Mavzu;Bank –moliya tizimlarida korrupsiyani oldini olish va bank-moliya organlari xodimlaida korupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish. Mundarija Kirish


Bank-moliya tizimlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari



Download 47,75 Kb.
bet3/7
Sana11.08.2021
Hajmi47,75 Kb.
#145402
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bank –moliya tizimlarida korrupsiyani oldini olish va bank-moliya organlari xodimlaida korupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish.

2. Bank-moliya tizimlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari

Oʻz mansab yoki xizmat mavqeini suisteʼmol qilish, undan shaxsiy yoki oʻzgalar manfaatlarini koʻzlab moddiy yoxud nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.


Anglaganingizdek, gap korrupsiya haqida ketmoqda. Bugun jamiyatimizda ushbu illatga qarshi jiddiy kurashilyapti, uning oqibatlari ommaviy axborot vositalari orqali, turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, tadbirlarda aholiga tushuntirilishiga qaramay, afsuski, korrupsiyaning keskin kamayishiga erishganimiz yoʻq.

Nega korrupsiya degan balodan qutulolmayapmiz? Bunga nima toʻsqinlik qilmoqda?

Muxbirimiz shu kabi savollarga javob topish maqsadida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Baxshillo Xoʻjayev bilan suhbatlashdi.

— Bilamizki, korrupsiyada har doim kamida ikki tomon ishtirok etadi, — deydi suhbatdoshimiz. — Bunda, bir tomondan, noqonuniy yoʻl bilan oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun boylik orttirayotgan mansabdor shaxs hamda boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoxud passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qarorning qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Korrupsiyani, soddaroq qilib, oʻz nafsi, manfaati yoʻlida qonunni ham chetlab oʻtish orqali gʻarazli maqsadi hamda biror narsaga erishish, deyish mumkin.

Bugungi kunda yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Uning huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi ham aniq. Bu borada Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qoʻshilishi islohotlarning dastlabki muhim qadami boʻldi.

Uni amalga oshirishning milliy mexanizmi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun, Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Bularning samarali ijrosi natijasida koʻplab jinoyatlar fosh etilmoqda, sodir qilinishi xavfi boʻlganlarining oldi olinmoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib boryapmiz. Bu yaxshi, albatta. Lekin shularning oʻzigina yetarli emas. Korrupsiyaga qarshi yanada faol kurashishimiz kerak. Mana shu bizning, barchamizning diqqat-eʼtiborimizda boʻlishi lozim.

Nazarimizda, bu boradagi targʻibot ishlari kutilganidek samara bermayapti. Sizningcha, ushbu illatni keskin kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?

— Toʻgʻri, targʻibot tadbirlari deyarli har kuni oʻtkaziladi, odamlarni ogohlikka chaqiramiz. Bu ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Buning uchun respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashishning preventiv choralari samaradorligiga erishish kerak. Yaʼni illatning oldini olishning nazariy poydevori — “taʼlim, xabardorlik va targʻibot” (education, awareness and advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqish lozim.

Bu borada davlat siyosati rivojlangan mamlakatlar, xususan, Singapur tajribasiga hamohang ravishda “one size fits all”, yaʼni “barcha uchun bir xil mezon” modeli asosida ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy taʼminlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi ishlashi lozim.

Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida integratsiyalashgan yondashuvni qoʻllash yaxshi samara beradi. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha instituti bilan hamjihat faol harakatini taʼminlash nazarda tutiladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor beriladi. Bu borada Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillardan biri — aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan maʼlumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi.

Uchinchidan, jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, u bilan bogʻliq ayrim xatti-harakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro standartlarni toʻliq va toʻgʻri qoʻllash lozim. Bunda xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini koʻzlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarni kriminalizatsiyalash masalalarini koʻrib chiqish vaqti keldi.



Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlarining ijrosini taʼminlashda qaysi omillarga eʼtiborni yanada oshirish lozim?

— Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturining ijrosi amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy masalalardan biridir. Bunda, avvalo, monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal etilishi lozim.

Va nihoyat, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish kerak. Zamonaviy tendensiyaga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashishni uch bosqichda amalga oshirish taklif etiladi. Chunonchi, jamiyat aʼzolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun maʼlumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning aniq tizimini amaliyotda qoʻllashdir.

Qolaversa, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish hamda qoʻllash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan oʻtkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis hamda shaffof indikatorlarini belgilash ham muhim. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson hukuklari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.

Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.

Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilar ekan. Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”

Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

Ko‘rinib turganidek, fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan holatda bozorda beshafqat qonunlar hukm surishi kuzatiladi. Korrupsiya domiga tortilgan davlat mansabdorlari ko‘pgina hollarda qonunbuzarliklarga qarshi kurashga bardosh bera olmay qoladi. Davlat bunday boshboshdoqlikka qarshi kurashga intilar ekan, odatda fuqarolik institutlaridan foydalanmaydi va qaytadan avtoritar usul hamda qog‘ozbozlikka duchor bo‘ladi. Bu esa bozor munosabatlarining ko‘psonli ishtirokchilarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda demokratik jamiyat, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati nistitutlarini shakllantirish va rivojlantirish ma’naviy hayotdagi muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan bog‘liq xolda kechadi. Bunga globallashuv davri ham o‘zining bevosita va bilvosita ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki globallashuv so‘zi “global” so‘zidan olingan bo‘lib, er shari ma’nosini bildiradi. Global o‘zgarishlar, ob’ektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda.

U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma’lumki, uinsonlar ma’naviy hayot sharoiti, imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma’naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq.Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadrqimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon 130 bo‘lishini hisobga olsak, daxldorlik xissiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin:

O‘zbo‘larchilik; ommaviy madaniyat; beparvolik; loqaydlik; sotqinlik; xudbinlik;mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik

Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiyfalsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllashini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etadi.

Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.

Jamoatchilik surishtiruvi keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan va kam o‘rganilgan, ayni paytda, jamoatchilik qiziqishini uyg‘otgan muammoni atroflicha va batafsil tadqiq etish maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilikning qiziqishini uyg‘otadigan masalalar jumlasiga jinoyatchilikni fosh etish yoki oldini olish, jamoat tartibini buzish, korrupsiya va adolatsizlikni fosh etish, odamlarning salomatligi va xavfsizligini himoya qilish, ijtimoiy muhim masalalar bo‘yicha etarli ma’lumot asosida qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan axborotni ommalashtirish kabilarni kiritish mumkin.




Download 47,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish