Dars jihozlari:mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi: 1. Tashkiliy qism O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
Manaviyat daqiqasi: O'quvchilarning bugungi kunda mamlakatimizda va dunyoda ro'y berayotgan muhim voqealar, yilning, oyning va haftaning muhim sanalari, prezidentimizning “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asari haqida suhbat.
2. O`tgan darsni takrorlash va o`quvchilarni baholash O'quvchilarni jurnaldagi tartib raqamlari asosida uch guruhga bo'lib, o`quvchilarga test tarqatmalari, qo`shimcha savol va masalalar beraman. Shu asosida guruhlarning javoblari rag`bat va jarima kartochkalari bilan belgilab boriladi va g`olib guruh aniqlanadi.
Ayrim o’quvchilarga tezkor testlar taqatadi.
Og’zaki savollar bilan murojat etib o’quvchining hikoyasi asosida javoblar olinib baholanadi.