Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §


O’tgan mavzular yuzasidan savollar



Download 4,94 Mb.
bet205/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.

  1. Tuxum qo'yuvchilar qanday tuzilgan?

  2. O'rdakburun qanday hayot keehiradi?

  3. Xaltalilar qanday tuzilgan?

  4. Tuxum qo'yuvchilar va xaltalilar qayerda tarqalgan?

  5. Yo'ldoshlilar uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?

3. Yangi mavzu bауоni
Qo'lqanotlilar turkumi. Qo'lqanotlilar — uchishga moslashgan sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoqlari o'zgarib, qanotga ay-langan (105-rasm). Oldingi oyoqlari suyaklari oralig'iga hamda orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni o'rtasiga yupqa teri parda tortilgan. Bu parda hayvon uchganida ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Lekin oldingi oyoqlarining birinchi barmog'i hamda ke­yingi oyoqlarining panjasi erkin bo'ladi. Ular qo'nganida bu panjalari bilan g'orlarning devoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki ularga asta-sekin chirmashib chiqadi.
Ko'rshapalaklarning ko'zlari ojiz bo'lib, yaxshi ko'rolmaydi. Lekin ular tunda ham biron narsaga urilmasdan ucha oladi; hasharotlarni og'zi bilan tutib oladi. Ko'rshapalaklarning fazoda mo'ljal olish xususiyati ularning ultratovush tarqatishi va uni qabul qilishi bilan bog'liq. Uchayotgan hayvon burni va og'zidan uzuq-yuluq ultratovush chiqaradi. Tovush uning yo'lida uchray-digan obyektdan aks-sado singari qaytadi. Uning qulog'i ana shu qaytgan tovush to'lqinlarini qabul qilganligi tufayli o'z o'ljasini
topadi yoki to'siqni sezadi. Ko'rshapalaklar qon so'ruvchi va zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ko'rshapa-laklarni aholi yashaydigan joylarga jalb qilish uchun pana joylar-ni buzmaslik va yangi pana joylar yaratish zarur.
Kemiruvchilar turkumi. Kemiruvchilarning yirtqich (qoziq) tishlari bo'lmaydi. Kurak tishlari esa yirik va o'tkir bo'ladi. Qattiq oziqni o'tkir kurak tishlari bilan uzib olib, oziq tishlari yorda­mida ezib maydalaydi. Ularning kurak tishlari doimo yedirilib turadi, lekin o'tmaslashmaydi. Chunki kurak tishlarining orqa tomonida emali bo'lmaydi. Yuqori va pastki kurak tishlar bir-biriga ishqalanishi tufayli charxlanib o'tkirlashadi. Kurak tishlar hayvonning hayoti davomida o'sib turadi.






Kemiruvchilar — keng tarqalgan, xilma-xil, juda serpusht hayvonlar (106-rasm). Ko'pchilik turlari bir yilda bir necha marta bolalaydi. Shuning uchun ayrim yillari ularning soni juda tez ko'payib ketib, katta ziyon yetkazadi. Turarjoylar yaqinida sichqonlar va kalamushlar, cho'llarda yumronqoziqlar ko'p uchraydi. Yumronqoziqlar koloniya bo'lib, inlarda yashaydi. Tog' etaklarida va cho'llarda yirik kemiruvchilardan biri — jayra yashaydi. Uning tanasi uzun ninalar bilan qoplangan.
Ko'pchilik kemiruvchilar — zararkunanda hayvonlardir. Sich­qonlar va kalamushlar omborxonalarda saqlanayotgan don va oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollarini kemirib, katta zi­yon keltiradi. Kalamushlar o'lat kasalligini ham tarqatishi mumkin.
Kemiruvchilardan foydalilari ham bor. Ondatra, nutriya, sug'ur, yumronqoziq va tyinlar mo'yna uchun ovlanadi. Ondatra va nutriya qimmatli mo'yna beradi. Ularning vatani Amerika hisoblanadi. Respublikamizda ham bu hayvonlar ko'paytiriladigan mo'ynachilik xo'jaliklari tashkil etilgan. Tog'larda ko'k sug'ur uchraydi. Uning terisi boshqa sug'urlarnikiga nisbatan yuqori baholanadi; yog'idan xalq tabobatida dori-darmon o'rnida foy-dalaniladi. Hozir soni juda kamayib ketganligi tufayli ko'k sug'ur «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Qo'lqanotlilar — uchishga moslashgan sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoq suyaklari orasiga hamda oldingi oyoqlaridan tanasining ikki yoni bo'ylab yupqa teri parda tortilgan. Qo'lqanotlilarning ko'zlari ojiz, havoda ultratovush yordamida mo'ljal oladi.
Kemiruvchilarning yirik va o'tkir kurak tishlari doimo yedirilgan sayin o'sib va charxlanib turadi; qoziq tishlar bo'lmaydi. Ular juda serpusht: bir yilda bir necha marta bolalaydi.



Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish