55-rasm. Kolorado qo'ng'zining rivojlanishi: 1- qo'ng'izlar; 2 - qurtlari; 3 - barg ostidagi tuxumlari; 4 - tuproqdagi g'umbagi.
ermitlar zararlagan binolar zilzila, toshqin kabi tabiiy ofatlarda tez qulab tushadi.
Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar. Bitlar va burgalar (56-rasm) turkumiga mansub barcha hasharotlar, ko'pchilik chivinlar, ayrim pashshalar, to'shak qandalalari odam va hayvonlar qonini so'rib, bezovta qiladi. Qon so'ruvchi hasharotlar, shuningdek, pashshalar bir qancha kasalliklarni tarqatadi. Bitlar terlama, kalamush burgasi o'lat, bezgak chivini bezgak kasalligini odamlarga yuqtiradi. Uy pashshalari oziq-ovqat va idish-tovoqlar orqali ichburug', sarg'ayma va sil kabi kasalliklarni tarqatadi.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Biologik kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foy-dalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda yirtqich xonqizi qo'ng'izi, tillako'z, yaydoqchilardan trixogram-ma, gabrobrakon, inkarziya, hasharotxo'r hayvonlar (qushlar, sutemizuvchilar, baqalar)dan foydalaniladi. Buning uchun biologik fabrikalarda yirtqich va parazit hasharotlar sun'iy ko'paytirilib, dalalarga tarqatiladi.
Biologik kurashning yana bir usuli ekin ekiladigan maydon-larda qulay sharoit yaratish bilan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular sonini ko'paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni qo'llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hayvonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
Bo'g'imoyoqlilarning kelib chiqishi. Bo'g'imoyoqlilarning aj-dodlari tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar hisoblanadi. Trilobitlar halqali chuvalchanglar bilan bo'g'imoyoqlilar o'rtasi-dagi oraliq hayvonlar hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko'p tukli halqalilarga o'xshash bo'lib, har bir tana bo'g'imida bir juftdan bir xil tuzilgan oyoqlari bo'ladi.
Tarixiy rivojlanish jarayonida halqali chuvalchanglarning suzgich o'simtalari oyoqlarga aylan-gan; yupqa terisi qalinlashib, xitin qoplag'ichni hosil qilgan.
Ana shu yo'l bilan halqali chuvalchanglardan sodda tuzilgan qadimgi bo'g'imoyoqlilar — trilobitsimonlar, ulardan qisqichbaqasimonlar va o'rgimchaksimonlar, hasharotlarning esa qisqichbaqasi-monlardan paydo bo'lganligi taxmin qilinadi.
Mustahkamlash:
Hasharotlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
Hasharotlar o'simliklar uchun qanday ahamiyatga ega?
Qanday hasharotlar zararkunanda hisoblanadi?
Parazit hasharotlar qanday zarar keltiradi?
Qaysi kasalliklar hasharotlar orqali tarqaladi?
Zararkunandalarga qarshi biologik kurash nima?
Bo'g'imoyoqlilar qanday kelib chiqqan?
Uyga vazifa:
1. Organik qoldiqlar bilan oziqlanadigan hasharotlar:
o'simlikxo'r va etxo'r deyiladi;
tabiiy sanitariar deyiladi; d) o'laksaxo'r deyiladi.
2. Zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanish:
biotexnologik jarayondan iborat;
ekologik toza mahsulot yetishtirish; d) biologik qarshi kurash deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |