozirgi) o’zbekcha varianti
“Boburnoma”(2008)da kishilar shaxsiy his-tuyg’ulari, qiyofa va fe’l -atvorlarini
tasvirlangani qiyosiy tahlil qilinadi.
Avvalo shuni aytish kerakki, qiyosiy tahlilda o’zbek va fransuz tillarining
umumiy va o’ziga xos jihatlari ko’rib chiqiladi. Bobur mukammal va teran fikrlar
sohibi ekani hisobga olinsa, uning dunyo qarashi, tafakkuri – to abad ibrat olishga
arzigulikdir. Xususan, ingliz sharqshunosi Monstyuart Elfinstonning “Boburnoma”
va Bobur haqida aytgan fikrlari buni tasdiqlaydi: “Bu xotiralarda buyuk turkiy
podshoning hayoti batafsil tasvirlangan. Uning shaxsiy his-tuyg’ulari har qanday
mubolag’a va pardalashlardan holi. Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va
obrazli. U o’z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini,
qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. …Lekin muallifning yorqin harakteri
asarga eng ko’p joziba bag’ishlaydi”[…].
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnom”da avval o’z ota-onasi, keyin
boshqa o’ziga yaqin va taniqli kishilar haqida so’z yuritadi, ularning shaklshamoyil va xarakterlarini tasvirlaydi. Bobur millatimiz nomini dunyoga tanitgan
shaxslardan biri bo’ldi. Undan qolgan yirik ijodiy meros esa o’zbek hamda hind
xalqlarining ezgu orzu-o’ylari, mushtarak maqsadlarini o’zida mujassam etgan. Bu
bebaho boyliklarni asrash, o’rganish, kelgusi avlodlarga ham boricha yetkazish
barchamiz uchun farzdir.
XVI asr boshlarida Zahriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan
”Boburnoma” asari o’zbek adabiyotida proza janrini rivojlantirishi ishga
qo’shilgan muhim hissa bo’ldi. Bu asar fanning juda ko’p tarmoqlari uchun g’oyat
katta qimmatga ega bo’lgan manba bo’lishi bilan birga, o’zbek adabiyotida
prozaning yirik yodgorligi ham hisoblanadi. O’sha davr xarakterining to’la
manzarasi sifatida musulmon adabiyotida mutlaqo mustasno hodisa bo’lgan, bu
ajoyib asarda to’la shakllanmagan bo’lsa-da, badiiy prozaning hamma elementlari
mavjuddir. Unda syujet chizig’i ham, keskin konfliktlar ham bordir. Eng muhimi
bu asarda kishilar, ularning realistik portretini, xarakter va xususiyatlari ham
tasvirlangandir. Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari jahon
adabiyoti va madaniyati xazinasida o’ziga munosib alohida bir o’rinni egallagan,
uning muallifini jahonga mashhur qilgan noyob asardir. Unda muallifning o’z
boshidan kechirgan voqea va hodisalari badiiy ravishda sodda ifodalar, ixcham va
silliq, lekin aniq va ravshan tasvirlanadi. Bobur bu asarda 1494 yildan 1529
yilgach bo’lgan, butun hayot davomida o’zi ko’rgan, eshitgan, bilgan voqealarni
izchillik bilan, xronologik tartibda bayon qilinadi. Bobur o’z hayotida uchragan
voqealarni izchillik bilan tasvirlash jarayonida Farg’ona, Movaraunnahr va
Xurosonda XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida yashagan yirik davlat
arboblari, temuriy hukmdorlar, bek va amaldorlar, yozuvchi va shoirlar, rassom va
xattotlarning – o’z zamondoshlarining (tarixiy shaxslarning) tashqi qiyofalari,
xatti-harakatlarini, fe’l-atvorlarining, ish va amallarini, muhim va xarakterli
xususiyatlarini, jamiyat hayotida tutgan mavqelarini ham tasvirlaydi. Demak,
“Boburnoma”da qator kishi obrazlarini ham ko’ra olamiz. Hatto ular asarda belgili
bir qahramon ”obrazi” – Boburning o’z obrazi – tevaragida aylanadilar. Asarning
ruhi, uning markaziy obrazi bo’lgan Boburning xarakter va xususiyatlar, uning
kishilarga, o’z atrofini o’rab olgan voqea va hodisalarga bo’lgan munosabati
asardagi barcha voqealarni bir-biriga bog’laydi, ularni bir-biriga qizil ip bilan
tikadi. Asarda tasvirlangan boshqa shaxslar ko’pincha epizodik tarzda beriladi va
ular asosiy obrazga biror voqea yoki hodisa munosabati bilan bog’lanadilar, ”Lekin
asarga muallifning o’zining xarakteri eng ko’p joziba bag’ishlaydi.”.
”Boburnoma”da tasvirlangan kishilarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Bobur obrazi, Temuriy hukmdorlar (Umarshayx Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo,
Sulton Mahmud Mirzo, Boysung’ur Mirzo, Husayn Boqaro va boshqalar),
Tarxonlar va harbiy aristokratiya vakillari (Abdul-ali Tarxon, Boqi Tarxon, Boqiy
Chag’oniyoniy, Hasan Yaqub, Ali Do’st Tarxon), Hisravshox va boshqalar, ilmfan, san’at va adabiyot namoyondalari va boshqalar.
Asar memuar xarakterga ega bo’lganligi uchun, unda tasvirlangan
kishilarning qiyofasi, portreti ham, ularga berilgan xarakteristika ham, ularning
voqealar jarayonidagi xatti-harakatlar, xarakterli xususiyat va qiliqlar ham
muallifning o’zi tomonidan so’zlanadi. Badiiy asarlarda yozuvchining o’z
qahramonlariga nisbatan, shubhasiz, ma’lum munosabati bo’ladi, ba’zilarini
yomon ko’radi. Sevgan qahramonlarni muhabbat bilan yoqimli bir tarzda tasvir
qiladi. Uni eng yaxshi ko’rgan sifatlar bilan bezaydi. Yomon ko’rganlarini esa
nafrat va g’azab bilan tasvirlaydi. O’quvchida ham ularga nisbatan nafrat hislarini
uyg’otishga kirishadi. Asarda turli tabaqa vakillarining qanday tasvirlanganligini
yozuvchi mafkurasini, uning duyoqarashi, estetik didini belgilaydigan muhim
oqimlardan biridir. Shunday ekan, ”Boburnoma”dagi kishilar qiyofasi, ularning
xarakter va xususiyatlari muallif tomonidan qanday yoritilganligini tahlil qilishga
kirishmasdan avval shu davrdagi ijtimoiy kuchlar va ularning jamiyat hayotida
tutgan o’rni haqida bir necha og’iz so’z aytmoq kerak. Zahriddin Muhammad
Bobur yashagan va ijod etgan Xv asrning oxiri va XVI asrning boshlarida
Markaziy Osiyoda siyosiy bosh-boshdoqlik kuchaygan, temuriy shahzodalar
o’rtasida toj-taxt uchun o’zaro urushlar avj olgan, diniy reaksiyaning zaharli,
achchiq tutunlari butun mamlakatni qoplab olgan, mamlakat parchalangan, xalq
ommasi og’ir soliqlar va qirg’inchilik urushlari natijasida qashshoqlashgan, behad
jabr-zulmdan cheksiz azob chekayotgan bir davr edi. Shu bilan birga bu davrda
zamonning ilg’or kishilari ham bo’lib, ular mamlakat butunligi uchun, o’zaro
urushlarni tugatish, xalq boshiga kelayotgan kulfatlarni yengillatish uchun kurash
olib borgan edilar. Umuman, ”o’sha davr ikki yo’nalish va shunga muvofiq, ikki
asosiy guruh bor edi, birinchisi mamlakatni saqlashga, moddiy va ma’naviy
boyliklar yaratishni ta’min etishga qaratilgan, ikkinchisi mamlakatni parchalashga,
moddiy va ma’naviy boyliklarini yemirishga, yoki ularni yaratish jarayonini
bug’ushga qaratilgan” edi. Bobur o’sha davr hukmdorlarining qiyofasini chizar
ekan, ularning xarkterli xususiyatlarini xoh bir o’rinda tasvirlar, xoh voqealar
jarayonida yoritar ekan, u kishilar ga birinchi guruh, birinchi yo’nalish nuqtainazaridan yondoshadi, ularning faoliyatiga baho beradi. Demak, Bobur bu
davrdagi u yoki bu siyosiy arbobga, fan, san’at va madaniyat namoyondalariga
baho berar ekan, eng avvalo o’sha shaxsning faoliyatini, jamiyat hayotida tutgan
o’rnini nazarda tutadi, unga ijtimoiy tomondan yondoshishga harakat qiladi: bu
shaxsning ijtimoiy turmush uchun, jamiyat, mamlakat, xalq, madaniyat va fanga
yetkazgan foydasi yoki zarari nuqtai-nazaridan uni xarakterlaydi. Agar o’sha shaxs
ijtimoiy turmush uchun, hayot uchun, mamlakat, xalq, fan va madaniyat uchun
foydali ish qilgan bo’lsa, jamiyat rivojiga biror foydali hissa qo’shgan bo’lsa uni
yaxshi deb e’tirof etadi, yaxshi kishi sifatida tasvrilaydi. Kimki mamlakat, jamiyat,
xalq, fan va madaniyatga, uning taraqqiyot etishiga ziyon-zahmat yetkazishgan,
unga to’siq bo’lgan bo’lsa, o’sha odamni yomon shaxs sifatida ta’kidlaydi, ularni
tasvirlash orqali o’z xarakter xususiyatini ochib beradi. Bu ajoyib asarni
“o’qiganda kitobxonning ko’z o’ngida o’sha davrning gigant bir shaxsiyati, siyosiy
arbobi gavdalanadi”. Biz Boburni asarda tasvrilangan barcha voqealarning faol
ishtirokichisi sifatida uchratamiz. U ba’zan janglar girdobida, ba’zan uzoq sarsonsargardonlik yurishlarida, ba’zan adabiy-ijodiy ish ustida, adabiy suhbatda, ba’zan bazm dilkashlik va kayfu-safo majlislarida, do’stlari bilan o’tkazilgan
xushchaqchaq hazil mutoyiba o’tirishlarida, ov manzaralarida, ba’zan binokorlar,
tosh yo’narlar bilan suhbatda va boshqa turli-tuman ko’rinishlarda ko’zga
tashlanadi. Uning siymosida har xil xarakterga ega bo’lgan xususiyatlar o’sha
davrning ijtimoiy-siyosiy hadisalarida o’z aksini topgan. “Boburnoma” Bobur
uslubini aniqlashda muhim ahamaiyatga ega bo’lgan frazeologizmlarga juda boy.
“Boburnoma”ning tarjimasida ana shu tafsilotlar alohida urg’u bilan beriladi:

Download 41,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish